197
10.4-rasmda AQSHning 1962-yildan 2010-yilgacha bo‘lgan
davrdagi yalpi
va sof milliy jamg‘armalari darajalari (jamg‘armalar - YaIMga nisbatan foizlarda)
ko‘rsatilgan. Rasmdan ko‘rinadiki, ikkala jamg‘arma darajasi ham vaqti-vaqti
bilan, ba’zan jiddiy yuqoriga ko‘tarilish orqali muntazam qisqarib borgan. Odatda,
shaxsiy jamg‘armalarda yalpi va sof milliy jamg‘armalarni ko‘payishiga olib
keluvchi o‘sishlar
kuzatilmaydi, ammo davlat byudjeti defitsitining vaqtinchalik
qisqarishi
hisobiga, 1990-yillarning oxirida kuzatilganidek, jamg‘armalar
darajasining oshishi holati yuzaga kelishi mumkin. Bu ma’lumotlar
shuni
ko‘rsatadiki, Amerika Qo‘shma Shtatlari iqtisodiyoti iste’moli tobora o‘sib borishi
bilan birgalikda, iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlovchi
xususiy va davlat sektori
investitsiyalari qisqarib borayotgan iqtisodiyotdir.
AQSH jamg‘armalari darajasi boshqa sanoatlashgan davlatlar bilan
taqqoslaganda qay holatda? 10.5-rasmda Amerika Qo‘shma
Shtatlari Buyuk
Britaniya, Yaponiya, Janubiy Koreya va Germaniya bilan taqqoslangan. Rasmdan
ko‘rinadiki, AQSH federal byudjeti profitsit bo‘lgan 2000-yilni istisno qilib
aytganda, AQSH taqqoslanayotgan hamma davlatlardan ortda qolmoqda.
Janubiy
Koreyaning sof jamg‘armalari darajasini yangi ilg‘or sanoat mamlakatlari bilan
solishtirish mumkin. Bu mamlakatlar ishlab
chiqarish texnologiyalariga
investitsiya kiritish orqali mehnat unumdorligini oshirishgan,
shuningdek, kichik
agrosanoatdan manufakturalashgan ishlab chiqarishga o‘tib
jiddiy iqtisodiy
o‘sishga erishish orqali katta foyda topayotgan iqtisodiyotlardir. Umuman, AQSH
iqtisodiyoti kapital tarkibining aksariyati eskirgan va yaroqsiz holga kelgan asosiy
vositalarni yangilashga yo‘naltiriladi.
Dostları ilə paylaş: