Texnik ma‘lumot. Qog‘oz rangining tuslari bilan tanishtirish naqshlarda qog‘oz ranglarining uyg‘unligi. Applikatsiya tuzish qoidalari.
Ish usullari. Andoza bilan ishlash, yirtib applikatsiya hosil qilish usullari. Qaychi bilan to‘g‘ri va egri chiziqlarni qirqish. Applikatsiya elementlarini ijodiy joylashtirish va tartibli yelimlash.
Ip bilan ishlash (4 soat).Kirish darsi: ip turlari, hususiyatlari va hossalari (qalin, ingichka). Tikuvchilik ustaxonasiga ekskursiya. Ishlatiladigan asboblar bilan tanishish. Ipni uzish va qirqishni mashq qilish. Igna bilan ishlaganda ehtiyot choralari.
Amaliy ish. Qalin rangli ipdan arqon tayyorlsh. 3 ta yoki 4 ta bo‘lak ip o‘ramidan soch o‘rish. Botinka ipini bog‘lash. Kim botinka ipini tezroq bog‘laydi o‘yini (kartonda mashq qilish). Ipdan popuk hosil qilish va hatcho‘p tayyorlash.