Umumiy o‘rta ta‘lim muassasalarida Aqliy rivojlanishida muammolari bo‘lgan bolalar uchun tashkil etiladigan korreksion sinflar uchun tayanch o‘quv dasturlari



Yüklə 225,44 Kb.
səhifə47/155
tarix09.05.2022
ölçüsü225,44 Kb.
#56934
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   155
adativ-dastur-engohiri

Texnik ma‘lumotlar. Ipning xususiyatlari, qalinligi, rangi, ranglarning uyg‘unlashuvi. Ip uchun ishlatiladigan asboblar igna, qaychi, ninani saqlash yostiqchasi ish joyini tashkil etish. Qaychi, igna bilan ishlaganda ehtiyot choralari.

Ish usullari. Asboblarni to‘g‘ri ushlash, angishvonadan foydalanish. Ignaga ip o‘tkazish. Ignada tikish usullari “Ustiga”, “Tagiga”.

Mustahkamlash darsi (4 soat).

Mavzuiy rejalashtirish



Bo‘limlar nomi

Soatlar taqsimoti

Bo‘lim

Yangi mavzu

Tak-lash

I bo‘lim

1

Tayyorlov davri

17

2




2

Plastilin yoki loy bilan ishlash

7




3

Tabiiy materiallar bilan ishlash

3




4

Qog‘oz bilan ishlash

5




II bo‘lim

5

Loy yoki plastilin bilan ishlash

14

3




6

Tabiiy materiallar bilan ishlash

4




7

Qog‘oz bilan ishlash

7




III bo‘lim

8

Loy yoki plastilin bilan ishlash

17

4




9

Tabiiy materiallar bilan ishlash

4




10

Qog‘oz bilan ishlash

5




11

Ip bilan ishlash

4




IV bo‘lim

12

Loy yoki plastilin bilan ishlash

14

5




13

Qog‘oz bilan ishlash

5




14

Ip bilan ishlash

4




15

Mustahkamlash darsi

4




4

Jami

66

62

4


2-SINF (68 soat)

I. Bo‘lim (18 soat)

Kirish darsi (2 soat). Qo‘l mehnati darslarida bajariladigan ishlar haqida suhbat. Ish vaqtida ishlatiladigan asbob va materiallar bilan tanishtirish. Dars vaqtida o‘zini tutishga qo‘yiladigan talablar.

Asbob va moslamalarni ehtiyot qilish, ularni asrash. Texnika xavfsizligi qoidalariga va gigiyena talablariga rioya qilish to‘g‘risida ko‘nikma malakalar hosil qilish.



Loy yoki plastilin bilan ishlash (4 soat). Amaliy ish. Loydan yasalgan buyumlar bilan o‘quvchilarni tanishtirish. Geometrik shakllarni yasash: kub, parallelapiped. Namuna bo‘yicha “Bizning hovli” kompozitsiyasini yasash (uyning devori kub shaklida, tomi to‘g‘ri to‘rtburchak). Plastilindan uy jihozlari yasash: stul, divan

Texnik ma‘lumotlar. Loy va plastilinning xususiyatlari. Xavfsizlik qoidalari, ish joyini tashkil etish.

Ish usullari. Tekislik va geometrik jism qirralariga tayoqcha bilan ishlov berish. Ko‘z bilan chamalab buyumning uzunligi, balandligi, kengligini aniqlash.

Tabiiy materiallar bilan ishlash (5 soat). Amaliy ish. Tabiatga sayohat (tabiiy materiallar yig‘ish). Quritilgan barglardan applikatsiya yasash: xo‘roz, gul va hayvon shakllari. O‘simlik urug‘lari va danaklar yordamida applikatsiya yasash.

Texnik ma‘lumot. Ishlash uchun foydalanilayotgan materiallarning xususiyatlari, rangi, shakli, pishiqligi.

Ish usullari. Buyumlarni yelim, plastilin yordamida yopishtirish.

Qog‘oz va karton bilan ishlash (3 soat). Amaliy ish. Qog‘ozdan konvert yasash, applikatsiya bilan bezash (o‘simliksimon naqsh yoki geometrik shakldagi applikatsiya bilan). Bir nechta qog‘oz bo‘lagidan gilamcha to‘qish. Kartondan ko‘rgazmali qurollar tayyorlash (turli sabzovot, mevalar shaklida). Yupqa kartonga andoza bo‘yicha belgi qo‘yish. Kartonni to‘g‘ri va egri chiziq bo‘ylab qirqish.

Texnik ma‘lumot. Qog‘ozning xususiyatlari: yirtiladi, bukiladi, qog‘ozga rasm chiziladi, yoziladi, yelimlanadi. Qog‘oz turlari: rangli qog‘oz, albom qog‘ozi va hokazo. Kartonning xossasi va xususiyatlari: egiladi, bukiladi, bukilgan joyidan sinadi, qirqiladi, namlikni shimadi, qog‘ozga nisbatan pishiq, qalin. Kartonni qog‘oz bilan yelimlash qoidasi. Yelim tarkibi (PVA yelimi, silikat yelim).

Ish usullari. Karton hajmi bo‘yicha yelim surkash. Belgi bo‘yicha kartonni qaychi bilan qirqish.

Ip bilan ishlash (4 soat). Tikuvchilik ustaxonasiga ekskursiya. Iplarni bog‘lash, uzish va qirqishga doir mashqlar. Ipni kalava qilib o‘rash, ipdan gul hosil qilish, ip bog‘lamlaridan odam shaklini yasash (qo‘g‘irchoq).

Texnik ma‘lumotlar. Ipning xillari: ip, tasma, chizimcha, arqon va kanopning qo‘llanilishi. Ipning xususiyatlari: rangi, qalinligi, uziladi, qirqiladi, o‘riladi.

Ish usullari. Ipni tugun qilish, ipni bantik qilib bog‘lash, ipni kalava qilib o‘rash. Karton qog‘ozcha ustida ipni kvadrat, doira shaklida o‘rash, kesish.


Yüklə 225,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   155




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin