Umumiy o‘rta ta‘lim muassasalarida Aqliy rivojlanishida muammolari bo‘lgan bolalar uchun tashkil etiladigan korreksion sinflar uchun tayanch o‘quv dasturlari


IX. bo‘lim. Ertaklar yaxshilikka yetaklar



Yüklə 225,44 Kb.
səhifə16/155
tarix09.05.2022
ölçüsü225,44 Kb.
#56934
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   155
adativ-dastur-engohiri

IX. bo‘lim. Ertaklar yaxshilikka yetaklar. Aql va boylik. Ochko‘z sichqon. Hakka va uning bolalari. Sanog‘idan adashmadi. Arpa-bug‘doy osh bo‘lur. Oq bulut haqida ertak. Bo‘lim yuzasidan savol va topshiriqlar.

X. bo‘lim. Yoz-o‘tadi soz. Yozda. Bu qaysi fasl. Laylak kelsa. Men oromgoh bolasi. Men va Ali. O‘zimning quyoshim. So‘nggi dars.Topishmoqlar. Bo‘lim yuzasidan savol va topshiriqlar.

Mustahkamlash darsi.

Mavzuiy rejalashtirish



Bo‘limlar nomi

Soatlar taqsimoti

Jami

Yangi mavzu

Mustah

kamlash

Takror

lash

1.

Ona Yurtim-O‘zbekiston

16

15

1




2.

Oltin kuz

16

15

1




3.

Hunar

9

9







4.

Hunar o‘rganish foydali

12

11

1




5.

Kumush qish

12

11

1




6.

Otalar so‘zi-aqlning ko‘zi

11

10

1




7.

Ona tabiat bag‘rida

5

5







8.

Qushlar va hayvonlar bizning do‘stimiz

10

9

1




12.

Zumrat bahor

20

19

1




13.

Ertaklar yaxshilikka yetaklar

11

10

1




14.

Yoz-o‘tadi soz

10

10







15.

O‘quv yili oxirida takrorlash

4







4

Jami

136

124

8

4

MATEMATIKA

Tushuntirish xati

Matematika fani asoslarini yaratishga ulkan hissa qo‘shgan Muhammad al-Xorazmiy, Ahmad al Farg‘oniy, Abu Rayxon Beruniy va Mirzo Ulug‘bek kabi buyuk allomalarimizga munosib yosh avlodni tarbiyalash, zamonaviy bilimlarni o‘quvchilarga yetkazish hamda mamlakatimiz yoshlarini matematika go‘zallikllaridan bahramand bo‘lishlariga sharoit yaratib berish - barcha uchun ham qarz, ham farz hisoblanadi.

Matematika olamni bilishning asosi bo‘lib, tevarak-atrofda kechayotgan voqea va hodisalarning o‘ziga xos qonuniyatlarini ochib berishda hamda ishlab chiqarish, fan-texnika va texnologiyalarning taraqqiyotida muhim ahamiyatga ega.

Ma‘lumki, matematika fani inson aqlini charxlaydi, diqqatini rivojlantiradi, ko‘zlangan maqsadga erishish uchun qat’iyat va irodani tarbiyalaydi hamda tafakkurni kengaytiradi.

Matematika olamni, dunyoni bilishning asosi bo‘lib, tevarak-atrofimizdagi voqea va hodisalarning o‘ziga xos qonuniyatlarini ochib berishda ahamiyati juda katta, vaholanki matematik bilimlarsiz ishlab chiqarish va fanning rivojlanishini tassavur qilib bo‘lmaydi. Shuning uchun ham matematik madaniyat va savodxonlik - umuminsoniy madaniyatning tarkibiy qismi hisoblanadi.

Matematika fanini o‘qitishdan ko‘zlangan maqsad va vazifalar quyidagilardan iborat.

Ushbu fan aqliy rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maxsus maktab va maktab-internatlarda ta‘lim tarbiya berish bilan bir qatorda bolalardagi nuqsonlarni tuzatishdan (korreksiyalash) iboratdir.

Yordamchi maktab va maktab-internatlarida matematika fanini o‘qitish hajmi, me’yorlari va ta‘lim mazmuni aqli zaif o‘quvchilar rivojlanish xususiyatlari va ularning o‘quv materiallarini o‘zlashtirish imkoniyatlari darajasi bilan belgilanadi. Ushbu dastur asosan yengil darajadagi aqliy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallangan.

Matematika darslari davomida taqqoslash, tahlil qilish, umumlashtirish orqali o‘quvchilarning fikrlash qobiliyatlari, diqqati shakllanadi, xotira mustahkamlanadi, lug‘at boyligi kengayadi. Sinfdagi o‘quvchilarning aqliy imkoniyatlarining rivojlanish darajalari bir xil bo‘lmaganligi sababli, aqli zaif o‘quvchilarning har bir darsda egallagan bilim, ko‘nikmalarining me’yorlari turlichadir. Bunday holat o‘qituvchidan har bir o‘quvchiga nisbatan alohida yondashilgan holda tabaqalashtirilgan munosabat bo‘lishini talab etadi.

Berilgan yangi mavzularni qiyinchilik bilan o‘zlashtirayotgan o‘quvchilarga oson misollarni yechish, ularga topshiriqlarni qayta-qayta tushuntirish, o‘qituvchi ketidan qaytarish, doskadan ko‘chirish, doska oldida o‘qituvchi bilan ishlash kabi talablar qo‘yiladi. Ushbu toifadagi o‘quvchilar imkoniyatiga mos misol, masala, topshiriqlar yengillashtirib beriladi. O‘zlashtirishda erishilgan ozgina yutuqlar ham inobatga olinib, aqli zaif o‘quvchilar sinfdan sinfga ko‘chiriladi.

Individual dastur bilan ishlaydigan o‘quvchilarga maktab pedagogika kengashining yoki fan uyushmalarining qarori bilan alohida yondashuv belgilanishi, har bir darsda pedagogik himoya tartibiga rioya qilish zarurdir.

Aqli zaif bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarida matematika fanining maqsadlari quyidagilardan iboratdir:

a) o‘quvchilarda natural sonlar qatori, oddiy va o‘nli kasrlar haqida oddiy tushuncha hosil qilish;

b) o‘quvchilarni butun va kasr sonlar bilan 3 amalda arifmetik misol va masalalarni yechishga o‘rgatish;

v) matematika darslarida o‘rganilgan miqdor, fazoviy vaqt o‘lchovi haqidagi tushunchalar orqali aqli zaif o‘quvchining atrofdagi hayotni to‘g‘ri tasavvur etishi va mehnat faoliyatida bir qadar samarali ishtirok etishlariga yordam berish;

g) matematikadan olingan bilimlar bilan aqli zaif o‘quvchining umumiy rivoji va bilim faoliyatidagi kamchiliklarni tuzatishga yordam berish;

d) matematika fanini o‘qitish jarayonida o‘quvchilarda chidam bilan ishlash, mustaqillik, qat’iyatlik, ishchanlik kabi xarakter xususiyatlarini tarbiyalash;

e) o‘quvchilarda ko‘z bilan chamalash, ishni to‘g‘ri rejalashtirish, boshlagan ishini oxirigacha yetkazish kabi ko‘nikma, malakalar hosil qilish.

Aqli zaif bolalar uchun ixtisoslashtirilgan ta‘lim muassasalarida matematikaning o‘qitilishi turli guruhdagi o‘quvchilarga o‘ziga xos yondashishni, shuningdek, o‘qitish predmetining amaliy yo‘nalishda bo‘lishini, o‘quvchilarning kasb-hunarga, mehnatga tayyorgarligi hamda boshqa o‘quv predmetlari bilan uzviy bog‘langan bo‘lishini talab qiladi.


Yüklə 225,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   155




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin