Umumiy o‘rta ta‘lim muassasalarida Aqliy rivojlanishida muammolari bo‘lgan bolalar uchun tashkil etiladigan korreksion sinflar uchun tayanch o‘quv dasturlari



Yüklə 225,44 Kb.
səhifə22/155
tarix09.05.2022
ölçüsü225,44 Kb.
#56934
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   155
adativ-dastur-engohiri

O‘QUV DASTURI

2-SINF O‘ZBEK TILI (34 soat)

1-sentabr-O‘zbekiston Respublikasining Mustaqilligi kuni. Mavzuga oid so‘zlar bilan tanishtirish: mening, Vatanim, bayram, mustaqillik.

Gaplar. O‘zbekiston-mening Vatanim.



Maktab. So‘zlar: maktab, o‘qituvchi, o‘quvchilar, katta, chiroyli.

Gaplar: Bu maktab. Maktabimiz katta va chiroyli.



Sinf. So‘zlar: sinf, deraza, gullar, javon, kursi, bor.

Gaplar: Bu sinf. Sinfda doska, stol, kursi, javon va partalar bor. Derazada gullar bor.



O‘quv qurollari. So‘zlar: kitob, daftar, qalam, chizg‘ich, o‘chirg‘ich, asra, o‘quv qurollari.

Gaplar: Kitob, daftar, qalam, chizg‘ich, o‘chirg‘ich-bu o‘quv qurollari. O‘quv qurollarni asra.



1-oktabr-O‘qituvchi va murabbiylar kuni. So‘zlar: murabbiy, kuni, tabriklaymiz, aziz.

Gaplar: 1 oktabr-O‘qituvchi va murabbiylar kuni. Aziz o‘qituvchim! Sizni bayramingiz bilan tabriklayman!



Oltin kuz. So‘zlar: oltin, kuz, keldi, sovuq, tushdi, daraxtlar, sarg‘aydi. Gaplar: Kuz keldi. Sovuq tushdi. Daraxtlar sarg‘aydi.

Sabzavotlar. So‘zlar: sabzavotlar, piyoz, sabzi, karam, bodring.

Gaplar: Piyoz, sabzi, karam, bodring-bu sabzavotlar.



Mevalar. So‘zlar: mevalar, olma, nok, uzum, olcha.

Gaplar: Olma, nok, uzum, olcha-bu mevalar.



Oila. So‘zlar: oila, katta, ahil, buva, buvi, ona, ota, aka, opa. Gaplar: Bu oila. Bizning oilamiz katta va ahil.

Kun tartibi. So‘zlar: kun tartibi, ertalab, turaman, badantarbiya qilaman, yuvinaman, kiyinaman, nonushta qilaman, maktabga ketaman.

Gaplar: Ertalab men turaman, badantarbiya qilaman, yuvinaman, kiyinaman, nonushta qilaman, keyin maktabga ketaman.



Qish. So‘zlar: qish, qor, suvlar, muzlaydi.

Gaplar: Qish keldi. Sovuq tushdi. Qor yog‘di. Suvlar muzladi.



O‘yinchoqlar. So‘zlar:o‘yinchoqlar, qo‘g‘irchoq, koptok, ayiqcha, quyoncha. Bu o‘yinchoqlar. O‘yinchoqlarni asra.

Xona. So‘zlar: xona, toza, krovat, chiroq, soat.

Gaplar: Bu mening xonam. Bu soat. Stolda chiroq bor. Xona toza.



Yangi yil. So‘zlar: Yangi yil, archa, Qorbobo, Qorqiz, sovg‘alar, olib keladi.

Gaplar: Yangi yilingiz bilan! Qorbobo va Qorqiz sovg‘alar olib keladi.




Yüklə 225,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   155




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin