Mavzu: Otni o‘rganish darslari rejasi va ishlanmasini tuzish (3-sinf)
Reja: 1. Ma’ruzada o‘tilganlar yuzasidan suhbat tashkil qilish.
2. Talabalar tomonidan tayyorlangan dars ishlanmalari taqdimoti.
3.
.
Tezkor savollar:
1. Boshlang‘ich sinflarda otni o‘rganish vazifalari nimalardan iborat?
2. Otlarning grammatik belgilari nimalardan iborat?
3. 3-sinfda ot so‘z turkumining qaysi xususiyatlari o‘rganiladi?
4. 3-sinfda ot so‘z turkumiga necha soat ajratilgan?
5. Erkin savol.
Boshlang‘ich sinflarda otni o’rganish vazifalari quyidagilar: 1) “ot” haqidagi grammatik tushunchani shakllantirish;
2) kim? so’rog‘iga javob bo’lgan (shaxs bildirgan) otlardan nima? so’rog‘iga javob bo’lgan (narsa, hayvon, jonivor va boshqalarni bildirgan) otlarni farqlash ko’nikmasini hosil qilish;
3) kishilarning familiyasi, ismi, otasining ismi, hayvonlarga qo’yilgan nomlar va geografik nomlarni bosh harf bilan yozish ko’nikmasini shakllantirish;
4) otlarda son (otning birlik va ko’plikda qo’llanishi) bilan tanishtirish;
5) otlarni egalik qo’shimchalari bilan to’g‘ri qo’llash ko’nikmasini shakllantirish;
6) otlarning kelishiklar bilan turlanishi va kelishik qo’shimchalarining yozilishi haqida malaka hosil qilish;
7) o’quvchilar lug‘atini yangi otlar bilan boyitish va ulardan nutqda aniq, o’rinli foydalanish malakasini o’stirish;
8) so’zlarni tahlil qilish, taqqoslash, umumlashtirishni bilish.
Otlarning grammatik belgilari
otlar birlik va ko’plikda qo’llanadi
egalik qo’shimchalari bilan o’zgaradi
kelishiklar bilan turlanadi
gapda ko’proq ega, to’ldiruvchi, aniqlovchi, shuningdek, hol va kesim vazifasida keladi
ot nutqda sifat, son, olmosh, fe’l bilan birika oladi
Otni o‘rganishda izchillik 3-4-sinf ona tili darslari – nazariy bosqich: -ot so‘z turkumi tushunchasi hosil qilinadi; -otlarning birlik va ko‘plikda qo‘llanishi bilan tanishtiriladi; -otlarning egalik qo‘shimchalarini bilan o‘zgarishi o‘rgatiladi: bunda: “egalik” so‘zining leksik ma’nosi; shaxs va son tushunchasi; so‘zlovchi, tinglovchi, o‘zga so‘zlarini ma’nosi;egalik qo‘shimchalarining ikki varianti bilan tanishtiriladi; -grammatik mavzular bilan bog‘liq holda lug‘at zahirasi boyitiladi, nutqi o‘stiriladi, imloviy malaka hosil qilinadi.
Dars tahlili:
Ta’limiy talab:
Tarbiyaviy talab:
Didaktik talab :
Psixologik talab:
Gigiyenik talab:
Uyga vazifa Otni o‘rganish darslari rejasi va ishlanmasini tuzish (4-sinf)
Uyda qoling! “Masofadan ta’lim oling”