44
2.2. “O’zbekiston Resbublikasi Tijorat Banklari zamonaviy xizmatlarini
shakillantirish va rivojlantirish masalalari” mavzusini o’qitishda tadqiqot
metodini qullash va uni uziga xos xususiyatlari
Zamonaviy ta’lim tizimining jamiyat hayotidagi o’rni tobora ortib
bormoqda, bu esa ta’lim tizimi oldiga yangidan-yangi vazifalarni qo’ymoqda.
Bugungi kunda ta’lim tizimi oldida turgan asosiy vazifalardan biri ta’lim
oluvchilarning ijodiy qobiliyatlarini imkon boricha rivojlantirish va komil shaxsni
shakllantirishdir. Bunday natijaga erishish uchun ta’lim tizimini samaradorligini
oshirish talab etiladi. Ta’lim tizimini samaradorligini oshirish albatta ta’lim
tizimiga innovastiyalarni joriy etish asosida amalga oshiriladi. Demak, bugungi
kunda ta’lim tizimida innovastion jarayonlarni ishlab chiqish va amaliyotga joriy
etish mexanizmlarni nazariy va amaliy jihatdan chuqur o’rganish lozim. Agar ilgari
ta’lim tizimining asosiy maqsadi ta’lim oluvchilarda bilim, malaka va
ko’nikmalarni shakllantirish, ijtimoiy xususiyatlarni tarbiyalash asosida shaxsni
hayotga tayyorlash bo’lgan bo’lsa, bugungi kunda ta’lim tizimining asosiy maqsadi
shaxsiy va ijtimoiy extiyojlarni uyғunligini ta’minlash darajasiga erishish va
shaxsni o’z-o’zini tarbiyalash, o’z shaxsini mustaqil takomillashtirish, individual
qobiliyatlarini ro’yobga chiqarish mexanizmlarini ishga solish asosida jamiyat
taraqqiyotiga xissa qo’shishini ta’minlashdir. Bunday natijaga erishish uchun
ta’lim tizimiga innovastiyalarni joriy etish lozim.
Interaktiv metodika o’zaro hamkorlikning nihoyatda ko’p usul va turlarini
qamrab oladi. Lekin metodik usul qanday bo’lishidan qat’iy nazar, o’quvchi
talabalarning tajribalari asosiy ta’lim manbai hisoblanadi. Hamkorlik asosida
amalga oshirilayotgan metodlarning asosiy xususiyati shundaki, unda o’quvchi,
talaba o’zi uchun nimanidir kashf qiladi.
Interaktiv metodlar «o’qishga va uqishga» o’rgatadi. U o’quvchi-talabalarning
nihoyatda katta intellektual potensialidan foydalanish imkonini beradi, ularni
o’quv jarayonida faol qatnashishlarini ta’minlaydi. O’quv jarayonida nafaqat
hamkorlik, balki musobaqa, bellashuv elementlarini ham qo’llash imkonini beradi.
45
Iqtisodiyotni o‘rganishda tadqiqot metodini qo‘llash talabalarning puxta
bilim olishlariga katta yordam beradi. Sababi, iqtisodiyot doimo kishilarni oldiga
tanlov muammosini qo‘yadi, chunki resurslar cheklangan, ularni bir maqsaddagina
ishlatish mumkin, uni ikkinchi maqsadda ishlatib bo‘lmaydi. Masalan, yerga uy
qurilsa, endi u yerga ekin ekib yoki yo‘l qurib bo‘lmaydi. Resurslarning
cheklanganligi tanlov bilan bog‘liq holda ulardan samarali foydalanish yo‘llarini
qidirishga majbur qiladi. Buni biz tadqiqot orqali amalga oshiramiz. Tadqiqot
nafaqat ilmiy bilishning balki bilim olishning ham alohida ahamiyatga ega
metodidir.
Dostları ilə paylaş: