Atrofimizdagi tabiat (13 soat)
Quyosh. Quyosh yorug‘ligi va issiqligining atrofimizdagi tabiat uchun ahamiyati. Ob-havo. Yil fasllari. Yil fasllarida ob-havoning turlicha bo‘lishi.
Kuzda o‘simliklar hayoti. O‘simlik mevalarining pishishi, barglarining sarg‘ayishi va to‘kilishi. Kishilarning kuzdagi mehnati. Dala va bog‘larda hosillarning yig‘ib-terib olinishi.
O‘simliklar dunyosi. Madaniy va yovvoyi o‘simliklar. O‘simlik qismlari. Xona o‘simliklari. Xona o‘simliklarining o‘sish sharoiti. Bog‘da (hovlida, tomorqada) o‘stiriladigan gullar: atirgul, chinnigul, rayhon va boshqalar.
Hayvonot olami. Uy hayvonlari: qoramol, qo‘y, echki, ot, it, mushuk. Ularning odamlar uchun ahamiyati. YOvvoyi hayvonlar: bo‘ri, tulki, ayiq, yo‘lbars, sher, ilon, baliq, baqa va boshqalar. Qushlar: qaldirg‘och, chumchuq, mayna, qarg‘a, bulbul, sava, kabutar, musicha. Hasharotlar: kapalak, ninachi, pashsha, chivin, chigirtka, xonqizi, ari, asalari, o‘rgimchak.
Qish faslining manzarasi. Suvning muzlash hodisasi. Muzlagan suv havzalari ustida yurishning xavfliligi.
Dostları ilə paylaş: |