Turlar didaktik o'yinlar



Yüklə 265,44 Kb.
səhifə23/23
tarix09.01.2022
ölçüsü265,44 Kb.
#51139
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
1543673112 72943

O‘rta guruh

Kichik gruppa singari bu gruppada ham vaqtni bilish bolalarni asosan, kundalik hayotida o‘stirib boriladi muhimi bu o‘rgatishining puxta hissiyot asosida amalga oshirilishidir.

Pedagog sutka qismlarining nomini bolalar va ularga yaqin katta yoshli kishilarning ertalab, kunduzi, kechqurun, kechasi nima qilishlari bilan bog‘liq, bolalarning sutka qismlari haqidagi tasavvurlarini aniqladi.

Katta guruh

O‘quv yilining boshida katta gruppa bolalarida ertalab, kunduzi, kechqurun va kechasi kabi vaqt qismlari haqida tasavvurlar mustahkamlanib vaqt bolalar faoliyatining konkret mazmuni va ular atrofidagi kattalar bilangina emas, balki vaqtning obyektivrok ko‘rsatkichlari — tabiat hodisalari (quyosh chiqishi) bilan bog‘laydilar.

«Kecha», «bugun», «ertaga» kabi vaqt belgilarining o‘zgaruvchanligi va nisbiyligi bolalarining ularni o‘zlashtirishlarida qiyinchilik tug‘diradi. Besh yoshli bolalar bu so‘zlarni yanglishtiradilar. Pedagog muayyan so‘zlarning mazmun ahamiyatini ochib berish uchun bolalarga quyidagi savollarni beradi: «Biz siz bilan kecha qayerda bo‘ldik?», «Parkka qachon borgan edik?».

Endilikda bolalar har kuni ertalab hafta kunlarining nomini shuningdek, kecha haftaning qaysi kuni ertaga qaysi kuni ekanligini aytadilar.



Matematika mashg‘ulotlarida vaqti-vaqti bilan bolalarga hafta kunlarini tartibi bilan aytish taklif etiladi. Aytilgan kundan oldin va keyinqanday kun kelishini aytish. Pedagog «Qaysi kunlari rasm chizish mashg‘ulotimiz bor? Musiqa mashg‘uloti-chi? deb savollarni almashtirib turadi. Bolalar tartib bilan sanashni, hafta kunlarini tartib bilan aytishni o‘rganib olganlaridan keyin kunni tartib nomeri bilan bog‘laydilar. Hafta kunlarining izchilligi haqidagi bilimlarni mustahkamlash uchun “Hafta kunlari” so‘zli didaktik o‘yindan foydalanish mumkin.

Hafta kunlarining alamashinishini kuzatib borish bolalarda takrorli vaqtning o‘zgaruvchanligi haqida tushuncha hosil bo‘lishiga uning ketidan hafta kelishini ochib berishga imkon yaratadi.
Yüklə 265,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin