208
11-BOB. MAHALLIY MOLIYA
11.1. Mahalliy moliyaning mazmuni, tarkibi va vazifalari.
So’nggi o’n yilliklar davomida bir qator mamlakatlarda iqtisodiy va ijtimoiy
jarayonlarning hududiylashuvi kuzatilmoqda. Bu jarayonlarni boshqarish
funktsiyalari tobora ko’proq markaziy hokimiyat organlaridan hududiy boshqaruv
organlariga o’tib bormoqda. XX asrning so’nggi yillariga
kelib butun dunyoda
davlat tuzumi va boshqaruvida demokratik tamoyillarning rivojlanishi jadallashdi.
Ko’pgina mamlakatlarda demokratik davlat tuzumining majburiy tarkibiy qismi –
mahalliy o’z-o’zini boshqarish bo’lib, uning mohiyatini aholi qatlamlarining o’zi
ular tomonidan erkin asosda saylangan vakillik organlari orqali boshqarishi tashkil
qiladi. Xududiy vakillik va ijroiya organlariga yuklatilgan funktsiyalarni to’laqonli
bajarish uchun ular ma’lum darajada mulkiy va moliyaviy-byudjet huquqlariga
egadirlar. Bu huquqlarning amalga oshirilishi doirasida hududiy moliyaning o’rni
va ahamiyati oshib bormoqda.
Bizga ma’lumki,
mahalliy moliya
– O’zbekiston
Respublikasi mahalliy
ma’muriy-hududiy tuzilmalarining naqd va naqdsiz shakldagi pul resurslari va
oqimlari yig’indisi bo’lib, mahalliy xo’jalik ehtiyojlarini
normal darajada
ta’minlashga hamda mahalliy hududdagi aholiga ijtimoiy-madaniy xizmatlarni pul
mablag’lari bilan ta’minlashga xizmat qiladi.
Bugungi kunda mahalliy moliya hududiy ijtimoiy-iqtisodiy siyosatni amalga
oshirish quroliga aylanib bormoqda.
Mahalliy moliya:
-
mahalliy
ahamiyatdagi
ishlab
chiqarishning
rivojlanishiga
ta’sir
ko’rsatishga;
-
aholi bandligining oshishini ta’minlashga;
-
hududiy xo’jalik kompleksining uzoq muddatli taraqqiyotini ta’minlovchi
soha va tarmoqlarga investitsiyalarni jalb qilishga;
209
-
hududdagi aholining zarur ijtimoiy ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladi.
Dostları ilə paylaş: