Toshkent moliya instituti b. I. Nurmuxamedova, sh. K. Xamdamov davlat moliyasi


Byudjet taqchilligining shakllari. Taqchillikni keltirib chiqaruvchi



Yüklə 3,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/205
tarix07.01.2024
ölçüsü3,44 Mb.
#209722
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   205
Давлат молияси Дарслик- (2)

Byudjet taqchilligining shakllari. Taqchillikni keltirib chiqaruvchi 
omillar. Taqchillikni qoplash manbalari. 
Amaliyotda byudjet daromadlari va 
xarajatlarining tengligiga hamma vaqt ham erishilavermaydi. Ayrim hollarda 
byudjetning daromadlari uning xarajatlaridan ko‘p bo‘lishi mumkin. Bunday 


136 
byudjet profitsitli byudjet deyiladi. Aksincha, ba’zi hollarda esa byudjetning 
xarajatlari uning daromadlaridan ko‘proq bo‘ladi. Shunga muvofiq ravishda 
byudjet xarajatlarining byudjet daromadlaridan ko‘p bo‘lishiga byudjet 
defitsitideyiladi. 
Taqchillikning hajmi: 

milliy valyutada absolyut summada; 

mamlakat yalpi ichki mahsuloti hajmiga nisbatan; 

milliy daromad hajmiga nisbatan; 

byudjet daromadlari va xarajatlariga nisbatan foizlarda aniqlanadi.
Boshqa hollar teng bo‘lgan sharoitda, byudjet defitsiti vujudga kelishining eng 
umumiy sabablari quyidagilardan iborat bo‘lishi mumkin: 

iqtisodiyotni rivojlantirish uchun yirik davlat kapital qo‘yilmalarini amalga 
oshirishning zarurligi; 

favqulodda hodisalarning mavjudligi; 

iqtisodiyotdagi tanazzulli (krizisli) holatlar va uning yemirilishi; 

moliya-kredit aloqalarining yetarli darajada samarali emasligi

hukumat tomonidan mamlakatdagi moliyaviy holat ustidan yetarli darajada 
nazorat qila olmaslik; 

ijtimoiy ishlab chiqarishning nisbatan past darajada samaradorligi; 

tashqi iqtisodiy aloqalarning nisbatan kam natijaliligi; 

byudjet xarajatlarining nooqilona tarkibiy tuzilishi (strukturasi); 

mamlakat miqyosida mavjud bo‘lmagan mablag‘lar hisobidan yashashga 
intilish; 

yirik davlat investitsiyalarini amalga oshirish amaliyotining mavjudligi; 

harbiy xarajatlar darajasining nisbatan kattaligi; 

ichki real imkoniyatni yetarli darajada inobatga olmagan holda boshqa 
mamlakatlarga yordam berilishi; 


137 

davlatga iqtisodiyot va sotsial sohani rivojlantirishga stimul sifatida 
foydalanish imkonini bermaydigan va yetarli darajada samarali bo‘lmagan byudjet 
mexanizmining mavjudligi va boshqa sabablar. 
Byudjet defitsitivujudga kelganda, unga nisbatan strategik yondoshuv 
quyidagilarga alohida e’tibor berilishini taqozo etadi: 

byudjet defitsitining mavjudligini matematik yo‘l bilan hal qilishga harakat 
qilmaslik kerak. Chunki, bu holda, iqtisodiyotni “davolash” o‘rniga uning kasalligi 
kuchayadi; 

byudjetning balansliligi, daromadlarning xarajatlardan ko‘pligi sog‘lom va 
uzluksiz rivojlanayotgan iqtisodiyotdan dalolat bermaydi. Byudjet defitsiti bo‘lishi 
mumkin; 

byudjet defitsitining miqdori (darajasi), odatda, mamlakat yalpi milliy 
mahsulotining 2-3%dan oshmasligi lozim. Ana shu chegaradan oshilsa, uni tezroq 
qisqartirish (yoki shu darajaga keltirish) choralarini ko‘rish kerak; 

byudjet defitsitini qoplash uchun, eng avvalo, davlat kreditining turli 
shakllaridan foydalanmoq lozim. Shuningdek, davlat qimmatbaho qog‘ozlarini 
moliyaviy bozorda joylashtirish maqsadga muvofiqdir. Aksincha, milliy pul birligi 
belgilarini zarb etuvchi uskunani (stanokni) ishga solmaslik kerak; 

byudjet defitsitining darajasini kamaytirishyoki unga barham berish uchun, 
birinchi navbatda, iqtisodiyotning o‘zini “davolamoq” lozim. Aks holda, ana shu 
maqsadga erishish uchun ko‘zda tutilgan har qanday tadbir, albatta, 
muvaffaqiyatsizlikka uchraydi. 
Byudjet defitsitining darajasini kamaytirish yoki unga barham berish 
borasidagi amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlarning eng asosiy 
yo‘nalishlari quyidagilardan iborat: 

byudjet xarajatlarining investitsion yo‘nalishini o‘zgartirish, ularni eng ko‘p 
samara beradigan yo‘nalishlarga yo‘naltirish; 

xo‘jalik yuritishning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga oluvchi moliyaviy 
imtiyoz va jazolardan keng foydalanish; 


