Mutlaq–bevosita, chegarasiz, nisbatsiz, eng yuksak.
Absolyutnost
The absoluteness
Mutlaq (yokiabsolyut) haqiqat (lot. absolutus – mutlaq) – ob’ektiv voqelik haqidagi to‘liq, har tomonlama, o‘zgarmas haqiqiy bilim.
Absolyutnaya istina
Absolute truth
Mo‘tadillik (arab.qaddi-qomati kelishganlik, rasolik; mutanosiblik; o‘rtamiyonalik) – o‘rtacha, hammaga ma’qul holatni anglatadi. Mo‘’tadillik insonga xos bo‘lgan insof, diyonat kabi fazilat. Mo‘’tadillik vijdonli odamning, jamoaning jamiyatga yoki boshqa kishilarga nisbatan o‘z xulq-atvori uchun ma’naviy javobgarlik hissi hamdir.
Umerennost
Moderation
Naturfalsafa (nem.naturphilosophie) – tabiat falsafasi, olamning kelib chiqishi va tuzilishi haqidagi falsafiy g‘oyalar majmui.
Nigilizm (lot. nihil – hech narsa) – insonning jamiyat axloqiy qadriyatlariga munosabatini anglatuvchi tamoyil bo‘lib, u barcha uchun umumiy bo‘lgan axloqiy qoidalarni, tamoyil va ideallarniinkor etishga, har qanday ijtimoiy avtoritetlarni tan olmaslikka asoslanadi.
Nigilizm
Nihilism
Nominalizm – umumiylik faqat aql, tafakkurdagina bo‘lishi, mustaqil mavjud bo‘la olmasligi; faqat individual, alohida narsalargina real mavjud bo‘lishi haqidagi falsafiy nuqtai nazar.