O‘quvchilar egallashi kerak bo‘lgan bilim, malaka va ko‘nikmalar:
O‘qituvchi yordamida va mustaqil buyumni asli bilan solishtirish. Murakkab bo‘lmagan buyum yasash uchun mustaqil ravishda ish rejasini tuzish. Murakkab buyumlarga o‘qituvchi savollari orqali reja tuzish. Buyumni reja bo‘yicha bajarish.
O‘qituvchi yordamida ishning borishini nazorat qilish. Nutqida texnik atamalarni ishlatish, qog‘oz varog‘ida to‘g‘ri mo‘ljal ola bilish. Geometrik shakllarni bilish va nomini aytish. Buyumning joyini ko‘rsata olish: qarshisida, ostida yoki ustida.
Predmetning fazoviy holatini ko‘rsatuvchi so‘zlarni nutqda qo‘llash: katta-kichik, baland-past, keng-tor, teng, yonida, o‘rtasida, balandda, pastga.
Dostları ilə paylaş: |