138 

davlatdan moliyalashtirishni va davlat iqtisodiyoti sohasini qisqartirish, 
xorijiy davlatlarga yordam ko‘rsatishni keskin kamaytirish; 

harbiy xarajatlarniqisqartirish; 

eng muhim sotsial dasturlarnigina moliyalashtirishni saqlab qolish, yirik 
byudjet xarajatlarini talab etuvchi dasturlarni qabul qilishni to‘xtatib turish; 

qarzlarni davlat qimmatbaho qog‘ozlari shaklida rasmiylashtirmasdan turib 
hukumat organlariga kredit berishni Markaziy bank uchun taqiqlab qo‘yish; 

xorijiy sarmoyalarni jalb etish va boshqalar. 
Byudjet defitsiti vujudga kelgan paytda uni moliyalashtirish manbalarini 
aniqlab olmoq zarur. Moliyalashtirishning asosiy manbalaridan biri davlatning qarz 
olishidir. 
Davlatning qarzlarni olishi jismoniy va yuridik shaxslar, xorijiy davlatlar, 
xalqaro moliyaviy tashkilotlardan jalb qilinadigan zayom va kreditlarni olishdan 
iborat bo‘lib, ular bo‘yicha qarz oluvchi yoki boshqa qarz olganlarning qarzlarni 
qaytarish bo‘yicha kafolatchi sifatida hukumatning qarz majburiyatlari vujudga 
keladi.
Davlatning ichki qarzlarni olishi jismoniy va yuridik shaxslar, xorijiy 
davlatlar, xalqaro moliyaviy tashkilotlardan jalb qilinadigan zayom va kreditlarni 
olishdan iborat bo‘lib, ular bo‘yicha qarz oluvchi yoki boshqa qarz olganlarning 
qarzlarni qaytarish bo‘yicha kafolatchi sifatida hukumatning o‘z milliy valyutasida 
ifodalangan qarz majburiyatlari paydo bo‘ladi.
Davlatning tashqi qarzlarni olishi jismoniy va yuridik shaxslar, xorijiy 
davlatlar, xalqaro moliyaviy tashkilotlardan jalb qilinadigan zayom va kreditlarni 
olishdan iborat bo‘lib, ular bo‘yicha qarz oluvchi yoki boshqa qarz olganlarning 
qarzlarni qaytarish bo‘yicha kafolatchi sifatida hukumatning xorijiy valyutada 
ifodalangan qarz majburiyatlari vujudga keladi.
Byudjet defitsitini moliyalashtirishning barcha manbalari jalb qilingan 
mablag‘larning barcha asosiy turlari bo‘yicha navbatdagi moliyaviy yilga 


139 
mo‘ljallangan byudjet to‘g‘risidagi qonunda qonunchilik hokimiyati organlari 
tomonidan albatta tasdiqlanishi kerak.
Byudjet defitsitini moliyalashtirishning manbai sifatida mamlakat Markaziy 
bankining kreditlari va Markaziy bank tomonidan hukumatning sotib olingan qarz 
majburiyatlari maydonga chiqishi maqsadga muvofiq emas. 
Byudjet defitsitini moliyalashtirishning barcha manbalarini ikki guruhga 
bo‘lish qabul qilingan: 
1)
ichki manbalar; 
2)
tashqi manbalar. 
Byudjet defitsitini moliyalashtirishning ichki manbalari sifatida quyidagilarni 
ko‘rsatish mumkin: 

mamlakat hukumati tomonidan shu mamlakatning milliy valyutasida kredit 
tashkilotlaridan olingan kreditlar; 

mamlakat hukumati nomidan qimmatbaho qog‘ozlarni chiqarish orqali amal-
ga oshirilayotgan davlat zayomlari; 

davlat mulkiga tegishli bo‘lgan mol-mulkni sotishdan olingan tushumlar; 

davlat zaxiralari va rezervlar bo‘yicha daromadlarning xarajatlardan o‘sgan 
qismi summasi; 

byudjet mablag‘larini hisobga oluvchi hisob varaqlaridagi mablag‘lar qoldi-
g‘ining o‘zgarishi va boshqalar. 
Byudjet defitsitini moliyalashtirishning tashqi manbalari qatoriga quyidagilar 
kiradi: 

mamlakat hukumati nomidan qimmatbaho qog‘ozlarni chiqarish orqali xori-
jiy valyutada amalga oshirilgan davlat zayomlari; 

xorijiy valyutada taqdim etilgan va mamlakat hukumati tomonidan jalb qi-
lingan xorijiy davlatlar, banklar va firmalar, xalqaro moliyaviy tashkilotlarning 
kreditlari. 


140 

Yüklə 3,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   205




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin