60
ma’muriyatchiligi va soliqqa tortishning zamonaviy usullarini, soliqlarning to‘liq
yig‘iluvchanligi va byudjetga o‘z vaqtida tushishi ustidan samarali nazorat
mexanizmlarini joriy etish orqali soliq-byudjet siyosatini yanada takomillashtirish,
byudjet jarayoni shaffofligi darajasini oshirish maqsadida bir qator chora-tadbirlar
belgilandi. Jumladan, birinchi bosqichda – 2018-yil 1-aprel kuniga qadar
O‘zbekiston Respublikasi soliq-byudjet siyosatini takomillashtirish kontseptsiyasi
loyihasini ikkinchi bosqichda – 2018-yil 1-iyul kuniga qadar O‘zbekiston
Respublikasi Soliq kodeksi yangi tahriri loyihasini ishlab chiqishni ta’minlash
belgilandi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining yangi tahriri-
ni ishlab chiqishga xalqaro ekspert va maslahatchilarni jalb qilish nazarda tutildi.
Xulosa qilib aytganda, Soliq kodeksi mamlakatimiz iqtisodiyotining jadal
sur’atlar bilan o‘sishiga, uning makroiqtisodiy mutanosibligini ta’minlashga
qaratilgan islohotlarni chuqurlashtirishga, xususan, tadbirkorlik, kichik biznes va
fermerlik harakatining izchil rivojlanishiga kafolat va imtiyozlar beradigan
siyosatni davom ettirishda huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi. U soliq tizimi va
soliq munosabatlarini unifikatsiya qilish, mamlakatimiz iqtisodiyotini barqaror va
mutanosib rivojlantirishda soliqlarning rag‘batlantiruvchi rolini yanada kuchay-
tirish, yurtimizda islohotlarni amalga oshirish uchun ilg‘or zamonaviy soliq solish
tizimiga mos keladigan va byudjetning daromad qismining shakllanishini barqaror
ravishda ta’minlaydigan hamda iqtisodiy o‘sishga ta’sirchan omil bo‘ladigan
samarali soliq tizimi barpo etilishini ta’minlaydi.
Dostları ilə paylaş: