Umumiy o’rta ta’lim maktablarida axborot texnologiyalarining o’rni (2 soatma’ruza). Reja



Yüklə 37,19 Kb.
səhifə9/10
tarix29.08.2022
ölçüsü37,19 Kb.
#63325
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Документ Microsoft Word

Ta’limni axborotlashtirish-o’qitish va tarbiyalashning psixologik-pedagogik maqsadlarini joriy qilishga mo’ljallangan zamonaviy axborot texnologiyalarni ishlab chiqish va foydalanishning nazariyasi va amaliyoti bilan ta’lim sohasini ta’minlash jarayoni.
Axborotli ta’lim muhiti-o’quv faoliyatini joriy qilish uchun qo’llaniladigan kompyuter vositalari va ularni harakatlanish usullari birikmasi.
Axborot tizimi-axborotni uzatish va qabul qilish tizimi bo’lib, axborot manbai, uzatish, aloqa kanali va axborotni qabul qiluvchilardan iborat.
Axborotli va kommunikatsion texnologiyalar-axborotga ishlov beruvchi turli xildagi qurilmalar, mexanizmlar, usullar, algoritmlarni tasvirlovchi umumlashtirilgan tushuncha. Axborotli va telekommunikatsion texnologiyalarning muhim zamonaviy qurilmalari bo’lib, mos ravishdagi ta’limot bilan ta’minlangan kompyuter va o’zida joylashtirilgan axborotlar bilan birga telekommunikatsion vositalar hisoblanadi.
Axborotli ob’ekt-turli xildagi ob’ektlarni, ya’ni tovush, tasvir, matn, son va majmuaviy tuzilgan elementlar, jadval, gipermatn, gipermediani tasvirlovchi umumlashtiruvchi tushuncha bo’lib, ular bevosita yoki algoritmli ko’rinishlarda tasvirlanishi mumkin.
Axborot –inson tomonidan og’zaki (nutq shaklida), yozma (matn, jadval, rasm, chizma, shartli belgilar ko’rinishida) yoki boshqa usulda (masalan, tovushli yoki yorug’lik signallari, elektrik yoki asabli impulьslar yordamida) uzatiladigan ma’lumotlar birikmasi. XX asr o’rtasidan boshlab –insonlar, inson va avtomatika o’rtasida ma’lumot almashish, hayvonot va o’simlik olamida signal bilan almashishni o’z ichiga oladigan umumilmiy tushuncha.
Mezon-muhokama uchun mo’ljallangan vosita bo’lib, uning asosida biror ob’ekt, maxsulot yoki jarayonni baholash, aniqlash yoki sinflashni amalga oshirilishi mumkin.
Mantiqiy urg’u-foydalanuvchi diqqatini kompyuter ekranidagi ma’lumot ob’ektiga qaratish uchun yo’naltirilgan psixologik apparatli usul.

Yüklə 37,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin