O‘quv yili davomida o‘tilganlarni takrorlash (2 soat)
Mavzuiy rejalashtirish
2-SINF
(34 soat, haftasiga 1 soatdan)
Atrofimizdagi olamni o‘rganamiz (3 soat)
Atrofimizdagi olam. Sezgi organlari: ko‘z, quloq, burun, til, teri. Jism va moddalar. Suvning uch holati: muz, suv, bug‘. Ob-havo. Havoning ochiq yoki bulutligi, yog‘inlar. Ob-havoning mahalliy belgilari. Termometr. Termometr yordamida havo haroratini o‘lchash. Ob-havoni kundalik kuzatish.
O‘lkamizda kuz (8 soat)
Yil fasllari. Fasllarning almashishi. Turli fasllarda Quyoshning ko‘rinma holatlari.
Kuz — hosil yig‘iladigan fasl. Paxta Vatanimiz boyligi. Paxta yig‘im-terimi.
Kuz noz-ne’matlari. O‘zbekiston bog‘larida, dalalarida etishtiriladigan meva-sabzavotlar. Hosilni yig‘ishtirib olish.
Ijtimoiy foydali mehnat. Maktab hovlisi va sinfxonani ozoda tutish. Maktab er uchastkasidagi ekin va daraxtlarni parvarish qilishda ishtirok etish.
Kuzda hasharotlar hayoti. Foydali va zararli hasharotlar. Chumolilarning hayoti.
O‘lkamizda uchraydigan qushlar. Hasharotxo‘r, donxo‘r, yirtqich (go‘shtxo‘r), hammaxo‘r qushlar. Qushlarning boshqa o‘lkalarga uchib ketishi va boshqa o‘lkalardan uchib kelishi.
O‘simliklarning qishga tayyorlanishi. Xazonrezgilik. Barglardan gerbariy tayyorlash.
Ona zaminimiz (5 soat)
Er sayyora. Globus. Erning Quyosh atrofida, Oyning Er atrofida aylanishi.
Er yuzasining tuzilishi. Er yuzidagi tog‘, tekislik va suvli joylar. O‘lkamizdagi tog‘ va tekisliklar.
Suv — hayot manbayi. Daryo, ko‘l, kanal va ariq suvlari.
Vaqt o‘lchov birliklari: yil, oy, hafta, sutka, soat, minut, sekund.
Qish (3 soat)
Kumush qish. Qishdagi ob-havo. Qish manzarasi.
Kishilarning qishdagi mehnati. Dalalarni bahorgi ekish mavsumiga tayyorlash. Issiq xonalarda ko‘chat tayyorlash.
Uy va hayvonlarning qishdagi hayoti. Fermalarda chorva mollarini parvarish qilish. O‘lkamizda qishlaydigan qushlar.
Dostları ilə paylaş: |