217
byudjeti, Toshkent shahri shahar byudjeti hamda tumanlar va shaharlar byudjetlari
o‘rtasida qayta taqsimlanishi mumkin
88
. Mahalliy soliqlar mahalliy
byudjetlar
tarkibida birinchi moliyaviy
manba sifatida qaralsa ham, bu soliqlar mahalliy
byudjetga biriktirilgan xarajatlarini moliyalashda etarli moliyaviy manba bo‘la
olmaydi. Byudjet parametrlarini belgilash vaqtida umumdavlat soliqlaridan
ajratmalar belgilanadi. Bu jarayon har yili byudjet parametrlarini tasdiqlash paytida
ishlab chiqiladi va Prezident qaroriga muvofiq
belgilanadi va tasdiqlanadi
89
.
Umumdavlat soliqlaridan ajratmalar ulushi har yili mahalliy byudjetlarning o‘z
daromadlarining
tushumi
hamda
ular
tomonidan
amalga
oshiriladigan
xarajatlarning miqdoriga qarab o‘zgartirilib boriladi. Umumdavlat soliqlarining
muhim xususiyati shundaki, respublika byudjetiga tushadigan soliqlardan mahalliy
byudjetlarni boshqarib borish uchun ajratma sifatida tushishi mumkin. Agar
kelgusi yili mahalliy byudjetlarning o‘z daromad manbalari (soliqlari) ko‘payib
qolsa, umumdavlat soliqlaridan ajratma berishning hojati qolmaydi. Mahalliy
soliqlar va yig‘imlar mahalliy hukumatlar bajaradigan.
vazifalarga qarab
belgilanib, ularga doimiy va to‘liq biriktirib berilgan. Mahalliy hukumatlar asosan
ijtimoiy masalalarni, ya’ni maktab, sog‘liqni saqlash, madaniyat, maorif, shaharlar
va qishloqlar obodonchiligi kabi vazifalarni bajaradi. Qariyb aholini ijtimoiy
himoya qilish xarajatlarining 100 foizga yaqini mahalliy byudjetlar tomonidan
moliyalashtiriladi.
Qayd etish joizki, mahalliy soliqlar va yig‘imlar mahalliy
byudjetlarni talab etiladigan moliyaviy resurslarini asosan 30-40 foizga yaqinini
qoplaydi.
Keyingi vaqtlarda mahalliy byudjetlar daromad va xarajatlar salmog‘ini 50-60
foizga etkazish kabi
hukumat qarorlari mavjudki, bu ayni jamiyat va davlat
qurilishini erkinlashtirish kabi vazifaga monanddir
90
.Mahalliy byudjetlar
daromadlarini shakllantirishda tartibga soluvchi daromadlar ham muhim ahamiyat
kasb etadi. Shu munosabat bilan hozirgi paytda amaldagi tartibga muvofiq ravishda
Dostları ilə paylaş: