196
kabi shakllarda bo‘lishi mumkin. Korporativ jamg‘armalar asosiy kapitalga
investitsiyalar, xususan zavodlar, asbob-uskunalar, atrof-muhitni obodonlashtirish,
va shuningdek, zaxiralarni yangilashga investitsiyalar shaklida bo‘lishi mumkin.
Bu kompaniyalarning xususiy xaridlari va qarz mablag‘lari yoki hukumatning
soliqlar hisobidan moliyalashtiriluvchi hukumat va korporativ investitsiyalar tovar
va xizmatlar ishlab chiqarish imkoniyatini, buning natijasi o‘laroq, iqtisodiy
imkoniyatlarni kengaytiradi.
Davlat va korporativ investitsiyalarning hammasi ham aslida ishlab chiqarish
aktivlarining o‘sishiga olib kelavermaydi, albatta, ular eski va ishlab chiqarish
samaradorligini yo‘qotgan asbob-uskunalar va bino-inshootlarning o‘rnini bosishi
shart. Eskirgan, ishlab chiqarish samaradorligini yo‘qotgan mashinalarni yangilash
uchun sotib olinganlari ishlab chiqarish salohiyatini oshirmaydi.
Sof milliy
jamg‘arma
ishlab chiqarish quvvqtlariga davlat yoki korporatsiyalar tomonidan
qilingan investitsiyalar bilan mahsulot ishlab chiqarishga ketgan asosiy vositalar
sarfi o‘rtasidagi farqni ifodalaydi.
AQSH yalpi milliy jamg‘armasi 1965-yilda 22% dan yuqori, 2009-yilda esa
11% dan pastroq darajada bo‘lgan. Shu bilan birga, asosiy kapital sarfini inobatga
olgan holda, sof milliy jamg‘arish darajasi 2009-yilda eng past 2,3% ko‘rsatkichni
qayd etgan. O‘tgan yillarda sof milliy jamg‘arishining eng yuqori darajasi 1960-
yillarning boshida 1965-yilda bo‘lgan (12%).
68
Dostları ilə paylaş: