Telekommunikatsiya texnologiyalari fakulteti Fan nomi: Kiberxavfsizlik



Yüklə 65,98 Kb.
tarix29.12.2021
ölçüsü65,98 Kb.
#48475
Saidali


MUHAMMAD Al-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI



Telekommunikatsiya texnologiyalari fakulteti
Fan nomi: Kiberxavfsizlik
Guruh: 415-20
Talaba: Qodirov Saidali




O’qituvchi: Botirov Fayzullojon Bahtiyorovich
Topshiriq: Xarrison-Ruzzo-Ulmanning diskresion modeli


1-Mustaqil ish

Xarrison-Ruzzo-Ulmanning diskresion modeli

Ma'lumki, xavfsizlik siyosati deganda axborotni ishlash jarayonini qat'iy belgilovchi umumiy tartib va qoidalar majmui tushuniladiki, ularning bajarilishi ma'lum tahdidlar to‘plamidan himoyalanishni ta'minlaydi va tizim xavfsizligining zaruriy (ba'zida yetarli) shartini tashkil etadi. Xavfsizlik siyosatining formal ifodasi xavfsizlik siyosatining modeli deb ataladi.

Himoyalangan axborot tizimlarini ishlab chiqaruvchilar xavfsizlik modelidan quyidagi hollarda foydalanishadi:


  • ishlab chiqariladigan tizim xavfsizligi siyosatining formal spesifikasiyasini (tafsilotli ro‘yxatini) tuzishda;



  • himoya vositalarini amalga oshirish mexanizmlarini belgilovchi himoyalangan tizim arxitekturasining bazaviy prinsiplarini tanlash va asoslashda;



  • tizim xavfsizligini etalon model sifatida tahlillash jarayonida;



  • xavfsizlik siyosatiga rioya qilishning formal isboti yo‘li bilan ishlab chiqariladigan tizim xususiyatlarini tasdiqlashda.

Iste'molchilar xavfsizlikning formal modellarini tuzish yo‘li bilan ishlab chiqaruvchilarga o‘zlarining talablarini aniq va ziddiyatli bo‘lmagan shaklda yetkazish hamda himoyalangan tizimlarning o‘zlarining ehtiyojlariga mosligini baholash imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Kvalifikasiya (Malaka) bo‘yicha ekspertlar himoyalangan tizimlarda xavfsizlik siyosatining amalga oshirilish adekvatligini taxlillash mobaynida xavfsizlik modelidan etalon sifatida foydalanadilar.

Xavfsizlik modeli quyidagi bazaviy tasavvurlarga asoslangan.


  1. Tizim o‘zaro harakatdagi “sub'ektlar” va “ob'ektlar” majmuasidan iborat. Ob'ektlarni intuitiv ravishda axborotli konteynerlar ko‘rinishida tasavvur etish mumkin, sub'ektlarni esa ob'ektlarga turli usullar bilan ta'sir etuvchi bajariluvchi dasturlar deb hisoblash mumkin. Tizimni bunday tasavvur etishda axborotni ishlash xavfsizligi xavfsizlik siyosati shakllantiruvchi qoidalar va cheklashlar to‘plamiga mos holda sub'ektlarning ob'ektlardan foydalanishni boshqarish masalasini yechish orqali ta'minlanadi. Agar sub'ektlar xavfsizlik siyosati qoidalarini buzish imkoniyatiga ega bo‘lmasa, tizim xavfsiz hisoblanadi. Ta'kidlash lozimki, “ob'ekt” va “sub'ekt” tushunchalarining tavsifi turli modellarda jiddiy farqlanishi mumkin.



  1. Tizimdagi barcha o‘zaro harakatlar sub'ektlar va ob'ektlar orasida ma'lum xildagi munosabatlarni o‘rnatish orqali modellashtiriladi.



  1. Barcha amallar o‘zaro harakat monitori yordamida nazoratlanadi va xavfsizlik siyosati qoidalariga muvofiq ma'n etiladi yoki ruxsat beriladi.



  1. Xavfsizlik siyosati qoidalar ko‘rinishida beriladi, bu qoidalarga mos holda sub'ektlar va ob'ektlar orasida barcha o‘zaro harakatlar amalga oshirilishi shart. Ushbu qoidalarni buzilishiga olib keluvchi o‘zaro harakatlar foydalanishni nazoratlovchi vositalar yordamida to‘sib qo‘yiladi va amalga oshirilishi mumkin emas.



  1. Sub'ektlar, ob'ektlar va ular orasidagi munosabatlar (o‘rnatilgan o‘zaro harakat) to‘plami tizim “holatini” belgilaydi. Tizimning har bir xolati modelda taklif etilgan xavfsizlik mezoniga muvofiq xavfsiz yoki taxlikali bo‘ladi.



  1. Xavfsizlik modelining asosiy elementi – xavfsiz xolatidagi tizim barcha o‘rnatilgan qoida va cheklashlarga rioya qilinganida taxlikali holatga o‘tish mumkin emasligi tasdig‘ining (teoremasining) isboti.

Xarrison-Ruzzo-Ulmanning diskresion modeli klassik (mumtoz) diskresion model hisoblanib, sub'ektlarning ob'ektlardan foydalanishni ixtiyoriy boshqarishni va foydalanish xuquqlarining tarqalishi nazoratini amalga oshiradi.

U shbu model doirasida axborotni ishlash sistemasi axborotdan foydalanuvchi sub'ektlar (S to‘plam), himoyalanuvchi axborotga ega bo‘lgan ob'ektlar (O to‘plam) va mos harakatlarni, (masalan o‘qish (R), yozish (W), dasturni bajarish(E)) vakolatini anglatuvchi foydalanish xuquqlarining chekli to‘plami majmui ko‘rinishida ifodalanadi.



Shunday qilib, Xarrison-Ruzzo-Ul'manning diskresion modeli umumiy quyilishida tizim xavfsizligini kafolatlamaydi, ammo aynan ushbu model' xavfsizlik siyosati modellarining butun bir sinfiga asos bo‘lib xizmat qiladiki, ular foydalanishni boshqarishda va xuquqlarni tarqalishini nazoratlashda barcha zamonaviy tizimlarda ishlatiladi.
Yüklə 65,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin