To’rtinchidan, elektron tijorat rivojlanishi bilan jismoniy shaxslarga internet
orqali bank xizmati ko’rsatish zarurligi. Elektron tijorat rivojlanishi internet orqali
mahsulot xarid qilinganida haq to’lash mexanizmlarini ishlab chiqishga sabab
bo’ldi. Dastlab, internet orqali tovar va xizmatlar haqini to’lash uchun kredit va
debet kartochkalaridan foydalanildi (kartochkaning rekvizitlari buyurtma bilan
birga sotuvchiga jo’natiladi). 90-yillarning o’rtalaridan boshlab, to’lovlarni amalga
oshirish uchun internetda internet-bank turidagi tizimlardan foydalanila boshlandi.
Biroq, bank xizmatlarini ko’rsatish shakllarigina o’zgarib qolmasdan, internet
tarmog’ida elektron tijoratning rivojlanishi, hatto, pul mablag’larining
evolyustiyasiga ham ta’sir etdi – cheklar va banknotlarning o’xshashi bo’lgan
«elektron pullar» (E-money) paydo bo’ldi. Yuqorida sanab o’tilgan dalillarning
hammasi internet orqali bank mahsulotlari va xizmatlarini taqdim qilish yo’li
onlayn rejimida amal qilayotgan boshqa yo’llarga qaraganda g’oyat istiqbolli
deyish imkonini beradi. Global tarmoqda bank operastiyalari hajmlarining
ko’payishida internet orqali ko’rsatiladigan aloqa xizmatlari bahosining arzonligi
muhim rol o’ynamoqda, u an’anaviy kanallardan (Teleks, SVIFT, o’xshash
ixtisoslashgan telekommunikastiya tarmoqlari va boshqalar) foydalanishga
qaraganda ancha arzon. Internet eng arzon aloqa kanallaridan biri bo’lganligidan,
undan foydalanish bank ancha qimmat aloqa kanallarini ishlatayotgan barcha
hollarda maqsadga muvofiqdir. Xususan, banklar internetdan internet-bank
tizimlari faoliyati uchun ham, ichki ehtiyojlar uchun ham foydalanishi mumkin.
Masofadan bank xizmati ko’rsatish doirasida internet-bank va mijoz-bank tizimlari
38
orqali onlayn rejimida taklif qilinayotgan qulay bank xizmatlari va mahsulotlari
ro’yxati ancha xilma-xil . Deyarli barcha banklarda mijozga joriy hisobvaraqning
holatini tekshirish, pul jo’natmalarini amalga oshirish, elektron hisobvaraqlar
bo’yicha pul to’lash imkoniyati beriladi. Murakkabroq tizimlar mijozlarga kredit
(ssuda) olish uchun buyurtma tuzish, o’z hisobvaraqlariga doir axborotni o’z
kompyuteriga kiritish, qo’shimcha bank kartochkasi chiqarishning tashabbuskori
bo’lish yoki muddatli depozit ochish imkonini beradi. Ushbu xizmatdan
foydalanish qulayligi mijoz uchun ham, bankning o’zi uchun ham shubhasizdir:
- bank mijozi hisobvaraqlar, shu jumladan kommunal xisobvaraqlar bo’yicha o’zi
uchun qulay bo’lgan har qanday paytda pul to’lashi va jarima, penyalardan holi
bo’lishi mumkin;
- odatda, kommunal xizmatlar haqi internet-bank va mijoz-bank tizimlari
yordamida to’langanida, mijozga to’lov summasining 1 foizidan 5 foizigacha
miqdorda kichikroq diskont beriladi. Bunda bank hujjatlar aylanishi va o’z
xodimlarining vaqtidan tejalgan mablag’lar hisobidan vositachilik xaqini to’laydi;
- rivojlanib borayotgan bank uchun bu xizmat, hatto, keng filiallar tarmog’ini
yaratmasdan turib, mijoz topshirig’iga muvofiq operastiyalarni
amalga oshirish va shu yo’l bilan mijozlar bazasini ham, ko’rsatiladigan xizmatlar
ro’yxatini ham kengaytirish imkonini beradi.
Bunday xizmat bank mijozlariga hisobvaraqdagi vaqtincha bo’sh turgan
mablag’larni tezkor ravishda investistiyalashgina emas, balki kapitalning o’sish
jarayonini ko’rish imkonini ham beradi. Chunki ba’zi tizimlarda omonatga
qo’yilgan mablag’lardan har kuni olingan daromadni hisoblaydigan maydon bor.
Bu mijozning bankka ishonchini bilvosita oshirishi mumkin.
Prezidentimiz Islom Karimovning 2010 yil 19 aprelda qabul qilingan “Bank
plastik kartochkalaridan foydalangan holda hisob-kitob tizimini rivojlantirishni
rag‘batlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida
belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan Namangan viloyatida ham
muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. Hisob-kitoblarni plastik kartochkalar orqali
amalga oshirish tizimi va undan foydalanish ko‘lamining kengayishi aholiga
39
qo‘shimcha qulayliklar yaratmoqda. Ayni paytda viloyat bo‘yicha muomaladagi
plastik kartochkalar soni ko‘paymoqda, qishloqlarda plastik kartochka orqali
hisob-kitob qilish uchun zarur sharoit yaratilayotir. Aholining ushbu to‘lov
vositasiga bo‘lgan qiziqishi va ishonchi ortmoqda. Resublika buyicha ma’lumot
oladigan bulsak faqatgina Farg’ona viloyatining uzida banklar tomonidan joriy yil
yakuniga qadar olib kelinishi rejalashtirilgan 6 ming 560 to‘lov terminali va 620
ming 535 dona plastik kartochkalarning yarmidan ko‘prog‘i joylarga yetkazib
berilgan. Bugungi kunda muomalaga chiqarilgan plastik kartochkalar 382 ming 48
taga yetib, yil boshiga nisbatan 63 ming 416 taga ko‘paygan. Joylarda o‘rnatilgan
terminallar soni 3 ming 387 tani tashkil etilgan.Terminallar savdo shoxobchalari,
bank filiali va jamg‘arma kassalari hamda mini-banklarda o‘rnatilgan. Ayni paytda
turg‘un savdo tashkilotlari,avtomobillarga yoqilg‘i quyish hamda boshqa pullik
xizmat ko‘rsatish shoxobchalarida ham bank terminallari ishlamoqda. Viloyat
bo‘yicha terminallar bilan jihozlanishi shart bo‘lgan subyektlarning 67 foizida bu
ish amalga oshirilgan. Yil oxiriga qadar ushbu ko‘rsatkichni yuz foizga yetkazish
choralari ko‘rilmoqda. Hisob-kitoblarga ko‘ra, joriy yilning birinchi avgustiga
qadar viloyatdagi banklar tomonidan muomalaga chiqarilgan plastik kartochkalar
hisobraqamlariga 190 milliard so‘mdan ziyod pul o‘tkazilgan va bu yil boshiga
nisbatan 56,3 milliard so‘mga oshgan. Plastik kartochkalardan foydalanishda
aholiga qulaylik yaratish maqsadida bank bo‘limlarida 6 bankomat, 4 infokiosk va
160 kartrider o‘rnatilgan. Shuningdek, plastik kartochkalar bo‘yicha fuqarolardan
tushayotgan murojaatlar bilan ishlash, ularning monitoringini olib borish
maqsadida Plastik kartochkalar tizimini monitoring va tahlil qilish bo‘limi tashkil
etildi.Prezidentimiz qaroriga asosan belgilangan tartibda tegishli savdo va xizmat
ko‘rsatish, ishlab chiqarish korxonalariga soliq va bojxona to‘lovlarini to‘lashda
