11.1-rasm. Mahalliymoliyaningvazifalari
83
Mahalliy moliya tizimining tarkibiga quyidagi bo’g’inlar kiradi:
1.
Mahalliy byudjetlar;
2.
Mahalliy maxsus fondlar
3.
Mahalliy korxonalar moliyasi
Mahaliy hokimiyat organlari faoliyatining asosiy moliyaviy bazasini mahalliy
byudjetlar tashkil qiladi. Mahalliy byudjetlar milliy daromadni ko’p pog’onali
qayta taqsimlash mahsulini aholiga etkazishning muhim kanallaridan biridir.
Mahalliy byudjetlardan ma’lum darajada mahalliy iqtisodiyot tarmoqlari, hududni
obodonlashtirish, keng aholi qatlamlarining normal hayotiy faoliyatini
ta’minlovchi xizmatlarni amalga oshiruvchi boshqa bir qator soha va tarmoqlar
xarajatlari moliyalashtiriladi.
83
Mualliflar tomonidan tayyorlandi
Mahalliymoliyaquyidagilargaxiz
matqiladi
Mahalliyahamiyatdagiishlabchiqarishningrivojlanishigata’sirko’
rsatish
Hududdagiaholiningzarurijtimoiyehtiyojlariniqondirish
Hududiyxo’jalikkompleksininguzoqmuddatlitaraqqiyotinita’min
lovchisohavatarmoqlargainvestitsiyalarnijalbqilish
Aholibandliginingoshishinita’minlash
210
Mamlakat byudjet tizimi bo’yicha amalga oshiriladigan xarajatlarning 50
foizidan ko’proq qismi mahalliy byudjetlar hisobiga to’g’ri keladi. Mahalliy
byudjetlar umumdavlat iqtisodiy va ijtimoiy vazifalarini amalga oshirishda,
xususan, jamiyat ijtimoiy infratuzilmasini saqlash va rivojlantirishga mo’ljallangan
umumdavlat mablag’larini qayta taqsimlashda muhim ahamiyatga ega bo’lib
bormoqda.
Mahalliy byudjetlar
,
“
Byudjet kodeksi” ga muvofiq, Qoraqalpog’iston
Respublikasi respublika byudjeti, viloyatlar byudjetlari, viloyatlar byudjetlariga
kiruvchi quyi (shahar, tuman) byudjetlarni o’z ichiga oladi. Ularning daromadlari
va xarajatlari tarkibi, byudjet jarayoni va byudjet huquqi qonun bilan belgilangan.
Mahalliy korxonalar moliyasi
– Mahalliy (munitsipal) mulkka asoslangan,
mahalliy hokimiyat bo’ysinuvidagi, unitar korxonalar moliyasi bo’lib, ularga
quyidagilar kiradi:
-
uy-joy kommunal xo‘jaligi korxonalari
-
obodonlashtirishkorxonalari
-
suvxo‘jaligikorxonalari
-
gaz, elektr, issiqlik ta’minoti korxonalari va boshq.
Mahalliy byudjetlar davlat byudjetining tegishli viloyat, tuman, shahar pul
mablag‘lari jamg‘armasi bo‘lib, ikki pog‘onali byudjet tizimining muhim bo‘g‘ini
hisoblanadi.
Mahalliy
byudjetlarning
ijtimoiy-iqtisodiy
mohiyati
uning
funktsiyalarida namoyon bo‘ladi. Ular haqida quyidagilarni ta’kidlash mumkin:
-
mahalliy hokimiyat organlari faoliyatining moliyaviy asosini tashkil
etuvchi pul fondlarini shakllantirish;
-
bu pul fondlarini hududiy iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohalar
o‘rtasida qayta taqsimlash va ishlatish;
-
mahalliy hokimiyatga bo‘ysinuvchi korxona, tashkilot va muassasalar
moliyaviy-xo‘jalik faoliyati ustidan nazorat olib borish.
211
O‘zbekiston Respublikasining 2014 yil 1 yanvardan kuchga kirgan “Byudjet
kodeksi” ning 35-moddasiga muvofiq, mahalliy byudjetlar tarkibiga kiruvchi
byudjetlar quyidagi byudjetlarni o‘z ichiga oladi:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti tuzilmasiga Qoraqalpog‘iston
Respublikasining respublika byudjeti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi tumanlari va
shaharlarining byudjetlari kiradi.
Viloyatlar mahalliy byudjetlari tuzilmasiga viloyat byudjeti, tegishli
viloyatlar tumanlari va shaharlarining byudjetlari kiradi.
Toshkent shahar mahalliy byudjeti tuzilmasiga shahar byudjeti va shahar
tarkibiga kiruvchi tumanlarning byudjetlari kiradi.
Huquqiy jihatdan mahalliy byudjetlar byudjet yili davomida daromad
manbalari va ulardan tushumlar miqdori, aniq maqsadlar uchun
mo‘ljallangan xarajat yo‘nalishlari aks ettiriladigan moliyaviy xujjatdir. Mahalliy
byudjetlar orqali mahalliy xududlarni ijtimoiy-iktisodiy jihatdan rivojlantirish
moliyaviy manbalar bilan ta’minlab boriladi. Uzbekiston Respublikasi byudjet
tizimining barcha daromadlari tarkibida maxalliy byudjetlar daromadlari o‘rtacha
42-46 foizni tashkil qiladi. Shu o‘rinda shuni ta’kidlash joizki, byudjet tizimi
bo‘yicha amalga oshiriladigan xarajatlarning esa 54-55 foizi mahalliy byudjetlar
hisobiga to‘g‘ri keladi. Mahalliy byudjetlar xarajatlarining keyingi yillarda
ildamroq o‘sib borishi ularning davlat byudjetidagi salmog‘ining ham oshib
borishiga olib kelgan. Avvalgi yillarda asosan respublika byudjetidan
moliyalashtirib kelingan kadrlar tayyorlash, hududiy ahamiyatdagi davlat kapital
kuyilmalarini moliyalashtirish, 1994 yildan boshlab aholini ijtimoiy himoya qilish
xarajatlarining keskin oshib borishi va bu turdagi xarajatlarni asosan mahalliy
byudjetlar hisobidan moliyalashtirish davlat byudjetidan amalga oshiriladigan
harajatlar tarkibida maxalliy byudjetlar salmog‘ining oshishiga olib keldi.
Mahalliy byudjetlar aholini ijtimoiy himoya kilish borasida davlatning olib
borayotgan siyosatining joylardagi asosiy tayanchi xisoblanadi. Aholini ijtimoiy
212
himoya qilish xarajatlarining deyarli yuz foizi mahalliy byudjetlar hisobidan
moliyalashtiriladi.
Dostları ilə paylaş: |