III.Boʻlim. Sog‘ tanda – sog‘lom aql
(24 soat)
Foydali sabzavotlar. Berilgan matn asosida d-t, b-p, z-s, j-ch, g-k, v-f undoshlarining talaffuzi, imlosi, d-t undoshlarining talaffuzda tushib qolishi, yozuvda saqlanishi, q va g‘ tovushlari, ularning talaffuzda va yozuvda qo‘llanilishi bo‘yicha mashq va topshiriqlar ustida ishlash. O‘rganilgan qoidalar asosida ikki yoki undan ortiq gap tuzib, o‘z fikrini yozma ifodalash topshirigʻi ustida ishlash.
Tutuq belgisi ishtirok etgan matnlar ustida ishlash, unli tovushdan keyin kelgan va undosh tovushdan keyin kelgan tutuq belgisining vazifasini tushuntirish bilan bog‘liq mashq va topshiriqlarni bajarish. Tutuq belgisi tushib qolganda so‘z ma’nosining o‘zgarishi bilan bog‘liq topshiriqlarni bajarish. Ma’nosi izohlanishi kerak bo‘lgan so‘zlar izohi bilan tanishish, bunda lug‘at va undan foydalanish qoidalariga rioya qilish.
Sog‘lom bo‘lish uchun tana a’zolariga qanday vitaminlar zarurligi haqida suhbat qurish. Bunda insonning tana a’zolarini ifodalovchi soʻzlar va ularning imlosi bilan tanishish. Suhbat jarayonida nutqda so‘roq, buyruq, xabar mazmunidagi gaplarni qo‘llash, ularning ohangi va imlosi ustida ishlash. Belgini bildiruvchi so‘zlar bilan bog‘liq mashq va topshiriqlar ustida ishlash.
Matnning umumiy mazmunini tushunish. Matnga sarlavha tanlash.
Dostları ilə paylaş: |