Xalqaro Nodik Universiteti Bajardi: Mirzayeva Nazira Ibragimovna 723-mtt 1-kurs talabasi tekshirdi: jamolov X. Toshkent-2023



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
tarix02.05.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#106150
Mirzayeva Nazira Ibragimovna 29.04.




Xalqaro Nodik Universiteti 
Bajardi:
Mirzayeva Nazira Ibragimovna 
723-MTT 1-KURS TALABASI 
TEKSHIRDI:
JAMOLOV X.
 
Toshkent-2023 



Microsoft Office dasturlarining rivojlanish bosqichlari 
Reja: 
I. Kirish: Microsoft Office dasturi haqida 
II. Asosiy qism: 
1. MC Word dasturi 
2. MC Excel dasturi 
3. MC Power Point dasturi 
III. Xulosa. 
Microsoft Offiсe dasturlaridan foydalanuvchi har bir masalani yechishda, 
hujjatlarni tahrirlashda va boshqa ishlarda unumli foydalanishi mumkin. Officedan 
foydalangan foydalanuvchi ekranni oʻz xohishi boʻyicha oʻzgartirishi, shriftlarni 
tanlashi, printerlarni tanlashi, boshqa tizimlarni disklarga yozishi, qoʻshimcha 
kompyuter qurilmalarini oʻrnatishi va hakozo imkoniyatlardan foydalanishi 
mumkin. Qisqa qilib aytganda, kompyuter ishini oʻz xohishiga moslab kompyuter 
xotirasi, ekranni, ishlash tezligi, qoʻshimcha qurilmalaridan optimal foydalanishi 
mumkin. 
Mashxur 
Microsoft 
korporatsiyasi 
shaxsiy 
kompyuterlardan 
foydalanuvchilar uchun koʻpgina dasturlar va operatsion tizimlarni ishlab 
chiqarishni 
jadal 
rivojlantirmoqdalar. 
Jumladan, 
foydalanuvchilarning 
kompyuterdan foydalanish imkoniyatlarini oshirish uchun OFFICE dasturlar 
toʻplamini ham ishlab chiqarishgan. 



Koʻpgina foydalanuvchilar Windows operatsion tizimi bilan OFFICE 
dasturlar toʻplamini chalkashtirishadi. Toʻg'ri, bu ikkala dasturlarni ham Microsoft 
korporatsiyasi ishlab chiqqan va asosan shaxsiy IBM va Pentium kompyuterlariga 
oʻrnatishga moʻljallangan. Windows operatsion tizimi OFFICE dasturlarisiz 
bemalol ishlay oladi, lekin OFFICE dasturlari Windows dasturisiz ishlamaydi. 
Windows dasturlarining quyidagi versiyalari mavjud: Windows-3.X, Windows-95, 
Windows-98, Windows-2000, Windows-2002, Windows NT, Windows XP va 
hokozo. 
Office dasturlar toʻplamini esa quyidagi versiyalari mavjud: Office-95, 
Office-96, Office-97, Office-2000, Office-2002 va Office XP. Office-2003 dasturlar 
toʻplamini shaxsiy kompyuterga oʻrnatish uchun kompyuterda Windows operatsion 
tizimi oʻrnatilgan boʻlishi, soʻng kompyuter operativ xotirasi kamida 8-16 Mb 
boʻlishi va qattiq diskda kamida 250 Mbdan 700 Mbgacha (Officedan foydalanish 
imkoniyatiga qarab) boʻsh joy boʻlishi lozim. 
Microsoft Office bir nechta xilda sotuvga chiqariladi. Ularning farqi toʻplam 
tarkibi va narxida. Office dasturlar toʻplamining nisbatan toʻliqroq variantiga 
quyidagi dasturlar kiradi. Microsoft Word — har xil koʻrinishdagi oddiy va 
murakkab matnlarni taxrirlashga moʻljallangan matn muharriri. 
Muqobil dasturlar: OpenOffice.org Writer, LibreOffice Writer, StarOffice Writer, 
KWord, NeoOffice Writer, Corel WordPerfect, Apple Pages (bu faqat Mac OS 
tizimida) va AbiWord. 
Microsoft Excel — har koʻrinishdagi hisob—kitobli maʼlumotlar bilan 
ishlashga moʻljallangan elektron jadvalli dastur. 
Muqobil dasturlar: OpenOffice.org Calc, LibreOffice Calc, KSpread, StarOffice, 
Gnumeric, Corel Quattro Pro va Apple Numbers (bu faqat Mac OS tizimida). 
Microsoft PowerPoint — maʼlumotlarni taqdimot, reklama qilishga 
moʻljallangan taqdimot dasturi. 
Muqobil dasturlar: OpenOffice.org Impress, LibreOffice Impress, KPresenter, Corel 
WordPerfect va Apple Keynote. 



Microsoft Access— maʼlumotlar ombori (bazasi) bilan ishlashga 
moʻljallangan dastur. 
Oʻrnini bosuvchi dasturlar: OpenOffice.org Base, LibreOffice Base, Kexi. 
Microsoft Publisher — har xil koʻrinishdagi noshirlik ishlarini bajarishga 
moʻljallangan muharrir dastur. 
Microsoft Outlook (Outlook Express bilan chalkashtirmang)— elekton pachtadan 
foydalanishga moʻljallangan dastur va hokazo Uning tarkibiga taqvim, ish 
rejalashtirgich, qaydnoma, manzillar kitobi va shaxsiy pochta kiradi. 
Pochta xizmati uchun — Mozilla Thunderbird/SeaMonkey, Novell Evolution, 
Claws Mail, Eudora Mail, The Bat!; shaxsiy maʼlumotlar dispetchiri — Mozilla, 
Lotus Organizer и Novell Evolution. 
Microsoft InfoPath — maʼlumot yigʻish va uni boshqarish dasturi. 
Microsoft Communicator (Microsoft Lync) — insonlar bilan har tomonlama 
muloqot qilishni tashkilashtiradigan dastur. 
Microsoft Visio — biznes va texnik diagrammalar bilan ishlovchi dastur. 
Muqobil dasturlar: LibreOffice Draw, OpenOffice.org Draw, yEd Grapth Editor. 
Microsoft Project — loyihalar bilan ishlovchi dastur. 
Microsoft Query — maʼlumotlar omboridan maʼlumot oluvchi va koʻrib 
chiquvchi dastur. 
Microsoft OneNote — qaydnomalar yozish uchun moʻljallangan dastur. 
Microsoft Groove — birgalikdagi ishni qoʻllab quvvatlovchi dastur. 
Microsoft SharePoint Designer — Microsoft SharePoint tizimida dastur 
yaratish uchun vosita. 
Microsoft Picture Manager — rasmlar bilan ishlash. 
Muqobil dastur: OpenOffice.org Draw. 
Microsoft Document Image Writer — virtual printer. 
Microsoft Diagnostics — Microsoft Officening zararlangan dasturlarini 
diagnostika qiluvchi va tuzatuvchi dastur. 



Office dasturlar toʻplamini oʻrnatishda yuqorida koʻrsatilgan dasturlarni 
tanlash orqali, yaʼni keraklisini oʻrnatish orqali kompyuter qattiq diskidagi joyni 
tejash mumkin. 
Microsoft Word (qisqacha MS Word, WinWord yoki Word) – matnli 
maʼlumotlarni yaratish, koʻrish va tahrir qilish uchun moʻljallangan matn 
muharriridir yoki matn protsessori. Microsoft korporatsiyasi tomonidan Microsoft 
Office paketi tarkibida chiqariladi. Ilk versiyasi Richard Brodi tomonidan 1983-yil 
IBM PC uchun yozilgan. Keyinroq Apple Macintosh (1984), SCO UNIX va 
Microsoft Windows (1989) uchun ishlab chiqilgan. Amaldagi versiyasi Windows va 
MacOS uchun moʻljallangan Microsoft Office Word 2016 hisoblanadi. 



Microsoft Word yaratilishida “Xerox PARC” taqdqiqot markazi tomonidan 
ishlab chiqilgan Bravo – original grafik interfeysga ega matn protsessori katta oʻrin 
tutadi. Bravo asoschisi Charlz Simoni PARCni 1981-yil tark etgan. Wordning MS-
DOS uchun taqdimoti 1983-yil oxirida boʻlib oʻtdi. Bu tovar bozorda yomon kutib 
olindi. 
Biroq 1985-yil Macintosh uchun moʻljallangan versiyasi qoʻlma-qoʻl boʻlib 
keng tarqala boshladi. Ikki yildan soʻng Macintosh uchun Word 3.01 versiyasi ishlab 
chiqildi. Macintosh uchun moʻljallangan boshqa dasturiy taʼminotlar kabi Word 
ham toʻliq WYSIWYG-muharrir edi (“what you see is what you get” tamoyili – 
“nima koʻrsam, shuni olaman”). 
MS-DOS grafik qobiqdan mahrum matn operatsion tizimi boʻlsada, DOS 
uchun moʻljallangan Word dasturi IBM PC ning tahrir vaqtida yarim qora yoki yotiq 
matn kabi matn belgilarini koʻrsatib bera oluvchi matn protsessori edi. Biroq u hali 
ham toʻliq WYSIWYG-muharrir edi. WordStar va WordPerfect kabi matn 
muharrirlari oddiy matn ekranini belgi kodlari bilan ishlatishar edi, baʼzan matn 
rangli ham boʻlardi. Ammo koʻp holda DOS dasturiy taʼminotidagi dasturlarda har 
bir buyruq uchun shaxsiy qiyin kombinatsiyalar qoʻllanilishi (DOS Wordda hujjat 
saqlashda ESC-T-S kombinatsiyasi ishlatilgan) va koʻp kotiblar faqat WordPerfectni 



ishlata olishi shu dasturni ishlatuvchi kompaniyalar ozroq ustunlikka ega yangi 
dasturga juda sekinlik bilan oʻtishgan. 
1989-yil Windows uchun ishlab chiqilgan Wordning ilk versiyasi $500 ga 
sotilgan. Windows 3.0 ishlab chiqarilishidan soʻng savdo oʻsa boshladi va uning 
asosiy raqobatchisi WordPerfect ustunlikni ushlay olmadi.
Keyingi versiyalarda matn muharriri doirasidan chetga chiqadigan 
imkoniyatlar qoʻshila boshladi. Chizish asboblari hujjatga grafika qoʻshish kabi juda 
oddiy amalarni bajara olardi, lekin bu maxsus dasturlar kabi emasdi. Obyektlarni 
qoʻshilishi, hujjat versiyalarini taqqoslash, koʻp tilli yordam va boshqa imkoniyatlar 
kelgusi yillarda amalga oshirildi. Microsoft Word hozirda keng qoʻllaniluvchi eng 
ommabop matn muharriri hisoblanadi. IBM OC platformasidagi “.doc” kengaytmasi 
Word 97-2000 ikkilamchi formatining sinonimiga aylandi. Bu formatga eksport va 
import qiluvchi filtrlar koʻpchilik matn muharrirlarida mavjuddir. Hujjat formati 
Wordning turli versiyalarida oʻzgarishlarga uchradi. Formatlash amallari dasturning 
eski versiyalarida uchramasligi mumkin. MS Word 2007 XML, - Microsoft Office 
Open XML ga asoslangan “ehtimoliy tanlangan” formatni ishlatadi. Word 97-2007 
formatlarining tasnifi 2008-yilda Microsoftda eʼlon qilingan. 
Microsoft Officening boshqa dasturlari kabi Word oʻz imkoniyatlarini oʻziga 
oʻrnatilgan makrotil vositachiligida kengaytirishi mumkin (oldiniga WordBasic, 
Word 97 versiyasidan soʻng VBA – Visual Basic qoʻllanilgan). Biroq bu virus 
xavfini oshiradi. Yaqqol misol Melissa chuvalchanggi epidemiyasi boʻloladi. Shu 
sababdan antivirus dasturiy taʼminotidan foydalanish ortiqchalik qilmaydi. 
Microsoft Word hujjatlarini zararlagan ilk virus 1994-yil dekabrda J. Mak-
Namarning makroviruslar yaratish imkoniyatlarini namoyishiga moʻljallangan 
DMV boʻlgan. “Yovvoyi tabiatga” tushgan va dunyodagi ilk makroviruslar 
epidemiyasini chaqirgan ilk virus esa Concept hisoblanadi (1995-yil iyun-avgust). 
2009-yil 12-avgustda Texas shtati sudi Microsoft patenti Kanada i4i kompaniyasiga 
tegishli boʻlgan XML-fayllarni oʻqish uslubini noqonuniy foydalanishida ayblab, 
AQSh hududida Word dasturlarini sotishni taqiqladi 



MS Word soʻnggi yillarda oʻz imkoniyatlarini kengaytirdi. Word 2003 
versiyasidagi dastur asosiy ramzi Word 2007 versiyasida qisman oʻzgartirildi. 
Planshet, smartfon va boshqa qurilmalar uchun dastur sinxronlashtirildi. Dastur 
tarkibiga yangi shriftlar, turli format usullari, har bir obyekt uchun alohida 
sozlamalar qoʻshildi, dasturning internet orqali yangilanishi va qayta aloqa qilish 
tizimi takomillashtirildi. Mobil qurilmalar, planshetlar uchun Word dasturini Play 
Market, AppStory va boshqa internet doʻkonlardan yuklab olish mumkin. 
Microsoft Excel (baʼzan Microsoft Office Excel deb ataladi) — Microsoft 
korporatsiyasi tomonidan Microsoft Windows, Windows NT va Mac OS, 
shuningdek Android, iOS,Windows Phone uchun yaratilgan elektron jadvallar bilan 
ishlash uchun dastur. U iqtisodiy-statistik hisob-kitoblar, grafik vositalar 
imkoniyatlarini taqdim etadi. Mac OS X platformasidagi Excel 2008 ning dasturlash 
tili VBA (Visual Basic for Application). Microsoft Excel Microsoft Officening 
tarkibiy qismi hisoblanadi va bugun Excel dunyodagi eng mashxur ilovalar qatoriga 
kiradi. Elektron jadvallar hayotning har xil sohasida uchraydigan, avvalambor 
hisoblash va iqtisodiy masalalarni echishda, jumladan, berilganlarni tez oʻzgartirib 
turuvchi masalalarni tezkor ravishda qayta ishlab chiqishda, masalan, bank hujjatlari 
bilan ishlash kabi keng koʻlamli masalalarni yechishda qoʻllaniladigan oʻta quvvatli 
vosita hisoblanadi. Hisoblash elektron jadvalining dastlabki dasturi 1979-yili 
Visicals (Visiblencalculators-inikoʻrinib turuvchi kalkulyator) nomi bilan Software 
Arts firmasida chiqqan. Bu dastur Apple II kompyuteri uchun ishlab chiqilgan va 
koʻp jihatdan uning bozorda ommabopligi aniqlandi. 1981-yil IBM PS kompyuteri 
paydo boʻlishi bilan bu tipdagi kompyuterlar uchun elektron jadvallar ishlab chiqila 
boshlandi. Visicals va Supercals dasturlarining yangi koʻrinishlari paydo boʻldi, shu 
bilan birgalikda Microsoft-Multiplan firmasining birinchi amaliy dasturi paydo 
boʻldi va u elektron jadvallar yangi avlodining yorqin yulduziga aylandi. 
Hisoblashlar natijalarini koʻrgazmaliroq tasvirlash uchun joylashtirilgan grafik 
rejimlarining paydo boʻlishi, bu elektron jadval rivojlanishining navbatdagi qadami 
boʻldi. 1983-yil LOTUS firmasining 1-2-3 paketlari chiqib, kutilgandan ham 



ziyodroq 
muvaffaqiyatga 
erishdi.
Ammo 1997-yil Microsoft firmasi tomonidan Excel dasturi taqdim etildi, u 
hozirgi kunda ham oʻz sinfidagi eng quvvatli dastur hisoblanadi. Shubha yoʻqki, 
Excel eng ommabop dasturlardan biridir. Bu dastur ixtiyoriy axborotni (matnlar, 
sonlar, sana va hokazolarni) qayta ishlab chiqish va saqlash imkonini beribgina 
qolmasdan, balki qilgan ishingiz natijasini bezash, koʻrgazmaliroq koʻrsatish va 
chop etish imkoniyatini beradi. Bunda siz WinWord dasturidagi tahrirlash 
vositalaridan 
foydalanishingiz 
mumkin. 
Dastlab 
Excelning 
ommaviy 
imkoniyatlarini oʻzlashtirish qiyin emas, ammo dasturning murakkabligi va 
imkoniyatlarining juda kengligi sababli ular bilan tanishish uzoq davom etishi 
mumkin, binobarin, aynan ish jarayonida uning yangi-yangi imkoniyatlarini koʻrish 
mumkin. 
Elektron jadvallar hayotning har xil sohasida uchraydigan, hisob va iqtisodiy 
masalalarni echishda, jumladan, oldindan tayyor boʻlgan maʼlumotlarni tezkor 
ravishda qayta ishlab chiqishda yoki sonli xisobotlar bilan ishlash kabi keng 
koʻllamli masalalarni yechishda qoʻllaniladigan oʻta qulay vosita hisoblanadi. 
Yuqorida taʼkidlanganidek, 1982-yil Microsoft CP/M tizimlarida juda ommabop 


10 
boʻlgan ilk jadval protsessori Multiplanni bozorga chiqardi, ammo u MS-DOS 
tizimlarida Lotus 1-2-3 dasturidan ortda qolardi. Excelning ilk versiyasi Mac uchun 
moʻljallangan edi va 1985-yil chiqarilgan, Windows uchun versiyasi esa 1987-yil 
noyabrda ishlab chiqilgan. Lotus Windows uchun dasturini moslashtirishga 
shoshilmadi bu esa 1988-yildan Excelning undan oʻtib ketishiga sabab boʻldi. 
Microsoft har bir yangi versiya uchun oʻz mavqeyini mustahkamlay boshladi. 
Windows platformasiga moʻljallangan hozirgi versiyasi Excel 16, Mac OS X uchun 
esa Microsoft Excel 2012 dir. 
Boshida Excel nomi bilan bogʻliq muammo paydo boʻldi, negaki boshqa 
kompaniya shu nomdagi dasturlar paketi bilan savdo qilardi va Microsoftni sudga 
beradi. Shu sababli bundan buyon Microsoft har qanday hujjatlarda dastur nomini 
Microsoft Excel deb yuritishga majbur boʻladi. Keyinchalik Microsoft 
kompaniyasining shu nomdagi dasturlarni sotib olishi natijasida muammoga barham 
berildi. Kompaniya dasturning qisqartmasi sifatida XL harflaridan foydalanishga 
qaror qildi va bu hozirgacha davom etmoqda, Excel faylarini kengaytmasi esa —. 
xls. Birinchi jadval muharrirlari bilan taqqoslaganda Excel foydalanuvchiga keng 
imkoniyatlarni taqdim etadi. Excel foydalanuvchiga ekraning oʻzida jadvalning 
koʻrinishini, shriftlar, belgilar va katak tashqi koʻrinishini oʻzgartirish imkonini 
bergan ilk jadval muharriridir. Yana u kataklarning aqlli hisobini chiqarib beradigan 
dastur edi. 1993-yilda ilk marotaba Microsoft Officeʼga birlashtirilish munosabati 
bilan Microsoft Word va Microsoft PowerPoint Excelʼga monand grafik interfeysga 
ega boʻlishdi. 1993-yildan boshlab Excel tarkibiga Visula Basic'ga asoslangan Excel 
masalalarini avtomatlashtirish imkonini beruvchi dasturlar uchun Visual Basic 
dasturlash tili kiritiladi. VBA foydalanuvchi bilan aloqa qilish formalarini yaratishga 
imkon beradi. Bu til DLL (ing. Dynamic Link Library-dinamik kutubxona)ni 
qoʻllashi (yaratishi emas) mumkin. VBAning funksionalligi Excelni makroviruslar 
uchun oson nishonga aylantirdi. Bu antivirus mahsulotlari ularni topishni 
oʻrganmagunlarigacha katta muammo boʻlib qoldi. Shu sababli Microsoft quyidagi 
himoya turlarini tanlash imkonini oʻz dasturiga qoʻshdi: 
*makroslarni toʻliq oʻchirish 


11 
*hujjat ochilishi bilan makroslarni yoqish 
*sertifikatga ega makroslarga ishonish. 
Excelning 5.0 dan 9.0 gacha versiyalari oʻzida turli "yashirin sir"larni saqlaydi, 
ammo 10-chi versiyadan soʻng Microsoft ularni yoʻq qilish chora-tadbirlarini 
qoʻllay boshladi . 
Microsoft PowerPoint (toʻliq nomi — Microsoft Office PowerPoint, 
inglizcha: power point'power point — ishonarli hisobot) — taqdimotlar yaratish va 
ularni tomosha qilishga moʻljallangan dastur boʻlib, Microsoft Officening bir qismi 
hisoblanadi va Microsoft Windows, macOS tizimlarida ishlash imkoniyatiga ega. 
PowerPointda yaratilgan taqdimotlar proyektor yordamida katta ekranlarda yoki 
katta oʻlchamli televizion ekranlarda koʻrishga moʻljallangan. 


12 
PowerPoint yaratish fikri Berkli oliygohi talabasi Bob Gaskins (Bob 
Gaskins)da paydo boʻladi. 1984-yil Gaskins Forethoyyhyught firmasiga qoʻshildi va 
Dennis Ostin (Dennis Austin) ismli dasturchini ishga yollaydi. Bob va Dennis 
harakatlarini birlashtirishadi va Presenter dasturini yaratishadi. Dennis dasturning 
original versiyasini Tom Rudkin bilan yaratadi. Keyinchalik Bob dastur nomini 
PowerPoint deb oʻzgartirishga qaror qiladi. 
1987-yil PowerPoint 1.0 Apple Macintosh tizimi uchun namoyish etiladi. U 
oq-qora formatda ishlagan. Keyinchalik Macintoshning rangli koʻrinishlari paydo 
boʻlgan va dasturning ham rangli versiyasi yaratilgan. PowerPointning ilk 
versiyalarida dastur tarkibiga koʻk jildli kitob shaklidagi yoʻriqnoma kiritilgan, 


13 
ammo bu biroz qimmatga tushishi munosabati bilan Forethought elektron 
yoʻriqnomaga oʻtishga qaror qiladi. 
1987-yil Forethought va PowerPoint Microsoft tomonidan $ 14 mln.ga sotib 
olinadi. 1990-yil Microsoft Office paketi toʻplamidagi Windows uchun versiyasi 
namoyish qilindi. 2002-yildan boshlab Office XP PowerPointning paydo boʻlishi 
bilan u Office paketidan alohida ham tarqatilishi mumkin edi. 
Taqdimotlar quyidagi (prefiks yordamida) koʻrinishlarda saqlanishi mumkin: 
.ppt — PowerPoint taqdimoti 
.pps — faqatgina PowerPoint taqdimoti 
.pot — PowerPoint modeli 
PowerPoint 2007 oʻzining macOS uchun versiyasida (2008) Office Open 
XML formatini taqdim etdi. Shundan soʻng taqdimotlar. pptx,. ppsx,. potx 
koʻrinishiga ega boʻldi. Taqdimotga audio fayl qoʻshish uchun MPEG LAYER 3 
18HB 11025 Hz stereo formatini ishlatish zarur. 
PowerPoint Microsoft Office qismi hisoblanadi. Bu esa PowerPointga taqdimot 
yaratuvchi dastur sifatida dunyoga keng tarqalishiga yordam berdi. Tez-tez 
PowerPoint taqdimotlari foydalanuvchilar tomonidan boshqa kompyuterlarga 
joʻnatilib turiladi. Bu esa raqobatchi dasturlar bilan muvofiqlikni taʼminlash 
zaruriyatini bildiradi. PowerPointning baʼzi taqdimotlari Windows tizimiga 
oʻrganganligi bois uni macOS PowerPoint versiyasida ochishning iloji yoʻq. Shu 
sababli Microsoft ochiq standartlarga oʻtishga qaror qildi. 
Reklama prezentastiyasini yaratish bu koʻp vaqtni talab qiladigan, juda 
muhim va masʼuliyatli jarayondir. Bu oʻrinda sizdan talab qilinadigani bu rasmlar, 
animastiya (harakat), qisqa matnlardan iborat ssenariyni oʻylab topish. 
Prezentastiyalar tayyorlashda eng effektiv va universal vositalardan biri-bu 
Microsoft Office ilovasidagi-Power Point dasturidir. U grafik axborotlar, 
taqdimotlar, ovoz, video kliplar, animastiyalardan foydalanib, sifatli taqdimotlar 
yaratish imkonini beradi. Prezentastiyalarni tayyorlash natijasida: 
qatnashuvchilarga tarkatish uchun chop qilingan hujjat; 
kadoskopda foydalanish uchun kalkalar; 


14 
slaydoskoplarda foydalanish uchun 35-millimetrli slaydlar; 
choʻntak daftarchasi; 
elektron prezentastiyalarni olish mumkin. 
Microsoft Power Point dasturi 1987-yildan boshlab paydo boʻlgan boʻlsa ham, 
ammo prezentatsion grafik ishlarida yetakchi oʻrin tutadi. Bu dasturning keyingi 
versiyalarida esa shu dasturga yangi qoʻshimcha fikrlar va prezentastiyalarni 
qoʻllashning yangi usullari ishlab chiqildi. Microsoft Power Pointdan 
foydalanayotgan har bir foydalanuvchi xoh u yangi ish boshlovchi boʻlsa, xoh 
tajribali boʻlishidan qatʼiy nazar, ushbu dasturga kiritilgan yangi usullarni yuqori 
darajada baholaydi. 
Microsoft PowerPoint – taqdimotlarni tayyorlash va taqdimotlarni hosil qilish 
uchun moʻljallangan boʻlib, unda yaratilgan taqdimotlarda oddiy animastiyalar hosil 
qilish mumkin. Taqdimot – maʼruza, biznez reja va hokazolar boʻlishi mumkin. Har 
bir taqdimot bir necha slayddan tashkil topgan boʻlishi mumkin. 
Microsoft Power Point – universal, imkoniyatlari keng boʻlgan, koʻrgazmali grafika 
amaliy dasturlari sirasiga kiradi va matn, rasm, chizma, grafiklar, animastiya 
effektlari, ovoz, videorolik va boshqalardan tashkil topgan slaydlarni yaratish 
imkonini beradi. 
Dastur ishga tushirilgach, eskiz va shablonlardan iborat boʻlgan oyna hosil 
boʻladi. Hosil boʻlgan oynaning pastki qismida foydalanuvchi shu kungacha 
foydalangan hujjatlar toʻplami aks etadi. Oynaning tepa qismida esa Power Point 
dasturining foydalanuvchiga takil etayotgan hujjat yara tiladigan dizaynlar eskizlari 
namoyon boʻlgan. Bulardan foydalanuvchi oʻziga maqul boʻlgan dizaynni tanlaydi 
va natijada Power Point dasturining quyidagi ishchi sohasi namoyon boʻladi. 
Oynaning eng yuqori qismida dasturning nomi, joriy oyna raqami va oynani tartibga 
solib turish elementlari joylashadi. 
Power Point taqdimotlar muxarririning menyusi oynani yuqori qismida
joylashgan boʻlib u 10 boʻlimdan iborat: Fayl, Pravka, Vid, Vstavka, Format, Servis, 
Tablitsa va Okno. Bu boʻlimlar yordamida biz taqdimot, slayd va ularda joylashgan 
xar xil matn, rasm hamda boshqa istalgan obyektlar ustidan har xil amallarni 


15 
bajarishimiz mumkin. Endi bu boʻlimlar bilan yaqinroq tanishaylik: Asosiy menyu 
(Главная) yordamida foydalanuvchilar slayd qoʻshishlari,
yozuvlarga ishlov berishlari, abzats va matn ko’rinishlari bilan ishlashlari
mumkin: 
Prezentatsiya avvalo, sarlavhali slayddan boshlanadi. Bunda taqdimot 
yaratuvchining ism-sharifi, tanlagan mavzusi va shu kabilar yoziladi. 
Qoʻshish (Вставка) menyusidan prezentatsiyamiz uchun kerakli boʻlgan jadval, 
rasm, turli xil shakllar, formula, diagramma, ssilkalar va multimediyalar 
joylashtirish imkoniyatiga egamiz: 
Masalan:Jadval yaratish
1. Uskunalar panelidan Dobavit tablisu (Jadval kiritish) tugmasini
2. Qatorlar va ustunlar sonini kiritamiz.
Murakkab jadvallarni yaratish: 
1. Uskunalar panelidan Tablisi i granisi (Jadvallar va chegaralar)
tugmasini bosamiz.
2. Soʻngra Narisovat tablisu (Jadval chizish) tugmasi bosiladi.
3. Sichqonning koʻrsatkichi qalam shakliga oʻtadi:
4. Jadval chizish uchun sichqonning chap tugmasini bosgan holda qalamni istalgan 
tomonga harakatlantiriladi. Shu yoʻl bilan har xil turdagi jadvallarni chizish 
mumkin.
5. Jadvalning ortiqcha joylarini oʻchirish uchun Lastik (oʻchirgʻich) dan 
foydalanamiz. 
Konstruktor rejimida esa slaydlarning dizayniga e’tibor qaratamiz: 
Kompyuter internetga bogʻlangan bo’lsa, dizaynlardan foydalanish imkonini beradi.
Переходы boʻlimidan har bir slayd uchun animatsiyalar tanlashimiz va 
ularning boshlanish va tugash vaqtlarini sozlashimiz mumkin: 
Bu funksiyadan foydalanish taqdimotimizni qiziqarliroq bo’lishiga xizmat qiladi. 
Hozirgi kunda bu oʻtishlarning turlari koʻpayib bormoqda Animatsiya menyusida 
slaydga joylashtirilgan ma’lumotlarga: jadval, rasm, shakllar, formula, diagramma 
va matnlarga animatsiyalar tanlashimiz mumkin. Namoyish vaqtida prezentatsiyaga 


16 
boʻlgan diqqatni saqlab qolish uchun har bir obyektga har xil animatsiyalarni 
tanlashimiz maqsadga muvofiq hisoblanadi. 
Animatsiyalar 3 xil bo’ladi: 
1. Kirish (obyekt kirib keladi) 
2. Belgilash (slayd davomida e’tiborni oʻziga tortadi) 
3.Chiqish (obyekt chiqib ketadi) 
Slayddagi obyektlarning ketma-ketligini tartiblash uchun «Область 
анимации» parametri tanlanadi va oynaning oʻng tarafida quyidagi oyna hosil 
boʻladi. 
«Слайд-шоу» - prezentatsiyamizni tekshirish va qanday namoyish boʻlishini 
koʻrishda yordam beradi. Bu jarayonda biz ishimizning natijasini koʻra olamiz. Bu 
menyu quyidagi funksiyalarni oʻz ichiga oladi: 
Bu qatorda taqdimotni video tarzida yozib olish, onlayn tarjima qilish imkoniyatlari 
ham mavjud.Taqdimot yaratib boʻlingach uni saqlab qoʻyish maqsadga muvoviq 
boʻlib, bu jarayon menyular qatoridagi «Файл» boʻlimidan amalga oshiriladi. Bu 


17 
boʻlim tanlangach boshqa oyna hosil boʻladi. Bu yerdan «Сохранить» tugmasi 
bosiladi va quyidagi oyna hosil boʻladi: 
Bu oynaning oʻng tarafidan prezentatsiyani joylashtirish kerak bo’lgan «Слайд-
шоу» - prezentatsiyamizni tekshirish va qanday namoyish boʻlishini koʻrishda 
yordam beradi. Bu jarayonda biz ishimizning natijasini koʻra olamiz. Bu menyu 
quyidagi funksiyalarni oʻz ichiga oladi: 
Bu qatorda taqdimotni video tarzida yozib olish, onlayn translyatsiya
qilish imkoniyatlari ham mavjud. Taqdimot yaratib boʻlingach uni saqlab qoʻyish 
maqsadga muvoviq boʻlib, bu jarayon menyular qatoridagi «Файл» boʻlimidan 
amalga oshiriladi. Bu boʻlim tanlangach boshqa oyna hosil bo’ladi. Bu yerdan 
«Сохранить» tugmasi bosiladi va quyidagi oyna hosil bo’ladi: 
Bu oynaning oʻng tarafidan prezentatsiyani joylashtirish kerak bo’lgan papka 
tanlanadi va taqdimot uchun nom tanlanadi.


