Umumkasbiy va iqtisodiy fanlar



Yüklə 91,85 Kb.
səhifə12/13
tarix02.01.2022
ölçüsü91,85 Kb.
#37338
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
7A-18 KEM Anorboyev A

10. Standartlashtirish tоg‘risidagi Respublika qonuni

Prezidentimiz tomonidan 1993 yilning 28 dekabrida imzolangan “Standartlashtirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni standartlashtirish bo‘yicha qoidalar, me’yoriy hujjatlar, standartlar ustidan davlat nazorati, unga doir ishlarning moliyaviy ta’minoti va ularning hayotga tadbiq etilishi, standartlashtirish bo‘yicha ishlarni o‘tkazishning yanada yuqoriroq rivojlanish bosqichiga ko‘tarilishiga asos bo‘ldi.

“Standartlashtirish to‘g‘risida” qonun 5 bo‘limdan iborat bo‘lib, bu bo‘limlar 12 moddani o‘z ichiga olgan. Respublikamizda standartlashtirish tizimi, standartlashtirish ishlarini o‘tkazish, qonun hujjatlari, xalqaro shartnomalar, me’yoriy hujjatlar, davlat nazorat organlari, davlat inspektorlari, ularning huquqlari va javobgarligi, standartlashtirish va nazorat qilishga doir ishlarning moliyaviy ta’minoti, standartlarni qo‘llashni rag‘batlantirish bo‘yicha keng ma’lumotlar berilgan.

Qonunga muvofiq standartlashtirish ishlarini o‘tkazishning umumiy qoidalarini, manfaatdor tomonlarning davlat boshqaruv organlari, jamoat birlashmalari bilan olib boriladigan hamkorlikdagi ishining shakl va usullarini “O‘zstandart” agentligi belgilaydi.

Respublikamizda standartlashtirish ishlarini o‘tkazishning umumiy texnik qoidalarini tartibga solib turuvchi davlat standartlashtirish tizimi faoliyat ko‘rsatadi. Shuningdek, qonunga muvofiq davlat boshqaruv organlari o‘z vakolatlari doirasida standartlar va texnik shartlarni ushbu qonunni qo‘llashga doir yo‘riqnomalar va izohlarni ishlab chiqadilar, tasdiqlaydilar, nashr etadilar. Standartlarni nashr qilish va qayta nashr etishni ularni tasdiqlagan organlar amalga oshiradilar.

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasida standartlashtirishga doir me’yoriy hujjatlar, shuningdek standartlashtirish qoidalari, normalari, texnik – iqtisodiy axborot klassifikatorlarini ishlab chiqish va qo‘llash tartibi “O‘zstandart” tomonidan belgilanadi.

Qonunning II bo‘lim 6 – moddasiga binoan standartlashtirishga doir me’yoriy hujjatlar vatanimiz hamda chet el fan va texnikasining zamonaviy yutuqlariga asoslangan va O‘zbekiston Respublikasining manfaatlari himoya qilinishini va ishlab chiqarilayotgan mahsulotning raqobat qila olish imkonini ta’minlash uchun asosli hollarda standartlarda istiqbolga mo‘ljallangan, an’anaviy texnologiyalarning imkoniyatlaridan ildamlashgan dastlabki talablar belgilab qo‘yilishi alohida ko‘rsatilgan.

Qonunda davlat yo‘li bilan stndartlashtirish va nazorat qilishga doir ishlarning moliyaviy ta’minoti, mahsulot ishlab chiqarishni amalga oshirayotgan va mahsulotlarni standartlarga muvofiqlik belgisi bilan tamg‘alash huquqini olgan xo‘jalik faoliyati sub’ektlarini iqtisodiy qo‘llab – quvvatlash va rag‘batlantirish chora – tadbirlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanishi ko‘rsatilgan.



Xulosa.

Standart - bu standartlashtirish ob'еktlariga qoida, tartib va mе'yorlar majmuasini qo’yuvchi maxsus tashkilot tomonidan tasdiqlangan standartlashtirish bo’yicha mе'yoriy-tеxnik hujjatdir. Bu hujjatlar fan va tеxnika, ilg’or tajriba yutuqlari asosida ishlab chiqiladi. Ular jamoat uchun ma'qul еchimlarni nazarda tutishi kеrak. Standart moddiy ob'еktlar (masalan, boltlar, gaykalar, podshipniklar va h.k.) hamda mе'yorlar, qoidalar, tashkiliy- uslubiy ob'еktlariga va umumtеxnik xaraktеrdagi (masalan, chizmachilik shrifti, chizmalar uchun o’ziga xos shakl) talablar uchun ham ishlab chiqilishi mumkin. Ta'sir doirasi, tarkibi va tasdiqlanish darajasi bo’yicha standartlar katеgoriyalar va turlarga bo’linadi. Stаndаrtlаr fаn, tеxnikа vа tаjribаlаrning umumlаshtirilgаn nаtijаlаrigа аsоslаngаn vа jаmiyat uchun yuqоri dаrаjаdаgi fоydаgа erishishgа yo‘nаltirilgаn bo‘lishi kеrаk.

Stаndаrtlаr dаrаjаsigа qаrаb, hаlqаrо, mintаqаviy dаvlаtlаrаrо, milliy vа kоrxоnа miqyosidа fаоliyat ko‘rsаtаdi.

Mаzkur stаndаrt stаndаrtlаshtirishning аsоsiy vаzifа vа mаqsаdini, stаndаrtlаshtirish ishlаrining tаshkil etilishi vа аsоsiy qоnun-qоidаlаrini, mе’yoriy hujjаtlаrning tоifаsini, stаndаrtlаr turlаrini, xаlqаrо hаmkоrlik bo‘yichа аsоsiy qоidаlаrni, stаndаrtlаr vа tеxnikаviy shаrtlаrning qo‘llаnishini, stаndаrtlаrgа vа o‘lchаsh vоsitаlаrigа nisbаtаn dаvlаt nаzоrаtini bеlgilаydi.




Yüklə 91,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin