Umumiy o‘rta ta‘lim muassasalarida Aqliy rivojlanishida muammolari bo‘lgan bolalar uchun tashkil etiladigan korreksion sinflar uchun tayanch o‘quv dasturlari


Berilgan so‘zlardan gap tuzish va yozish (8 soat)



Yüklə 225,44 Kb.
səhifə14/155
tarix09.05.2022
ölçüsü225,44 Kb.
#56934
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   155
adativ-dastur-engohiri

Berilgan so‘zlardan gap tuzish va yozish (8 soat)

Bir va undan ortiq bo‘g‘inlardan tashkil topgan talaffuzi va yozilishi bir xil so‘zlarni, 2-3 so‘zdan tuzilgan gaplarni tuzish, eshitib yozish; so‘z va gapni to‘g‘ri yozish.



Mustahkamlash darsi. (8 soat)
Mavzuiy rejalashtirish



Bo‘limlar nomi

Soatlar taqsimoti

Jami

Yangi mavzu

Takrorlash

1.

Tayyorgarlik davri

31







2.

Alifbe davri

134







3.

Bo‘gin ko‘chirish qoidasi




15




4.

Kesma harflardan so‘z tuzish va yozish

14




5.

So‘zlarni ko‘chirib yozish

8




6.

Berilgan so‘zlardan gap tuzish va yozish

8




7.

O‘quv yili oxirida takrorlash




8

Jami

165

157

8


II-SINF ONA TILI

GRAMMATIKA, IMLO (170 SOAT)

Men, sen, u va ular

1-sentabr-O‘zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni (1 soat)



Mening oilam

Berilgan sodda matn tarkibidan qarindoshlikni bildiruvchi so‘zlar va kishilarning ismlarini bildiruvchi so‘zlarni ajrata olish va ularning imlosini bilish. So‘zlarning tovushlardan tuzilishi. Tovushlarning so‘z ma‘nosini farqlashi. Tovushlarning o‘rin almashishi bilan yangi so‘zlar hosil bo‘lishi. So‘zdagi harflar sonini ko‘rsatish.

O‘zbek tilida oltita unli tovush va harflar borligi, a, e, i, o, u, o‘ tovushlarining talaffuzi va ma‘no farqlashi, harflar bilan ifodalanishi va imlosini tushunish.

Undosh tovushlarning harfiy ifodasi. Ayrim undosh tovushlarning talaffuzi va imlosi (d-t, b-p, z-s, j-ch, g-k, v-f undoshlarining talaffuzi va imlosi), so‘z oxirida ketma-ket kelgan (d, t) undoshlarning talaffuzda tushib qolishi, lekin yozuvda saqlanishini tushunish.

Undosh tovushlarning jarangli va jarangsiz undosh tovushlarga ajratilishi: b, d, g, v, z, g‘, j, l, m, n, r, y, ng-jarangli, p, t, k, f, s, x, ch, sh, q, h-jarangsiz undosh tovushlar ekanligi, jarangli undosh tovushlarning shovqin va ovozdan tarkib topishi, jarangsiz undosh tovushlarda faqat shovqin eshitilishini tushunish va matn ichida kelganda farqlay olish.

Aytilishi va yozilishida farqlanadigan undoshlarni ajrata bilish. Aytilishi va yozilishida farqlanuvchi undoshlarga jufti bor: b-p, d-t, z-s, j-sh, j-ch, v-f, g‘-x kabi undoshlar kirishi, ularning talaffuzi va imlosini, bir undosh tovush bilan farq qiluvchi so‘zlarni ajrata olish.

Ba‘zi so‘zlar ichida ikkita bir xil undoshning yonma-yon kelishi: tilla, sodda, g‘alla, rassom, Abbos-bo‘g‘in ko‘chirishda yonma-yon kelgan bir xil undoshlarning bittasi oldingi bo‘g‘inda qoldirilib, ikkinchisi keyingi bo‘g‘inga ko‘chirilishi. Pp va Ff, Zz va Ss, Xx va Hh, Bb va Pp undosh tovushining talaffuzi va imlosi. Sh, ch, ng harf birikmalari, ularning bitta tovush ifodalashi, talaffuzi hamda imlosi ustida ishlash. Yozilishi o‘xshash harflarni farqlash.

Tutuq belgisini (’) so‘z tarkibida to‘g‘ri shakllantirish. Tutuq belgisining so‘zdagi vazifasi: o‘zidan oldingi unlining cho‘ziq aytilishiga, oldingi bo‘g‘inning keyingi bo‘g‘indan ajratib talaffuz qilinishiga xizmat qilishi, so‘z ma‘nolarini farqlashini tushunish.

So‘zlarni bo‘g‘inga bo‘lish va chiziqcha bilan yozish. Unlining bo‘g‘in hosil qilishi. So‘zda nechta unli bo‘lsa, shuncha bo‘g‘in bo‘lishi.

Bo‘g‘in ko‘chirish. So‘zlarni bo‘g‘inlarga bo‘lish va bo‘g‘inlab ko‘chirish tushunchalarini farqlash, so‘zlarni bo‘g‘inlab ko‘chirishga ko‘ra bo‘g‘inlarga bo‘lish, bir unlidan iborat bo‘g‘inlarni oldingi satrda qoldirmaslik va keyingi satrga ko‘chirib bo‘lmasligi, ko‘p bo‘g‘inli, tutuq belgili so‘zlarni, yonma-yon kelgan bir xil undoshli so‘zlarning bir satrdan keyingi satrga bo‘g‘inlab ko‘chirilishi. Harf birikmali (sh, ch, ng) so‘zlarning bir satrdan ikkinchi satrga bo‘g‘inlab ko‘chirilishi ustida ishlash.



Kun tartibi

Mavzu bilan bog‘liq bo‘lgan matn ustida ishlash, So‘z, so‘zlarning ma‘nolariga ko‘ra farqlanishi, so‘roqlari asosida so‘z ma‘nolarini farqlash, guruhlash. So‘zlarning kim?, nima?, nima qildi?, qanday?, necha?, nechanchi? so‘roqlariga javob bo‘lishini tushunish.

Shaxs va narsaning nomini bildirgan so‘zlar. Ularning so‘roqlariga ko‘ra farqlanishi. Kim?, nima? so‘roqlariga javob bo‘lishi. Shaxs va narsaning ko‘plikdagi nomini bildirgan so‘zlarni kimlar?, nimalar? so‘roqlariga javob bo‘lishi.Kishilar ismi va familiyasining bosh harf bilan yozilishi. Hayvonlarga qo‘yilgan nomlarning bosh harf bilan yozilishi. Shahar, qishloq va ko‘cha nomlarning bosh harf bilan yozilishi.Shaxs va narsaning harakatini bildirgan so‘zlar. Shaxs va narsaning harakatini bildirgan so‘zlar, ularning nima qildi?, nima qilyapti?, nima qiladi? so‘roqlariga javob bo‘lishi va imlosi ustida ishlash.

Shaxs-narsaning belgisini bildirgan so‘zlarning qanday?, qanaqa? so‘roqlariga javob bo‘lishi, ma‘nosi, gapdagi vazifasi. Shaxs va narsaning belgisini bildirgan so‘zlarning imlosi. Shaxs va narsaning miqdorini, tartibini bildirgan so‘zlarning necha?, nechanchi? so‘roqlariga javob bo‘lishi. Miqdorni va tartibni bildirgan so‘zlarni so‘roqlari va ma‘nosiga ko‘ra farqlash ustida ishlash.

Nutqning og‘zaki va yozma shakllari, og‘zaki nutqning tovushlarga asoslangan bo‘lishi. Gap va gapning so‘zlardan tuzilishi, uning bosh harf bilan yozilishi va oxiriga tinish belgilarining qo‘yilishi.

Nuqta, so‘roq va undov belgisi. Gapning oxiriga nuqta, so‘roq, undov belgilarining qo‘yilishi; gapning kim yoki nima haqida aytilganini bildirgan so‘zni aniqlash. Gaplarni so‘zlardan tuzilishi va bosh harf bilan yozilishi ustida ishlash.



Mustahkamlash darsi.


Yüklə 225,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   155




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin