Oq terakmi, ko‘k terak? (Milliy o‘yinlar, sport). Berilgan mavzu bilan bog‘liq audiomatnni tushunish, undagi ayrim so‘zlar talaffuziga e’tiborni qaratishga oid mashq va topshiriqlar. Eshitilgan tovushlarni harflarga moslashtirib yozish mashqlarini bajarish. Tinglangan audiomatnning g‘oyasi va xulosasini aniqlash bilan bog‘liq bo‘lgan mashq va topshiriqlar ustida ishlash. Joy nomlari va ularning bosh harflarda yozilishi bilan bog‘liq mashq va topshiriqlar ustida ishlash.
Berilgan matndagi ayrim so‘zlarning fikr ifodalashdagi o‘rni. Matn tafsilotlarini aniqlashtirishda kim?, nima?, qayerda?, qachon?, nima uchun?, qanday qilib? kabi savollarning mazmunini tushunish va javob berish bilan bog‘liq topshiriqlar ustida ishlash.
She’riy matndagi ohangdoshlikni hosil qiluvchi so‘zlarni aniqlash, she’rni ifodali o‘qish va yod olish.
Matnda ifodalangan ma’lumotni boshqa shaklda (jadval, grafik) ifodalash.
Dostları ilə paylaş: |