Umumiy o‘rta ta‘lim muassasalarida Aqliy rivojlanishida muammolari bo‘lgan bolalar uchun tashkil etiladigan korreksion sinflar uchun tayanch o‘quv dasturlari



Yüklə 225,44 Kb.
səhifə55/155
tarix09.05.2022
ölçüsü225,44 Kb.
#56934
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   155
adativ-dastur-engohiri

Texnik ma‘lumotlar. Gazlama turi va xususiyati. Inson hayotida gazlamaning o‘rni, ishlatilishi: ustki kiyimlar, ichki kiyim, kashta uchun ishlatiladigan gazlamalar. Gazlamaning farq qiluvchi tomonlari: qalin, yupqa, silliq, mayin, dag‘alroq. Gazlamaning o‘ng va teskari tomoni.

Ish usullari. Kerakli o‘lchamdagi andozani o‘qituvchi yordamida tayyorlash. Andoza yordamida gazlamani bichish. Gazlamani tejash. (Bo‘sh o‘zlashtiruvchi o‘quvchilarga o‘qituvchi tayyor bichilgan gazlama bo‘lagini beradi).

O‘quvchilar egallashi kerak bo‘lgan bilim, malaka va ko‘nikmalar:

Ishni mo‘ljallab olish, buyum namunasini uning asli, tasviri bilan mustaqil yoki qisman o‘qituvchi yordamida taqqoslash. Qiyin bo‘lmagan buyum ustida ish rejasini tuzish, murakkab buyumlarga o‘qituvchi savoliga ko‘ra reja tuzish.

Buyumni mustaqil yoki qisman o‘qituvchi yordamida bajarish. Reja bo‘yicha ishlash, o‘qituvchi yordamida bajarilayotgan ishni nazorat qilish. Bajarilgan ish yuzasidan mustaqil hisobot berish. O‘zi yasagan va o‘rtog‘i yasagan buyumlarni mustaqil tahlil qilish. Nutqida ishga doir atamalarni qo‘llash.

Qog‘ozni chamalay bilish. Geometrik shakllarni farqlay olishlari kerak. Nutqida fazoviy belgilarni bildiruvchi katta-kichik, baland-past, keng-tor, baravar, oldinda-orqada, yonida, tepasida-pastida kabi so‘zlarni qo‘llay olishlari kerak.




Yüklə 225,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   155




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin