Til va nutq markazida: Bolalarga “Kim o‘zining kasbi haqida yaxshi so‘zlaydi” suhbat, “Teskarisini ayt”AKT orqali slayd namoyishi kabi mavzular va resurslar asosida ertak, xikoyalar tuzish mavzuli rasmlar asosida o‘rgatildi.
Fan va tabiat markazida:Resurslardan foydalangan holda ushbu markazda“Suv xususiyatlari”, Oymomo pechenyasini tayyorlash, mavzulari bo‘yicha bolalarga ularning xususiyatlari va ular xaqida tushunchalar berildi.
San’at markazida: Ushbu markazda bolalarga“Mening qaxramonim” mavzusida rasm chizish, “Ish quroli” loydan yasash jamoaviy ish, aplikatsiya ishi rangli qog‘oz, rangli bo‘yoqlar,elim,qaychi, maxsus xamir resurslardan foydalanib mavzular asosida faoliyatlar olib borildi.
Ushbu oy davomida ota-onalarga tavsiyalar o‘z vaqtida berib borildi.Musiqa rahbari, jismoniy tarbiya yo‘riqchisi tomonidan har kuni badan tarbiya mashqlari taqdim etildi.Bolalarni qilgan ishlari uchun ularni rag‘batlantirib borildi.
Dostları ilə paylaş: |