berilgan imtiyozlarning amal qilish muddati 2012 yilning 1 yanvarigacha
uzaytirildi. Bank plastik kartochkalaridan to‘lovlar qabul qilish bo‘yicha hisob-
kitob terminallari bilan jihozlanishi shart bo‘lgan chakana savdo hamda xizmat
ko‘rsatish sohasi obyektlari ro‘yxati kengaytirildi. Bu plastik kartochka orqali
hisob-kitoblarni amalga oshirishda qo‘shimcha qulayliklar yaratmoqda. Olib
40
borilayotgan bu kabi chora-tadbirlar aholiga qo‘shimcha qulayliklar yaratib,
joylarda savdo va xizmat ko‘rsatish madaniyatining oshishiga, hisob-kitoblarni tez
va aniq amalga oshirilishiga xizmat qilmoqda. Plastik kartochka – bu
umumlashtirilgan termin bo’lib, u hamma tur kartochkalarni bajaradigan
funkciyalari,
ularning
biror-bir
belgilanishi,
tehnik
imkoniyatlarini
umumlashtirilgan holatdir. Xamma turdagi kartochkalarning asosii hususiyatlari
shundaki, bunda alohida axborot jamlanmasi va alohida erdamchi dasturlardan
foidalanadi. Shundai qilib, plastik kartochka - bu shahsii to’lov vositasi bo’lib, uni
kartochkadan foidalanuvchi shahs mahsulot va hizmatlar uchun naqd pulsiz
to’lovni amalga oshirishi uchun taqdim etadi, shuningdek banklar va
bankomatlardan naqd mablag’larni olish uchun ishlatiladi. To’lov kartochkalari
ishlatilishi vaqtida yuzaga keluvchi to’lov majburiyatlarini bajarilishini
kartochkani chiqargan bank emitent kafolatlanadi. Shuning uchun kartochkalar
o’zining amal qilish muddati davomida bankning mulki bo’lib qoladi, mijozlar uni
faqatgina foidalanishuchun oladilar . Kartochkani mijozga berilishi vaqtida uning
shahsiilashtirilishi amalga oshiriladi unga ma'lumotlar kiritiladi. Bu ma'lumotlar
kartochkani va uning egasini identifikaciya qiladi, shuningdek to’lov va naqd pul
berilishi vaqtida kartochkalar to’lovga laeqatliligini tekshirishga erdam beradi .
Kartochkadan foidalanish jarayonida sotuvning tasdiqlanishi va kartochka bo’yicha
naqd pul berilishi avtorizaciya deiiladi. Avtorizaciyani amalga oshirish uchun
hizmat ko’rsatuvchi nuqtalar to’lov tizimiga kartochka egasining huquqlari va
moliyavii imkoniyatlarini tasdiqlash uchun so’rov yuboradi. Avtorizasiyaning
o’tkazilishi to’lov tizimiga kartochka turiga va hizmat nuqtasining tehnik
jihozlanishiga bog’liq. Odatda avtorizaciya qo’lda bajariladi. Bunda sotuvchi eki
kassir telefon orqali operatorga so’rov yuboradi eki avtomat tarzda kartochka POS
- terminalga o’rnatiladi. Ma'lumotlar kartochkadan hisoblanib kassir tomonidan
to’lov summasi kiritiladi. Kartochka egasi tomonidan esa mahsus klaviatura orqali
mahfiy pin kod (PIN personal'nyi identifikacionnyi nomer) kiritiladi. Bundan so’ng
terminal avtorizaciyani e to’lov tizimining ma'lumotlar bazasi bilan ulangan holda
(on – line rejimi) eki kartochkaning o’zi bilan qo’shimcha ma'lumot almashinish
41
(of - line rejimi) bilan amalga oshiradi. Xisob-kitob vaqtida kartochka egasi bir
qancha limitlar bilan chegaralanadi. Misol uchun, debet kartochka egasi o’z
schetiga oldindan mablag’ kiritishi lozim. Mablag’lar hisobiga karab kartochka
egasining limiti aniqlanadi. Ya'ni mijoz o’z kartochkasidagi mablag’lar
chegarasida harakat qilishi lozim va hisobidagi mablag’larni to’ldirib turishi
mumkin. To’lovning ta'minlanishi uchun kartochka egasi oldindan o’z hisobiga
mablag’ kiritmasdan, kredit olishi mumkin. Kredit kartochkani chiqargan bank
emitentdan oladi. Bundai kartochka kredit kartochkasi deb ataladi. Bu holda limit
taqdim etilgan kreditning summasiga bog’liq bo’ladi. Kredit bir martalik eki qaita
tiklanadigan bo’ladi. Kreditni qaita tiklash qarzdorlik summasini hammasini eki
uning ma'lum bir qismini to’lagandan so’ng amalga oshiriladi.Bu ikkala kartochka
ham o’z navbatida korporativ kartochka bo’lishi mumkin. Korporativ kartochkalar
kompaniya tomonidan o’z ishchilariga komandirovka va ish safarlari harajatlarini
qoplash uchun taqdim etiladi. Oilavii kartochkalar - bunda kartochka bilan
foidalanish huquqi kartochka egasining oila a'zolariga ham taqdim etiladi. Bunda
har bir oila a'zosiga alohida kartochka taqdim etiladi . Kartochkani chiqaruvchi
bank emitent deb ataladi. Emitent bank kartochkaning chiqarilishi, uning to’lov
vositasi sifatida ishlatilishi bilan bog’liq moliyavii majburiyatlarining bajarilishini
kafolatlanadi. Lekin savdo va hizmat ko’rsatish korhonalari tomonidan qabul
qilinishini ta'minlamaidi. Bu masalalarni bank ekvayer bajaradi va savdo nuqtalari
bilan kartochka o’rtasidagi amalga oshiriladigan operaciyalarni bajaradi.
Avtorizaciya uchun talablarni ko’rib chiqadi. Savdo nuqtalari hisob-kitob schetiga
tovar va hizmatlar uchun to’lovlarni o’tkazib beradi, hujjatlarni qabul qilish,
ajratish va yuborish bilan shug’ullanadi. Bundan tashqari, bank ekvaier o’zida va
o’z bo’limlarida o’rnatilgan bankomatlar orqali naqd pul berilishini amalga
oshiradi. Shuningdek processing markazlari bank emitentlarning boshqa yangi
kartochkalariga bo’lgan talabini qondirishi mumkin. Shuni ta'kidlash kerakki,
rivojlangan to’lov tizimi bir qancha processing markazlariga ega bo’lishi mumkin
ularning rolini bank ekvaierlar ham bajarishi mumkin. Kommunikasiya markazlari
to’lov tizimi sub'ektlariga ma'lumotlarni tarqatuvchi tarmoq dasturni ta'minlaidi.
42
O’zsanoatqurilishbanki respublikaning yirik universial banklaridan biri bo’lib,
naqd pulsiz shaklda ko’rsatiladigan xizmatlar ko’lamini faol kengaytirmoqda.
Bank zamonaviy moliya xizmati turi – VISA xalqaro plastik kartochkasi bo’yicha
xizmatni taklif etadi. Jismoniy shaxslar uchun O’zsanoatqurilishbanki tomonidan
VISA Classic va VISA Electron kartochkalari chiqarilmoqda. Bu kartochkalar
to’lovlarni keng ko’lamda amalga oshirish imkonini beradi va butun dunyoda
xizmat ko’rsatiladi. O’zsanoatqurilishbankining chipli VISA Classic kartochkalari
egalari milliy valyuta ham, AQSh dollarida ham hisob-raqam ochish imkoniga ega.
Bu esa plastik kartochkalardan O’zbekiston Respublikasi hududida va xorijda
barcha xizmat ko’rsatish joylarida foydalanish imkonini beradi. Visa Electron
kartasi – foydalanishdagi oddiyligi va qulayligi tufayli plastik kartochkalardan
foydalanish borasida tajribasi yo’q shaxslar, shu jumladan cheklangan yoki
no’linchi bank tarixiga ega mijozlarga mos keladi. Ushbu turdagi kartalarni
ommalashtirish dasturlari fuqarolarning muayyan ijtimoiy toifalari, masalan ish
haqi loyihalari, yoshlar va talabalar uchun mo’ljallangan. Barcha savdo
operatsiyalari bank-emitentning elektron tasdig’idan o’tadi va emitent karta egasi
hisob-raqamida etarlicha mablag’ borligini tasdiqlaydi. Visa Classic kartasi-
universial to’lov vositasi bo’lib, dunyoning Visa logotipi bilan belgilangan istalgan
joyida – bankomatlar, real va virtual do’konlar, shuningdek, pochta va telefon
orqali tovarlar hamda xizmatlarni taklif etadigan do’konlarda qabul qilinadi. Bu
karta bank kartalaridan foydalanish tajribasiga ega bo’lganlar uchun mo’ljallangan.
Shuningdek, undan o’rta daromadli iste'molchilar o’rtasida ommalashgan, negaki
qulaylik,
tanlov
va
moliyaviy
moslashuvchanlikni
kafolatlaydi.O’zsanoatqurilishbanki tomonidan taklif etayotgan VISA xalqaro
plastik kartochkalari asosidagi to’lov tizimi zamonaviy, qulay va ishonchli hisob-
kitob turi hisoblanadi. Chunki, mijozlar do’konlar va servis xizmat ko’rsatish
korxonalariga borganda o’zi bilan katta miqdorda naqd pul olib yurishi shart emas.
Mijoz plastik kartochkasi orqali bankka bormasdan o’z hisob-raqamini
boshqarishi, tovarlar, kommunal xizmatlar, jarimalar va boshqa to’lovlar uchun
naqd pulsiz to’lovlarni amalga oshirishi, bank filiallari va bankomatlardan naqd
43
pul olishi mumkin. Shu maqsadda bankda ma'qul va qulay xizmat ko’rsatish
tariflari ishlab chiqilib, joriy etildi.VISA so’mli plastik kartochkasining asosiy
afzalliklari quyidagilar: Mijozning xohishiga ko’ra, so’mli bank hisob-raqami
ochiladi va agar u VISA Electron kartasi bo’lsa, har kuni hisob-kitoblardan kelib
chiqib, yillik 7 % , VISA Classic kartasi bo’lsa, yillik 7 % qo’shib yoziladi va
kapitallashtiriladi. Mijozlar valyuta bank hisob-raqamini ham ochishi mumkin va
unga har kuni hisob-kitoblardan kelib chiqib, yillik 1 % qo’shib yoziladi. Mijoz
omonatga o’zi uchun qulay vaqtda qo’shimcha pul to’lashi va naqd pul olishi
mumkin.Naqd pullar xavfsizligi va saqlanishi kafolatiga rioya etiladi.Yuqori foiz
stavkasi pul mablag’larini jamg’arishga qiziqishni rag’batlantiradi.Xorijga
chiqishda kartadagi mablag’lar deklaratsiya qilinmaydi.Plastik kartochka orqali
bankning barcha filiallarida kommunal va boshqa to’lovlarni naqd pulsiz to’lash
mumkin.
Plastik kartochka hisob-raqamiga belgilangan tartibda ish haqi va unga
tenglashtirilgan boshqa mablag’larni o’tkazish mumkin. Kartasi egasi «SMS –
banking» xizmati orqali kartochkadagi hisob-raqamini nazorat qilish imkoniga ega.
Bank mijozning kartochka hisob-raqamidagi mablag’lari va qo’shib yozilgan
foizlari to’g’risidagi ma'lumotlar maxfiyligini kafolatlaydi.Plastik kartochka
mijozlarga 6 yil muddatga foydalanish uchun beriladi.
.
Dostları ilə paylaş: |