4.1-rasm. Moliya tizimining elementlari Davlat moliyasi (markazlashgan moliya) deganda yuridik va jismoniy shaxslar
tomonidan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash asosida tuziladigan pul
mablag‘lari fondlarining shakllanishi va ishlatilishi yuzasidan kelib chiqadigan
moliyaviy munosabatlar tushuniladi. Bu munosabatlar asosida davlat byudjeti,
davlatning byudjetdan tashqari maqsadli fondlari kabilar shakllanadi. Ularning
mablag‘lari ta’lim (maktabgacha ta’lim muassasalari, umumta’lim maktablari,
kasb-hunar kollejlari, oliy o‘quv yurtlari va shu kabilar), sog‘liqni saqlash
(davlatga qarashli turli davolash-profilaktika muassasalari), aholini ijtimoiy
himoya qilish tadbirlari (turli nafaqalarni to‘lash, ijtimoiy yordam ko‘rsatish),
ijtimoiy ta’minot (pensiya ta’minoti, bolalar va qariyalar uylarini saqlash), davlat
Moliya tizimining elementlari Moliyaviy
munosabatlarning
sohalari va
bo‘g‘inlari yig‘indisi
Moliyani boshqarish
organlari yig‘indisi
Pul mablag‘lari
fondlari yig‘indisi
Markazlashish darajasiga
ko‘ra
Xarakteriga ko‘ra
markazlashgan
markazlashmagan
tarmoqqa tegishli
hududiy
maqsadli dasturlarni
bajarishga
mo‘ljallangan
byudjet fondari
39
hokimiyati va boshqaruvi organlarini saqlash va boshqa shu kabi davlat
ahamiyatidagi tadbirlarni moliyalashtirishga safarbar qilinadi.
Markazlashmagan moliya xo‘jalik sub’yektlari va uy xo‘jaliklariga tegishli
pul fondlarini shakllantirish va ishlatish bilan bog‘liq moliyaviy munosabatlarni
aks ettiradi. Bu sub’yektlarning ixtiyorida barcha majburiy to‘lovlarni to‘lab
bo‘lgandan keyin qolgan daromad(foyda)dan ishlab chiqarish ehtiyojlarini hamda
xodimlarning ijtimoiy va shaxsiy ehtiyojlarini qondirishga mo‘ljallangan turli xil
fondlar tuziladi. Bu fondlarning mablag‘lari asosiy vositalar va aylanma
mablag‘larni to‘ldirishga, yangi texnika va texnologiyalarni o‘zlashtirish va joriy
etishga, xodimlarni moddiy rag‘batlantirishga va shu kabi markazlashmagan
tadbirlarni moliyalashtirishga safarbar qilinadi. Yuqorida bayon qilinganlar asosida
shuni xulosa qilish mumkinki, davlatning ixtiyorida (davlat byudjeti va davlatning
maqsadli fondlarida) markazlashgan tarzda shakllangan moliyaviy resurslar
markazlashgan fondlarni , xo‘jalik sub’yektlari tasarrufida shakllangan resurslar
esa
markazlashmagan fondlarni tashkil qiladi.
Shunday qilib,
moliyaviy resurslarni shakllantirish va ishlatish mexanizmiga ko‘ra moliya tizimining uchta muhim
sohasini ajratib ko‘rsatish mumkin:
•
davlat moliyasi;
•
korxonalar, tashkilotlar va muassasalardan iborat bo‘lgan xo‘jalik
sub’yektlari moliyasi;
•
uy xo‘jaliklari moliyasi.
Davlat moliyasi tizimining tarkibiy tuzilishini quyidagicha tasvirlash mumkin
(4.2-rasm):
Iqtisodiy mazmuniga ko‘ra davlat moliyasi – davlatning va uning mulkidagi
davlat korxonalarining ixtiyorida moliyaviy resurslarning shakllanishi va
kengaytirilgan takror ishlab chiqarish, jamiyat a’zolarining ortib borayotgan
ijtimoiy-madaniy ehtiyojlarini qondirish, mamlakat mudofaasi va davlat
boshqaruvini ta’minlash bo‘yicha xarajatlarning amalga oshirilishi bilan bog‘liq
40
bo‘lgan, yalpi ichki maxsulotning qiymatini taqsimlash va qayta taqsimlash
asosida sodir bo‘ladigan pul munosabatlari yig‘indisidir.