Bolalarning sevimli bayramlari. Bayramlar mavzusi bilan bog‘liq rasmlarda ifodalangan voqealarni ogʻzaki tasvirlash, bayram nomlarining imlosini o‘rganish, mavzu bilan bog‘liq ikki yoki undan ortiq gapdan iborat kichik ijodiy matn yaratish.
Audiomatnni tinglash, matn yuzasidan berilgan savollarga javob bera olish, matn mazmuni asosida o‘z xulosasini aytishga oid mashqlar.
“Men bayramni qanday nishonlayman?” mavzusida fikr ifodalash va o‘z gʻoyasini ayta olish ustida ishlash. Fikrni dalillashda qo‘llaniladigan til birliklari, ularning nutq tuzishdagi ahamiyati bilan tanishish, kayfiyatni ifodalovchi so‘zlar va vositalarni aniqlash, ularni og‘zaki va yozma nutqda qo‘llash mashqlari.
Mavzu bilan bog‘liq she’riy matnlar tahlili, she’rdagi ohangdoshlik
va qofiyadosh so‘zlarni ajrata olish bilan bog‘liq mashq va topshiriqlar ustida ishlash.
Yaqin qarindoshlarni bayram bilan tabriklash uchun tabriknoma yozish.
Matnni mantiqiy qismlarga bo‘la olish. Matn uchun reja tuzish.
Dostları ilə paylaş: |