O‘zbek tilidagi unli tovushlar tasnifi. Yakka mashg‘ulot o‘qituvchisi eshitishida muammosi bo‘lgan bolaga o‘zbek tili tovushlarining talaffuzni o‘rgatishdan oldin har bir tovushning tasnifidan kelib chiqishi lozim.
Ovoz va shovqinning ishtirok etish darajasiga ko‘ra tildagi fonemalar ikkiga bo‘linadi: unli fonemalar va undosh fonemalar.
Unli fonemalar un paychalarining tebranishi bilan paydo bo‘ladi. Unli tovushlarni talaffuz qilganimizda, o‘pkadan chiqadigan havo oqimi og‘iz bo‘shlig‘ida biror to‘siqqa duch kelmasdan chiqadi. Lekin og‘iz bo‘shlig‘i tovushlarning aytilishida rezonatorlik vazifasini o‘taydi. Unli tovushlarning
xilma-xilligi va sifati og‘iz bo‘shlig‘ining hajmi va undagi a’zolarning holatiga: tilning ko‘tarilish darajasiga, lablarning ishtirokiga va holatiga bog‘liqdir.
Undosh tovushlar unli tovushlardan quyidagicha farq qiladi: undoshlar og‘iz bo‘shlig‘ida paydo bo‘ladi va shovqindan iborat bo‘ladi, yoki ularda qisman shovqin qatnashadi; undoshlarning talaffuzida o‘pkadan chiqadigan havo oqimi bo‘g‘izdagi un naychalarini ba’zan titratib, ba’zan titratmay o‘tadi. og‘iz bo‘shlig‘idagi a’zolarning to‘sig‘iga duch keladi, buning natijasida havo oqimi portlab yoki sirg‘alib chiqadi; undoshlarni odatda cho‘zib talaffuz etib bo‘lmaydi, unlilarni esa istagancha cho‘zib aytish mumkin (a-a:, a::, a:::).
Hozirgi o‘zbek adabiy tilida unli fonemalar oltita: i, e, a, o, o‘, u.
Bu unlilar hozirgi o‘zbek yozuvida olti harf yordamida ifodalanadi:
Dostları ilə paylaş: |