Ikkinchi kichik guruh
Kichik gruppada bolalarning ertalab, kunduzi, kechqurun va kechasi vaqt oraliqlari haqidagi tasavvuri aniqlanadi. Sutka qismlarini kichkintoylar o‘z faoliyatlari mazmunining o‘zgarishiga hamda shu vaqt oralig‘ida o‘z atroflarida bo‘lgan katta yoshli kishilar faoliyatiga qarab farq qiladilar.
Avval kundalik tartib, bolalarning uyqudan turish, ertalabki gimnastika, nonushta, mashg‘ulot vaqtlari qat’iy belgilab qo‘yilganligi va sutkaning bo‘laklari haqida tasavvur hosil qilish uchun real sharoitlar yaratadi.
Pedagog vaqt bo‘lagining nomini aytadi va bolalarning shu vaqtta mos bo‘lgan faoliyat turlarini sanab chiqadi. “Hozir ertalab, biz gimnastika qildik, yuvindik, endi esa nonushta qilamiz yoki allaqachon nonushta qilib bo‘ldik, shug‘ullanib ham bo‘ldik. Hozir kunduz kun. Tez orada tushki ovqatni yeymiz”.
Bolalar asta sekin erta bilan, kunduzi, kechqurun, kechasi so‘zlarining aniq mazmunini tushinib oladilar, ularga emotsional rang beradilar. Bolalar o‘z nutqlarida ulardan foydalana boshlaydilar.
Dostları ilə paylaş: |