Qorin tifi qozgatuvchisining umumiy tavsifi va tasnifi.
|
Morfologik tuzulishi
|
Qorin tifi va paratif bakteriyalari morfologiyasi,
k attaligi, xivchinlari, bo'yalishiga ko'ra bir-biridan farq qilmaydi. mayd a (0,5-1,5 mkm) tayoqchasimon, uchlari birm uncha to'mtoq ,
harakatchan , spora va kapsula hosil qilm aydi
|
Tinktorial xususiyati va kimyoviy tarkibi.
|
Qorin tifi bakteriyalari glyukoza, mannit, maltozalami faqat kislota hosil qilib parchalaydi. Ammo saxaroza, laktoza va mochevinalarni parchalamaydi. Indol, vodorod sulfid hosil qilmaydi
|
Kultural xossalari va ostirilishi
|
Tif va paratif bakteriyalari fakultativ anaeroblar, pH 6,8-7,2 bo‘lg;an oddiy oziq muhitlarda ko'payadi. Tarkibida safro (o 't) bo'lgan
muhit ular uchun optimal hisoblanadi.
|
Antigen xosil qilishi
|
Tif va paratif salmonellalarida uch xil a n tig e n bor. Bulardan birinchisi somatik O-antigen bo'lib ,haroratga chidamli, glyusido-lipido-protein kompleksidan iborat, ikkinchisi H - antigen (yoki xivchin antigeni) - oqsildan tashkil topgan, haroratga chidamsiz , uchinchisi Vi-antigen bo'lib, bakteriyaning yuza qismida joylashg an , u faqat virulent mikroblarda bo'lganligi uchun virulentlik antigeni deb ham ataladi
|
Toksin xosil qilishi
|
Qorin tifi va paratif salmonellalari asosan endotoksin hosil qiladi. Bu toksin haroratga chidamli, 120°C da 30 daqiqa
qaynatilganda ham o'z xususiyatlarini o'zgartirmaydi.
|
Chidamliligi
|
Qorin tifi, paratif salmonellalari fizik-kimyoviy omillar ta’siriga
birm uncha chidamli, shuning uchun ular tashqi muhitda uzoq vaqt saqlanib qoladi.
|
Odamlarda patogenligi
|
Bemor, bakteriya tashuvchi va rekonvalessentlar infeksiya manbai hisoblanadi. Kasallik og'iz orqali yuqadi. Kasallikning yashirin (inkubatsion) davri o'rtacha LO -14 kun.
|
Hayvonlarda patogenligi
|
Tabiiy sharoitda hayvonlar qorin tifi va p aratif A bilan kasallanmaydi. Shuning uchun bu kasalliklar antroponoz infeksiya hisoblanadi
|
Labaratoriya diagnostikasi,davolash va oldini olish
|
Laboratoriya tashxisi kasallikning patogeneziga
asoslanib tuzilgan. Shuning uchun kasallikning davriga qarab turli usullar
qo'llaniladi.
|
Maxsus profilaktikasini tushuntiring
|
Qorin tifi va paratiflarni davolash uchun
antibiotiklar: levomitsetin, ampitsillin, tetratsiklin, nitmfijran preparation beriladi. Bular kasallikning kechishini yengi 1 lashtiradi va u uzoq davom etmaydi.
|