202
Prezidentning iqtisodiy hisoboti bilan bir paytda, Kongressing Byudjet
Boshqarmasi o‘zining “Byudjet va iqtisodiy istiqbollari”da (“Budget and
Economic Outlook”) o‘zining uzoq muddatli davr uchun (2021 yil uchun)
byudjetning profitsit/defitsit bo‘yicha bazaviy ko‘rsatkichlar bilan solishtirgan
holda o‘ziga xos siyosatning davom etishi bo‘yicha prognozlarini keltirib o‘tdi.
Mazkur chora-tadbirlar “Medicare” dasturi bo‘yicha tibbiy xodimlarga to‘lovlarni
kamaytirmagan holda muqobil minimal soliqlarni indeksatsiya qilish va 2010-
yildagi “Ish o‘rinlari yaratish haqida”gi Qonunlarni (“the Job Creation Act”) o‘z
ichiga olgan. Bu prognozlar bilan Kongressing Byudjet Boshqarmasi 2008-2010-
yillardagi byujdet defitsitining eng yuqori darajasini istisno qilgan holda, 1970-
yillardan buyon YaIMga nisbatan eng yuqori darajadagi federal byudjet defitsiti
yuzaga kelishini bashorat qilmoqda.
76
Dostları ilə paylaş: