67
6-BOB. DAVLATNING MOLIYAVIY SIYOSATI
6.1. Byudjet siyosati, uning turlari, maqsad va vazifalari. Byudjet siyosatining
taktikasi va strategiyasi
Siyosat – bu jamiyat ustqurmasiga taalluqli tushuncha bo‘lib, davlatning o‘z
funksiyalari va vazifalarini amalga oshirishga qaratilgan rivojlanish yo‘nalishlari
va chora-tadbirlari yig‘indisidir. Davlat tomonidan amalga oshiriladigan siyosat
o‘zaro bog‘liq elementlardan iborat bo‘ladi:
birinchidan,
rivojlanishning u yoki bu bosqichida
jamiyat hayotini yaxshilash
va rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan asosiy vazifalar va maqsadlar aniqlanadi va
belgilab olinadi;
ikkinchidan,
istiqboldagiva yaqin kelajakdagi
vazifalar va maqsadlarga
erishish uchun eng qulay, eng yaxshi natija beradigan zarur chora-tadbirlar ishlab
chiqiladi;
uchinchidan,
belgilangan vazifalarni amalga oshiruvchi shaxslar,
ijrochi
organlar, alohida vakolatli tashkilotlar aniqlanadi, kadrlar
tanlanadi va joy-joyiga
qo‘yiladi.
Byudjet siyosati davlat va jamiyat rivojlanishining turli bosqichlarida
turlicha bo‘lishi, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot darajasiga qarab o‘zgarib
turishi
mumkin. Byudjet siyosati:
−
byudjet daromadlari bo‘yicha siyosat;
−
byudjet xarajatlari bo‘yicha siyosat;
−
davlat krediti siyosati;
Dostları ilə paylaş: