Birinchi kitobim. Kitob va uning ahamiyati bilan bog‘liq matn bilan tanishish, undagi ayrim so‘zlarga o‘quvchi e’tiborini qaratishga oid mashq
va topshiriqlar. A va O unlisini to‘g‘ri tallaffuz qilishga va yozuvda ifodalashga o‘rgatish bilan bog‘liq mashq va topshiriqlar ustida ishlash. Matn yuzasidan savollar berish, savollarga javob berishda o‘z fikrlarini aniq va tartibli ifodalash mashqlari.
Kitob o‘qish qoidalari haqidagi audiomatnni tinglash, unda i va u unlisini to‘g‘ri talaffuz qilish va yozuvda ifodalanishi, u unlisining i tarzida aytilishi
va yozilishi bilan bog‘liq mashq va topshiriqlar ustida ishlash. Bo‘g‘in ko‘chirish qoidalari.
Kim?, nima?, qayerda?, qachon?, nima uchun?, qanday qilib? kabi savollarga javob berish orqali so‘zlarning kishi, narsa nomlari, ularning belgisi, miqdori va harakati kabi ma’nolarni ifodalashi. Shaxs nomini bildirgan so‘zlar, ularni so‘roq berish orqali aniqlash bo‘yicha mashq va topshiriqlar ustida ishlash. Harfiy birikmalar ishtirok etgan so‘zlarni aniqlash, ular imlosiga e’tibor qaratishga oid mashqlar ustida ishlash.
Kitoblarning turlarini (badiiy kitoblar, ilmiy va o‘quv kitoblari – lug‘atlar, ensiklopediyalar, darsliklar) va ularda qo‘llaniladigan matnlarni farqlash. Ularning vazifasi, qo‘llanilish o‘rni haqida dastlabki tushunchalar.
Dostları ilə paylaş: |