Texnik ma‘lumotlar. Ipning ishlatilishi, sanitariya gigiyena talablariga rioya qilish, qaychi bilan ishlaganda texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilish.
Ish usullari. Ipni bog‘lash yo‘li bilan oddiy buyumlar tayyorlsh.
IV.Bo‘lim (14 soat)
Loy yoki plastilin bilan ishlash (5 soat). Namuna bo‘yicha idish yasash: payola, kosa. Odam qomatini turli xolatda yasash. Hayvonot bog‘i kompoitsiyasini yasash (Jirafa, Oq ayiq). Namuna bo‘yicha, ertaklar uchun maket tayyorlash. “Sholg‘om”. Tasavvur bo‘yicha, jamoa va guruh bilan ishlash. Kuchli o‘quvchilar murakkabroq detallarni, bo‘shroq o‘quvchilar murakkab bo‘lmagan qisimlarni (sholg‘om) yasaydilar.