214
Mahalliy byudjetlar orqali mahalliy hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan
rivojlantirish moliyaviy manbalar bilan ta’minlab boriladi. O‘zbekiston
Respublikasi byudjet tizimining barcha daromadlari tarkibida mahalliy byudjetlar
daromadlari o‘rtacha 42-46 foizni tashkil qiladi. Shu o‘rinda shuni ta’kidlash
joizki, byudjet tizimi bo‘yicha amalga oshiriladigan xarajatlarning esa 55-60 foizi
mahalliy byudjetlar hisobiga to‘g‘ri keladi. Mahalliy byudjetlar xarajatlarining
keyingi yillarda ildamroq o‘sib borishi ularning davlat byudjetidagi salmog‘ining
ham oshib borishiga olib kelgan.
Avvalgi yillarda asosan respublika byudjetidan moliyalashtirib kelingan
kadrlar
tayyorlash,
hududiy
ahamiyatdagi
davlat
kapital
quyilmalarini
moliyalashtirish, aholini ijtimoiy himoya qilish xarajatlarining keskin oshib borishi
va bu turdagi xarajatlarni asosan mahalliy byudjetlar hisobidan moliyalashtirish
davlat byudjetidan amalga oshiriladigan xarajatlar tarkibida mahalliy byudjetlar
salmog‘ining oshishiga olib keldi.
Mahalliy byudjetlar aholini ijtimoiy himoya qilish borasida davlatning olib
borayotgan siyosatining joylardagi asosiy tayanchi hisoblanadi.Mahalliy
byudjetlarga xos bo‘lgan xususiyatlarning namoyon bo‘lishi, ulardan milliy
daromadni hududiy darajada taqsimlash va qayta taqsimlash hamda bu jarayonlarni
nazorat qilish quroli sifatida foydalanish faqat inson faoliyati jarayonidagina
mumkin bo‘ladi
85
. Bu byudjet mexanizmida o‘z aksini topadi. Byudjet mexanizmi
davlat byudjet siyosatini amalga oshirishning dastak va vositalari yig‘indisi bo‘lib,
davlat tomonidan tashkil etiladi va byudjet munosabatlarini davlat oldida turgan
ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarni bajarishga yo‘naltirishga xizmat qiladi.
Iqtisodiy mazmun-mohiyati jihatidandavlat byudjeti daromadlari –davlat bilan
korxonalar, tashkilotlar, muassasalar va aholi o‘rtasidagi davlat markazlashgan pul
fondining shakllanishi yuzasidan vujudga keladigan iqtisodiy pul munosabatlari
hisoblanadi. Mahalliy byudjetlarning daromadlari esa mahalliy o‘z-o‘zini
boshqarish organlari oldidagi muhim strategik ahamiyatga molik bo‘lgan
Dostları ilə paylaş: