213
Mahalliy byudjetlar darajasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat
byudjeti, viloyatlar byudjetlari va Toshkent shahar byudjeti e’tirof etiladi. Ularning
tarkibiga o‘z navbatida, mamlakatning ma’muriy-hududiy
tuzilishiga muvofiq
ravishda quyi (shahar, tuman) byudjetlar kiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksining 5-bob, 35-moddasiga
muvofiq mahalliy byudjetlar tarkibiga kiruvchi byudjetlar tuzilmasiga quyidagi
byudjetlar kiradi:
−
Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti tuzilmasiga Qoraqalpog‘iston
Respublikasining respublika byudjeti, Qoraqalpog‘iston Respublikasiga qarashli
bo‘lgan tumanlar va shaharlarning byudjetlari kiradi;
−
viloyatlar mahalliy byudjetlari tuzilmasiga viloyat byud-jeti, viloyatlar
tarkibidagi tumanlar va shaharlar byudjetlari kiradi;
−
Toshkent shahar mahalliy byudjeti tuzilmasiga shahar byudjeti va shahar
tarkibiga kiruvchi tumanlarning byudjetlari kiradi.
Huquqiy jihatdan mahalliy byudjetlar byudjet yili davomida daromad
manbalari va ulardan tushumlar miqdori, aniq maqsadlar uchun mo‘ljallangan
xarajat yo‘nalishlari aks ettiriladigan moliyaviy hujjat hisoblanadi.
Mahalliy byudjetlar davlat byudjetining tegishli viloyat, tuman,
shahar pul
mablag‘lari jamg‘armasi bo‘lib, ikki pog‘onali byudjet tizimining muhim bo‘g‘ini
hisoblanadi.
Mahalliy
byudjetlarning
ijtimoiy-iqtisodiy
mohiyati
uning
funktsiyalarida namoyon bo‘ladi. Ular haqida quyidagilarni ta’kidlash mumkin:
−
mahalliy hokimiyat organlari faoliyatining moliyaviy asosini tashkil
etuvchi pul fondlarini shakllantirish;
−
bu pul fondlarini hududiy iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohalar
o‘rtasida qayta taqsimlash va ishlatish;
−
mahalliy hokimiyatga bo‘ysinuvchi korxona, tashkilot va muassasalar
moliyaviy-xo‘jalik faoliyati ustidan nazorat olib borish.
214
Mahalliy byudjetlar orqali mahalliy hududlarni
ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan
rivojlantirish moliyaviy manbalar bilan ta’minlab boriladi. O‘zbekiston
Respublikasi byudjet tizimining barcha daromadlari tarkibida
mahalliy byudjetlar
daromadlari o‘rtacha 42-46 foizni tashkil qiladi. Shu o‘rinda shuni ta’kidlash
joizki, byudjet tizimi bo‘yicha amalga oshiriladigan xarajatlarning esa 55-60 foizi
mahalliy byudjetlar hisobiga to‘g‘ri keladi. Mahalliy byudjetlar xarajatlarining
keyingi yillarda ildamroq o‘sib borishi ularning davlat byudjetidagi salmog‘ining
ham oshib borishiga olib kelgan.
Avvalgi yillarda asosan respublika byudjetidan moliyalashtirib kelingan
kadrlar
tayyorlash,
hududiy
ahamiyatdagi
davlat
kapital
quyilmalarini
moliyalashtirish, aholini ijtimoiy himoya qilish xarajatlarining keskin oshib borishi
va bu turdagi xarajatlarni asosan mahalliy byudjetlar hisobidan moliyalashtirish
davlat byudjetidan amalga oshiriladigan xarajatlar tarkibida mahalliy byudjetlar
salmog‘ining oshishiga olib keldi.
Mahalliy byudjetlar aholini ijtimoiy himoya qilish borasida davlatning olib
borayotgan siyosatining joylardagi asosiy tayanchi hisoblanadi.Mahalliy
byudjetlarga xos bo‘lgan xususiyatlarning namoyon bo‘lishi, ulardan milliy
daromadni hududiy darajada taqsimlash va qayta taqsimlash hamda bu jarayonlarni
nazorat qilish quroli sifatida foydalanish faqat inson faoliyati jarayonidagina
mumkin bo‘ladi
85
. Bu byudjet mexanizmida o‘z aksini topadi. Byudjet mexanizmi
davlat byudjet siyosatini amalga oshirishning dastak va vositalari yig‘indisi bo‘lib,
davlat tomonidan tashkil etiladi va byudjet munosabatlarini
davlat oldida turgan
ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarni bajarishga yo‘naltirishga xizmat qiladi.
Iqtisodiy mazmun-mohiyati jihatidandavlat byudjeti daromadlari –davlat bilan
korxonalar, tashkilotlar, muassasalar va aholi o‘rtasidagi davlat markazlashgan pul
fondining shakllanishi yuzasidan vujudga keladigan iqtisodiy pul munosabatlari
hisoblanadi. Mahalliy byudjetlarning daromadlari esa mahalliy o‘z-o‘zini
boshqarish organlari oldidagi muhim strategik ahamiyatga molik bo‘lgan
Dostları ilə paylaş: