Toshkent moliya instituti rasulova d. V., Xotamov I., Asatullaev X. S. Biznesni tadqiq etish usullari


Firma faoliyati haqida axborotlar



Yüklə 1,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/80
tarix10.05.2023
ölçüsü1,97 Mb.
#110356
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   80
biznesni tadqiq etish usullari (2)

Firma faoliyati haqida axborotlar 
tovar va xizmatlar 
pul 
bozor va tashqi muhit haqida axborot 
 
5.2-rasm.Marketing aloqalari tizimi. 
Ushbu rasmda marketing aloqalari tizimdagi axborot oqimlari va omillarning 
o’zaroketma -ketligi va bog’liqligi ko’rsatilgan.
Marketing axboroti – bozorning o’zgaruvchan parametrlari xilma-xilligining 
aks etishi, u yechib olingan mavhumlikdir. 
Marketing axboroti korxona uchun zarur, chunki u:
- marketing muhitidagi o’zgarishlarni kuzatib borish imkonini beradi;

marketing 
strategiyasini 
va 
korxonaning 
umumiy 
strategiyasini 
moslashtirish imkonini beradi;
- tijorat qarorlari qabul qilishdagi mavhumlik va risklarni kamaytiradi;
- marketolog (bozorshunos)sezgirligini mustahkamllaydi; 
- raqobatda imtiyozlarga ega bo’lishga ko’maklashadi. Bozorning har qanday 
sub’ektiga bozorda yuzaga kelayotgan vaziyat to’g’risida aniq axborot zarur.
O’tgan asrning 90-yillaridayoq Amerika axborot industriyasida 4 mingga 
yaqin ma’lumotlar banki mavjud bo’lgan. Bunda marketing axborotini qayta 
ishlash bilan 1686 ta turli tashkilotlar shug’ullangan. 
Фирма 
бозор 


77 
Tashkilotlarda bozor holati to’g’risidagi axborotlarni mutazam yig’ib borish 
marketing bo’limining muhim vazifasi hisoblanadi. Marketing axborotiyig’iladi, 
tahlil qilinadi va marketing axboroti tizimi doirasida taqsimlanadi. 
Marketing axborot tizimi (MAT) – marketing qarorlarini tayyorlash qabul 
qilish uchun zarur bo’lgan ishonchli axborotlarni tayinlangan vaqtda tahlil qilish va 
taqsimlashga mo’ljallangan xodimlar, uskunava amallar jamlanmasidir. 
MAT marketing xizmati rahbarlari va mutaxassislari uchun zarur bo’lgan 
ichki va tashqi manbalardan olingan ma’lumotlar shaklini o’zgartiradi. Ichki 
axborot mahsulotga buyurtmalar, sotuv hajmi, jo’natilgan mahsulotlar, zahiralar 
miqdori, jo’natilgan mahsulot uchun amalga oshirilgan to’lovlar to’g’risidagi 
ma’lumotlarni o’z ichiga oladi. Tashqi manba ma’lumotlari joriy tashqi axborot 
(marketing razvedkasi) va marketing tadqiqotlari olib borish jarayonida olinadi.
Axborotning to’liqligi, haqqoniyligi, ishonchliligi, tizimliligi, o’z vaqtida 
taqdim etilganligi va davriyligiga nafaqat yangi mahsulot taqdiri, balki ba’zan 
firmaning taqdiri ham bog’liq bo’ladi.
Tashkilotlar atrofidagi o’zgarishlarning tezligi oshib borayotgan sharoitda 
raqobatda o’z ishini Bill Geyts “elektron asab tizimi” deb nomlagan eng yangi 
axborot texnologiyalari asosida tashkil qilganlar yutib chiqadilar. Quyidagi so’zlar 
unga tegishli: “Elektron asab tizimi” elektron jarayonlar majmuasidir. 
Uningyordamida kompaniya dunyoni ko’radi va mos ravishda undagi 
o’zgarishlarga javob qaytaradi, xoh u raqobatchilar qo’rg’onidagi yangi hodisa 
bo’lsin, xohmijozlarda yuzaga kelgan yangi talab bo’lsin. 
“Elektron asab tizimi”ni yaratish uchun qurilmalar va dasturiy ta’minot talab 
qilinadi.Oddiy kompyuter tarmog’idan uni aniqlik, tezkorlik va taklif qilinayotgan 
axborotning qamrov kengligi ajratib turadi. “Elektron asab tizimi” biznesni fikr 
tezligida yuritish imkonini beradi, bu esa XXI asrda muvaffaqiyat garovi 
hisoblanadi”. Zamonaviy iqtisodiyotda marketing tadqiqotlarining roli katta. 
Ularga qilinayotgan xarajatlar o’sib bormoqda va bu xarajalar o’zini oqlamoqda. 
Rivojlangan mamlakatlarda sotilgan mahsulotning har ming dollariga 6 dollardan 
to’g’ri keladi. 


78 

Yüklə 1,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin