Toshkent moliya instituti rasulova d. V., Xotamov I., Asatullaev X. S. Biznesni tadqiq etish usullari


 Biznesda axborot turlari va ularni turkumlash



Yüklə 1,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/80
tarix10.05.2023
ölçüsü1,97 Mb.
#110356
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   80
biznesni tadqiq etish usullari (2)

5.2. Biznesda axborot turlari va ularni turkumlash 
Marketing tadqiqotlarini muvaffaqiyatli olib borish uchun birlamchi va 
ikkilamchi marketing axborotlarining optimal mosligi talab qilinadi. Marketolog 
tadqiqotchi X.Meffert axborot manbalarini tanlash matritsasini taklif etdi. Bu 
matritsada ichki va tashqi axborotlarni tadqiqot obyektiga qarab qo’llanish 
chastotasi berilgan va ular ikki turga bo’linadi: 

birlamchi axborotlar 

ikkilamchi axborotlar. 
Iqtisodiy amaliyotda qo’llaniladigan marketing axboroti quyidagi mezonlar 
bo’yicha tasniflanishi mumkin. 
Ikkilamchi axborot – bu tadqiq etilayotgan muammo bilan bog’liq bo’lmagan, 
avval boshqa maqsadlarda to’plangan ma’lumotlar. Uni kabinet tadqiqotlari deb 
nomlangan ichki va tashqi manbalardan olinadi. Ikkilamchi axborotlar ichki 
manbalar bo’lib, bu mavjud axborotlar bo’lib, ular firma faoliyatiga tegishli 
statistik ma’lumotlar, tovar aylanmasi, sotuv hajmi, import, eksport hajmi
reklamaga xarajatlar, ishlab chiqarish hajmi,moddiy-texnika bazasi quvvati, asosiy 
fondlar, byudjet hisobotlari, tashkilotning savdo xodimlari yuborgan ma’lumotlar, 
iste’molchilar reklamatsiyalari sharxi, ishlab chiqarish rejalari va boshqalar xizmat 
qiladi. Bu axborotlar ichki ikkilamchi axborotlarga kiradi. 
Tashqi ikkilamchi axborotlar esa quyidagitashqi manbalardanolinadi: 
xalqaro tashkilotlar, hukumatlar, rasmiy statistika, maxsus adabiyotlar
ommaviy axborot vositalari, ilmiy tadqiqotlar, davriy matbuot, milliyva 
xalqarorasmiy nashr manbalari (jurnallar, statistik to’plamlar, byulletenlar, 
Davlatorganlari nashrlari, vazirliklar yillik hisobotlari, hokimiyat va boshqa 
ma’muriy organlarning rasmiy ma’lumotlari, savdo-sanoat palatasi nashrlari va 
statistik ma’lumotlari,yillik statistik to’plamlar, tarmoqfirmalariva qo’shma 
korxonalar axborotlari, maxsus kitoblar, jurnal va gazeta ma’lumotlari, ilmiy-
tadqiqot institutlari, loyiha institutlari xalqaro simpoziumlar materiallari asosidagi 
nashrlar, narxlar ro’yxati (price list), kataloglar va bukletlar, internet resurslarining 
mazmuni tahlilidan olingan va h.k. ma’lumotlar hisoblanadi. 


79 
Tashqi axborotlarni rasmiy chop etilgan, barcha foydalanishi mumkin bo’lgan 
va sindikativ ma’lumotlar deb ataluvchi keng omma foydalana olmaydigan va 
ayrim tashkilotlar tomonidan chop etiladigan turlarga bo’lish mumkin. Bunday 
axborot pulga sotib olinadi. Masalan, axborot-maslahat tashkiloti har oyda ma’lum 
bir tarmoq mahsuloti uchun bozor holatini baholab beradi. Bu axborotlarning 
qanchalik muhim ekanligini to’g’ri tanlash, turli maqsadga yo’naltirilgan 
axborotlar aniq bir masalani hal etishga xizmat qilsa va undan kutilgan maqsadga 
erishilsa tegishli axborotni olish lozim. Ikkilamchi axborot afzalliklariga 
materiallarga tez va oson erishish, ularning nisbatan arzonligi, bir necha axborot 
manbalaridan birini tanlash imkoniyatini kiritish mumkin. Ammo ikkilamchi 
axborotlar kamchiliklarini ham aytib o’tish lozim: ular eskirib qolgan, yetarli 
darajada ishonchli va to’liq bo’lmasligi mumkin. 
Ikkilamchi tadqiqotlarning afzalliklari quyidagilardan iborat. 
- birlamchi axborotlarni dala tadqiqotlari o’tkazib yig’ishga qaraganda kabinet 
tadqiqotlari uchun sarf- xarajatlar ko’p marta kam. 
- ikkilamchi tadqiqotlar ko’pincha firmani ichki holatini tadqiq qilish uchun 
zarur bo’lib, bu holda birlamchi axborotlarga ehtiyoj bo’lmaydi. 
-Birlamchi tadqiqotda echilmagan masalalar va bevosita firma faoliyatiga 
tegishlixulosalar kabinet tadqiqotlari bilan amalga oshiriladi. 
Agar ikkilamchi axborotning tahlili uning yetarli emasligidan guvohlik bersa, 
birlamchi axborotlarni yig’ish to’g’risida qaror qabul qilinadi. Tajriba ko’pchilik 
marketing tadqiqotlari birlamchi ma’lumotlarni izlash bilan olib borilishini 
ko’rsatadi. 
Birlamchi axborot – bu aniq bir marketing muammosini hal qilish uchun 
maxsus olingan ma’lumotlar hisoblanadi.

Yüklə 1,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin