Turon xalqaro universiteti



Yüklə 450,97 Kb.
səhifə56/134
tarix03.12.2023
ölçüsü450,97 Kb.
#172093
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   134
O\'quv qo\'llanma, sirtqi, 2023-2024.

Adventistlar harakati. Adventistlar harakati lotincha - kelish) Amerikada XIX asrning 30 yillari og‘ir iqtisodiy buhron krizis), umumiy ishsizlik davrida vujudga keldi. Uning asoschisi Vilyam Miller 1782-1849). Adventistlar bir necha mustaqil cherkovlarga bo‘lingan bo‘lib, ularning eng kattasi “Ettinchi kun adventistlari”. Ularning asosiy g‘oyasi Isoning ikkinchi bor yerga tushishi va insoniyatni xalos etib, shayton va uning tarafdorlarini bilan urushib, ularni mutlaq yakson qilishidir. Ular kishilarni Isoni kutib olish uchun yaxshi axloqli bo‘lishga chaqiradi. Adventistlar dindorlardan o‘z mablag‘laridan o‘ndan birini cherkov hisobiga o‘tkazishlarini va tinmasdan targ‘ibot ishlarini olib borishlarini talab qiladi. Iso payg‘ambarning ikkinchi marta yerga qaytishi haqidagi bashorat najot yo‘li deb hisoblanadi.
Hozirgi paytda g‘arbiy hamda sharqiy cherkovlarning rahbarlari ko‘p asrli ixtiloflarning ayanchli oqibatlarini bartaraf qilishga intilmoqdalar. Masalan, 1964 yili Rim papasi Pavel VI va Konstantinopol patriarxi Afinagor ikkala cherkov vakillarining XI asrda aytgan o‘zaro qasamyodlarini tarqoqligini bartaraf qilish uchun birinchi qadam qo‘yildi.
PAVLUSNING TARJIMAI HOLI
Masihiylikda Pavlus Pavel ismli shaxs katta o‘rin tutgan. Masihiylikdagi e’tiqod va amallar, diniy manbalardan ko‘plari unga nisbat beriladiki, hech kim bu borada undan o‘zib ketmaydi. U o‘zining serharakatliligi, tinib-tinchimasligi va Mag‘ribu Mashriq uzra jahongashtaligi bilan biror joyda muqim turmas, doimo bir joydan ikkinchi joyga o‘tib yurardi va masihiylikning eng ashaddiy dav’atchisi hisoblanar edi. Masihiylar u tutgan yo‘ldan ta’sirlanganlar va uning xabarlari hamda so‘zlarini o‘zi bitib tartiblagan maktublar orqali yoki o‘zi bitmasa ham ko‘pchilikka qilgan ma’ruzalarini naql qilib keltirilgan xabarlar orqali o‘rganganlar.
Masihiylar Pavelning yo‘rig‘idan yurishdi, uning masalasiga ergashishdi va uni o‘zlariga birinchi namunaviy ideal) shaxs deb bilishdi. Shunday ekan, biz uning avvalgi masihiylikdagi o‘rni hozirgi masihiylikdagi kabi bo‘lganmi-yo‘qmi, buni bilishimiz uchun uning tarixiga nazar solishimiz kerak bo‘ladi.
Pavel haqida biror narsani ziyoda qilib yubormaslik va masihiylar nazdida uning qanday shaxs ekanligini ko‘rsatmoq uchun, u haqda so‘z yuritganda masihiylik manbalaridan chetga chiqmaymiz.
“Havoriylarning faoliyati” “Deyaniya Apostolov”) kitobida “Yangi ahd”ning bir qismi) Pavlus hayoti batafsil yoritiladi va uning qilgan ishlari ushbu kitobning eng katta qismini tashkil qiladi. Unda Pavelning tug‘ilgan joyi Tars shahri ekanligi, o‘zi Orshalim Quddus)da tarbiya topgani, asl ismi Shoul ekanligi aytib o‘tilgan. Mana bu 22-bobning 3-oyati: “Men yahudiyman. Kilikisning Tars shahrida tug‘ilgan bo‘lsamda, ushbu shaharda O‘rshalimda) tarbiyalanganman”.
Yana uning farziylardan ekanligi haqida ham xabar qilgan. 2-3-bobda aytiladi: “Ularning bir qismi saduqiy va boshqa qismi farziy mazhabidan bo‘lganini Pavel bilgach, kengashga baland ovoz bilan xitob qilib:
- Birodarlar! Men farziyman, ham farziyning o‘g‘liman. Men o‘liklarning tirilishiga qattiq e’tiqod qilganim uchun meni tergayaptilar, - dedi”.
Masihiylikdagi kitoblar Pavelning yahudiylardan ekanligiga ittifiq qiladi. Lekin “Havoriylarning faoliyati” H.F.) kitobida uning rimliklardan ekanligiga ham dalolat qiluvchi so‘zlar bor. 22-bobning oxirida aytiladi:
Uni tasma bilan bog‘lashayotgan vaqtda,
Pavel yonida turgan yuzboshiga:
- Rim fuqarosini hukm qilmay qamchilash, sizningcha qonunga mos keladimi? - deb so‘radi.
Yuzboshi buni eshitgach, borib mingboshiga xabar berdi.

  • Qarang, siz nima qilmoqchisiz o‘zi? Bu odam Rim fuqarosi ekan-ku, - dedi. Shunda mingboshi Pavelning yoniga kelib:

  • Menga aytingchi, siz Rim fuqarosimisiz? - deb so‘radi.

  • Ha, - dedi Pavel. Mingboshi:

  • Men bu fuqarolikka ko‘p pul bilan ega bo‘lganman, - dedi. Pavel:

  • Men hatto bu fuqarolikda tug‘ilganman, - deb javob berdi.

Shunda Pavelni so‘roq qilmoqchi bo‘lganlar darhol undan qo‘l tortishdi.
Mingboshi ham uning Rim fuqarosi ekanligini bilgach, uni bog‘lab qo‘ygani uchun qo‘rqib ketdi”.
Mana bular shubhasiz qarama-qarshi nass tekst) lardir. To‘g‘rirog‘i, u yahudiy ekanligi bo‘lsa kerak, chunki u o‘zining qamchilanishini bilgach, o‘zini rimlik deb atadi va hiyla ishlatib qamchidan qutilish uchun o‘zini rimlik deb da’vo qildi. Hiyla ish berib Pavel jazodan) omon qoldi va uni yana bir bor keltirganlarida ham mingboshi uni qamchilatmadi.
“H.F.” da Pavel o‘zining farziy ekanligini baland ovoz bilan xitob qilib aytishi sadduqiylar bilan farziylar o‘rtasida ixtilof chiqishi uchun bo‘lgan edi. Kitobda Pavel o‘zini farziy deb tan olgan o‘rinda “ularning bir qismi saduqiy va boshqa qismi farziy mazhablaridan bo‘lganini Pavel bilgach:” degan so‘zlar kelgan. Demak Pavelning bunday xitob qilishi ular o‘rtasida kelishmovchilik chiqarib, ularning zararidan bir tomonning himoyasi orqali najot topish uchun bo‘lgan.
Haqiqatda u xohlagan ba’zi narsa ro‘y berdi va ular o‘rtasiga nifoq tushib, qattiq janjallasha boshladilar, bu voqea “H.F.” kitobining 23-bobida zikr qilingan. Shunday ekan biz bu narsani uning millatini ko‘ngil taskin topgudek aniqlay olmaymiz.
Millati qaysi bo‘lishidan qat’iy nazar ushbu Pavel hayotining avvalgi bosqichida masihiylikning ashaddiy dushmanlari, masihiylarga eng ko‘p hiyla-nayrang ishlatadigan, bu dinga kirganlarga eng ko‘p qiynoq - aziyatlar beradigan odam edi. Bu narsa “H.F.” kitobining ko‘p o‘rinlarida zikr qilingan. Shu kitobning 8-bobida aytiladi:
“O‘sha kunning o‘zida Quddusdagi imonlilar jamoasiga qarshi keskin quvg‘in davri boshlandi. Havoriylardan boshqa hamma yahudiya va Samariyaning har xil joylariga tarqab ketdilar. Ba’zi dindor odamlar Stefanni ko‘mib, u uchun katta yig‘i qiladilar. Shoul esa imonlilar jamoatini talon-taroj qilar edi. Uyma-uy yurib, erkakmi, xotinmi, hammani sudrab qamoqxonaga berar edi”.
9-bob avvalida aytiladi: “Shoul hali ham Iso Masihning shogirdlariga qarshi qatlu qirg‘in tahdidlari bilan nafas olib yurar edi. U oliy ruhoniyning huzuriga borib, Damashq shahridagi yaxudiy ibodatxonalari uchun maktublar so‘radi. Bu ta’limotni izidan borayotgan kimsani topsa, u erkak yo xotin bo‘lishidan qat’inazar, kishanlab Quddusga keltirmoq niyatida edi”.
“Havoriylarning faoliyati” kitobining bir necha o‘rinlarida uning ushbu o‘z o‘tmishini e’tirof etgani keltirilgan.
22-bobda Pavel yahudiylarga xitoban u bunday deydi:
“Bugun bu yerda yig‘ilgan hammalaringiz kabi men ham ota-bobolar Qonuni yo‘rig‘ida jiddiy tarbiyalanib, Xudo uchun fidoiy bo‘lib kelganman. Hatto bu Iso yo‘lining izbosarlarini erkakmi, ayolmi demasdan hammasini bog‘lab zindonlarga topshirar, o‘lasi qilib quvardim. Ana, omiy ruhoniy bilan oqsoqollarning hammasi mening guvohlarimdir. Men ulardan Damashqdagi yahudiy birodarlariga yozilgan maktublar olib, u yerda yashagan Isoga imon keltirganlarni jazolash uchun Quddusga kishanlab keltirmoq niyatida yo‘lga tushgan edim”.
Lekin “H.F.” kitobi masihiylarga ana shunday nayranglar ko‘rsatgan, qiyriq-aziyatlar yetkazgan ushbu odamnig shayton va tog‘ut yo‘lidan masihiylikka to‘satdan kirib qolganini ta’kidlaydi, ammo bir yo‘lni yoki e’tiqodni qabul qilish uchun bo‘ladigan tayyorgarlik yoki turtkilar haqida lom-mim demaydi.
9-bobda aytiladi: “Yo‘li Damashqqa yaqinlashganda, to‘satdan osmondan tushgan nur uning atrofini yoritib yubordi. U yerga yiqilgan zahoti:

  • Shoul, Shoul ! Nega meni quvg‘in qilayapsan? - degan ovozni eshitdi. Shoul:

  • E Rabbiy, Sen kimsan? - dedi.

  • Men sen quvg‘in qilayotgan Isoman, imga qarshi ketishing qiyin, - dedi u. Shoul vahimalanib, titroq bilan:

  • E Rabbiy , nima qilishimni buyurasan? - dedi. Iso unga:

  • Qani o‘rningdan turib shaharga kir, unda nima qilishing kerakligi senga aytiladi, - dedi.

Pavlus va Shoul masihiylikka kirdi va Iso Masih shogirdlari bilan bog‘lanishga harakat qilib ko‘rdi. Lekin shogirdlar undan xavf qilib iymoniga ishonch hosil qilmadilar. Shunda Barnabo Shoulning iymoniga guvohlik berib, yo‘lda sodir bo‘lgan voqeani so‘zlab berdi”.
“X.F.” kitobining 9-bobida aytiladi: “Shoul Quddus shahriga yetib borgach, u yerdagi Iso shogirdlariga qo‘shilib inoqlashishga urindi. Lekin u Isoning shogirdi bo‘lganligiga hech kim ishonmay undan qo‘rqishardi. O‘shanda Barnabo Shoulni havoriylarning huzuriga boshlab keldi va uning yo‘lida Isoni qanday ko‘rib, Iso unga nima deb so‘zlaganini, Damashqda Isoning nomi bilan qanday dovyuraklik bilan va’z aytganini ularga aytib berdi”.
Shu vaqtdan boshlab Shoul masihiylikni targ‘ib qilishdagi faol bir quvvat va doimiy harakatga aylandiki, bunga “X.F.” kitobi dalolat qiladi. Pavel o‘z safarlarida Barnabo bilan hamroh bo‘ldi. Keyin esa ular o‘rtasida ixtilof chiqdi va ajralib ketdilar.
Ana shu nuqtaga yetganda muhim bir masala mavhum bo‘lib qolyapti. “X.F.” kitobi bizlarga Pavelning o‘zi da’vat qilayotgan va o‘n to‘rtta maktubida tartiblagan masihiylikni kimdan olgani, o‘rganganini bayon qilib bermaydi. Ba’zi Yozuvchilar “X.F.” kitobini Lukaga nisbat berish o‘rniga Pavelga nisbat beradilar) masihiylik kitoblari u masihiylik asoslarining kimdan qabul qilib olganini bayon qilmagan. Balki ular Pavel birovdan o‘rganishga muhtoj emas, deb e’tiqod qilsalar kerak. Chunki u masihiylikda dushman kofir darajasidan ularning e’tiqod bo‘yicha payg‘ambar darajasiga ko‘tarilgan va vahiy orqali ilhom bilan gapiradigan shaxsga aylangan. Demakki, u o‘rganish va dars qilishga muhtoj emas edi, chunki vahiy unga kifoyadir.
Shoul turli iqlimlarda kanisalar tashkil qildi, da’vat bilan mashg‘ul bo‘ldi, ma’ruzalar qildi. Maktublar bitdi. Keyinchalik uning maktublari e’tiqod asoslarini va ba’zi shar’iy amallarni o‘z ichiga olgan ta’limiy risolalar bo‘lib qoldi.
Aytishlaricha, u impearator 66 yoki 67 yili Neron qirg‘inbarotlari vaqtida o‘ldirilgan.

Yüklə 450,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   134




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin