Qog‘oz va karton bilan ishlash (6 soat). Amaliy ish. “Paxta” applikatsiyasini yasash. Andoza yordamida barg va paxta ko‘sagini, paxtani yasash. Namuna bo‘yicha tekis qo‘g‘oz bo‘lagidan hajmli o‘yinchoqlar yasash “Jo‘ja“, “Mushukcha”. Hajmli archa o‘yinchoqlar yasash. Qog‘ozdan qor parchalari yasash (andoza yordamida).
Texnik ma‘lumotlar.Qog‘ozning xillari va xususiyatlari. Archa o‘yinchoqlari uchun ishlatiladigan qog‘ozlar.
Ish usullari. Qog‘ozga andoza bo‘yicha belgi qo‘yish, teng belgilash. Buyumni bir necha qavat qilib buklash, qaychi bilan aylana bo‘yicha qirqish (egri chiziqlar bo‘ylab). Applikatsiya bo‘laklarini yelimlash, archa o‘yinchoqlari uchun ipni ilgak qilib mahkamlash.