18 
Soʻngra «Сохранить» tugmasi bosiladi va taqdimot tanlangan papkaga
saqlanadi.
Power Point ekranining pastki chap burchagida ish rejimi va uning turlarini 
boshqaruvchi tugmachalar (piktogrammalar) guruhi joylashgan. Power Point 
dasturidagi bu tugmalarning vazifalari quyidagicha: 
Power Pointga mansub yordamchi tugmalar: 
- taqdimotga yangi boʻsh slayd qo’shish.Ushbu tugma tanlangandan keyin ekranda 
oyna orqali yangi slayd turini tanlashni bizga taklif etadi;
- taqdimot slaydlarini shakllantirishda Power Point ning tashqi koʻrinishini (rangli 
jihozlanishini) oʻzgartirish yordamchisini ishga tushirish;
- taqdimotni struktura rejimida koʻrsatganda slaydlar sarlavhalari va barcha asosiy 
matnlarni koʻrsatish yoki koʻrsatmasligini ta’minlaydi;
- taqdimotni struktura rejimida koʻrsatganda slaydlar sarlavhalari va barcha 
matnlarning jihozlanishini (tashqi koʻrinishini) koʻrsatish yoki koʻrsatmasligini 
ta’minlaydi;


19 
- tanlangan matn obyektning harflarini soyali (s tenyu) tashqi koʻrinishiga oʻtkazish;
- tanlangan matn obyektning harflarini bir qadamga kattalashtirish;
- slayd obyektlarining paydo boʻlshini aniqlaydigan animatsiya effektlarini sozlash 
muloqot oynasini ekranga chiqarish;
- slayd obyektlarining oʻng tomondan kattalashib, avtomobil ovozi bilan paydo 
boʻlish effekti. 
- slayd obyektlarining chap tomondan kattalashib, hushtak ovozi bilan paydo 
boʻlishi animatsiya effekti;
- slayd obyektlarining oʻrtadan kattalashib fotokamera ovozi bilan paydo boʻlishi 
animatsiya effekti;
- slayd obyektlarining oʻrtadan, yorugʻlantirib paydo boʻlishi animatsiya effekti;
- slayd obyektlarining oʻng burchakdan harfma harf paydo boʻlishi animatsiya 
effekti;
- slayd obyektlarining harfma harf, yozuv mashinasi ovozi bilan paydo boʻlishi 
animatsiya effekti; 
- slayd obyektlarining oʻng tomondan qarama qarshi paydo boʻlishi animatsiya 
effekti;
- slayd obyektlarining yuqoridan soʻzma-soʻz paydo boʻlishi animatsiya effekti. 
Prеzеntatsiyalarni turli koʻrinishlarda namoyish etish mumkin. Bu koʻrinishlar 
mеnyuning «Вид» qismidan tanlanadi.
• «Слайды» – Prеzеntatsiyani slaydlar koʻrinishida koʻrsatish;
• «Структура» – bu band tanlanganda prеzеntatsiya nеchta slayddan iborat boʻlsa 
ular roʻyxati nomlari va ularga tavsiflari bilan koʻrinadi;
• «Сортировщик слайдов» - bu band tanlanganda esa prеzеntatsiya nеchta slayddan 
iborat bo’lsa, ularning hammasi kichik koʻrinishda tartiblanib, nomеrlab 
joylashtiriladi. Bu koʻrinish slaydlar joylarini almashtirish, ularni joylashtirishda 
qulay;
• «Страницы заметок» - bu band tanlanganda prеzеntatsiyaning bir slaydi 
ekranning yarmiga va shu slayd uchun ma’lumot kiritish uchun joy bеriladi. 


20 
Prеzеntatsiya haqidagi ma’lumotlarni eslash uchun qulay koʻrinish;
• «Показ слайдов» – Slaydlarni birin kеtin, animatsiyalari bilan koʻrsatilish 
tartiblarini inobatga olib toʻliq ekranda namoyish etadi. Prеzеntatsiya tayyor 
boʻlganda uni namoyish qilish uchun qoʻllaniladi. 
Demak, Microsoft Office yaratilishi insoniyat tarixidagi eng katta ixtirolardan 
biri boʻldi,zero u kundalik hayotimizda: 
1.Oʻquv jarayonlarida ( matn yozish,turli formulalar yechish, maʼlumotlar 
tahrirlash) 
2.Marketing sohasida(jadvallar bilan ishlash) 
3.Oʻqitish jarayonida(turli slaydlar tayyorlash) 
3.Kichik yoki katta metrajli animatsiyalar tayyorlashda faol ishlatiladi. 
Bilamizki,oliy taʼlim asosan 2 turdagi darslardan,yaʼni leksiya va seminarlardan 
tashkil topadi va ana shu jarayonda ham bu dastur ham oʻqituvchi, ham oʻquvchining 
puxta bilim olishi uchun juda qoʻl keladi.Ayniqsa,rang-barang va turli xil 
animatsiyalar bilan ishlangan slayd turlari maktab yoshidagi oʻquvchilar yoki 
maktabgacha taʼlim muassasalari tarbiyalanuvchilarida katta qiziqish uygʻotadi va 
oddiy,odatiy turda beriladigan maʼlumotlardan koʻra koʻproq foyda beradi. 

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin