VI. Boʻlim. Fan va texnologiyalar
(12 soat)
Oy Yerdan kattami? Berilgan matnning mazmuni yuzasidan suhbat qurish, matn mazmunini qayta hikoya qilish, so‘zning fikr ifodalashdagi o‘rni
va ma’nolari bilan bog‘liq mashq va topshiriqlar ustida ishlash. Matn tarkibida berilgan atamalarni aniqlash, lug‘at yordamida ularning izohi bilan tanishish.
Fazogirlik kasbi haqidagi audiomatn bilan tanishish. Unda so‘zlar tarkibidagi unli va undosh tovushlarning qo‘llanilishi bilan bog‘liq mashq
va topshiriqlar ustida ishlash. Harfiy birikmalar ishtirok etgan so‘zlarni aniqlash
va ularning imlosi bilan bog‘liq mashqlar.
Qiziqarli kasblar, kasb tanlash haqida suhbat qurish, suhbat davomida kasbga oid so‘zlar va ularning imlosi bilan tanishish. O‘zi tanlagan kasb haqida
ikki yoki undan ortiq gapdan iborat matn yaratish, unda so‘zlarni bo‘g‘inlarga ajratish va gapga nuqta qo‘yish bilan bog‘liq mashq va topshiriqlar ustida ishlash. Tengdoshlar bilan suhbat jarayonida qo‘llaniladigan so‘zlar, ulardan foydalanishga oid mashqlar ustida ishlash.
Badiiy bo‘lmagan (faktik ma’lumotlar beradigan) matnni tushunish. Verbal (matnli) va vizual (grafik, illyustratsiya, jadval va hokazo) kerakli ma’lumotni qidirib topish.
Dostları ilə paylaş: |