Umumiy o‘rta ta‘lim muassasalarida Aqliy rivojlanishida muammolari bo‘lgan bolalar uchun tashkil etiladigan korreksion sinflar uchun tayanch o‘quv dasturlari



Yüklə 225,44 Kb.
səhifə26/155
tarix09.05.2022
ölçüsü225,44 Kb.
#56934
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   155
adativ-dastur-engohiri

Mavzuiy rejalashtirish



Bo‘limlar nomi

Soatlar taqsimoti

Jami

Yangi mavzu

Takror lash




1.

O‘zbekiston Respublikasining Mustaqilligi kuni

3

3







2.

Maktab. Sinf. O‘quv qurollari

3

3







3.

Oltin kuz

4

4







4.

Oila

3

3







5.

Qish

9

9







6.

Uy va yovvoyi hayvonlar

2

2







7.

Assalom Navro‘z!

5

5







8.

Yoz fasli

3

3







9.

Mustahkamlash darsi

2




2




Jami

34

32

2





TABIIY FAN

Tushuntirish xati

“Atrofimizdagi olam” fani aqli zaif bolalarning borliq haqidagi tasavvurlarini shakllantirishni ko‘zda tutgan bo‘lib, uning mazmunida tabiat-inson-jamiyat tushunchalari bir-biriga uzviy holda aks etadi. Ushbu fan o‘quvchilarni jamiyatda mustaqil hayotga har tomonlama xususan, ijtimoiy-hayotiy, zarur ko‘nikmalarga ega shaxs sifatida shakllanishini ta‘minlashda asosiy o‘rinni egallaydi. O‘quvchilarda tabiatga, atrofda bo‘layotgan barcha hodisalar(harakatlar, voqealar, hayotiy vaziyatlar)ga bo‘lgan ongli (g‘amxo‘rlik, parvarish, asrash, to‘g‘ri va o‘rinli foydalanish, ishlab chiqarishda maqsadli ishtirok etish...) munosabatni shakllantirishdan oldin ularni atrof-muhit haqida (tabiat va undagi barcha jonli va jonsiz narsalar haqidagi) dastlabki-elementar bilim, ko‘nikma va malakalar bilan qurollantirish lozim.

Aqli zaif bolalarda ta‘limga qamrab olingunga qadar atrof muhit haqidagi tasavvurlarning cheklanganligi, ushbu fanni o‘qitish bir vaqtning o‘zida o‘quvchilarning so‘z-mantiq tafakkuri va nutqini shakllantirishni ham ko‘zda tutadi. Bundan tashqari ushbu fan mazmunida hayot xavfsizligi asoslarini va yo‘l harakati qoidalarini o‘rgatish yuzasidan talablar ham o‘z aksini topgan.

Demak ushbu o‘quv fanining asosiy vazifalari o‘quvchilarni:

- atrofdagi narsalar (predmetlar), tabiat va uning hodisalari bilan tanishtirish;

- atrofdagi narsalar (predmetlar), tabiat va uning hodisalari haqidagi tasavvurlarini tizimlashtirish, boyitish;

- tevarak-atrofdagi narsa va hodisalarni o‘z nomi bilan atashga o‘rgatish;

- tevarak-atrofdagi narsa va hodisalarning xususiyatlari, ahamiyati va insonlar hayotiga ta‘sirini anglash va farqlashga o‘rgatish;

- shaxs rivojlanishida muhim me’yor qoidalariga rioya qilishga o‘rgatish;

- ma‘naviy-axloqiy, iqtisodiy, xuquqiy, gigienik, estetik, mehnat, jismoniy, jinsiy, ekologik va x. tarbiya yo‘nalishlari bo‘yicha ko‘zda tutilgan talablarni tushunishga va ularga rioya qilishga o‘rgatish;

- atrofda yuz berayotgan voqea-hodisalarga ongli munosabatda bo‘lishga o‘rgatish;

- o‘zi va o‘zgalar (yaqinlari, tengdoshlari, oila-a‘zolari.....) hayoti, salomatligi va mehnatiga ma‘suliyatli munosabatda bo‘lishga o‘rgatish;

- o‘zi yashayotgan Vatan (respublika, viloyat, tuman, mahala, ko‘cha, xonadon)ga xos ma‘lumotlar, xususiy jihatlar(ramzlari, aholisi, iqlimi, mashhur shahar va qishloqlari, qahramonlari, ishlab chiqarishlari....) bilan tanishtirish orqali Ona Vatan mohiyatini anglashga o‘rgatishdan iboratdir.


Yüklə 225,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   155




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin