1. bob. Ekologik ekspertizaning huquqiy asoslarining tizimlari



Yüklə 139,38 Kb.
səhifə1/9
tarix25.12.2023
ölçüsü139,38 Kb.
#196683
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Ekologik ekspertiza munosabatlar

Reja:
Kirish ………………………………………………………………………………3


1.BOB. Ekologik ekspertizaning huquqiy asoslarining tizimlari…………………..5
1.1. Ekologik ekspertiza munosabatlari qatnashchilarining huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi…………………………………………………...…5
1.2.Ekologik ekspertiza turlari to’g’risida tushuncha……………………………...9
2. BOB. Davlat ekologik ekspertizasini tashkil etish va o’tkazish O’zbekistonning atrof tabiiy muhiti va tabiiy resurslari…………………………………………….11
2.1.Atrof-muhitni huquqiy muhofaza qilish zarurati…………………………….11
2.2. Ekologiya huquqining ob'yekti ……………………………………………...16
2.3. Ekologiya huquqining boshqa huquq sohalaridan farqi……………………...23
Xulosa ……………………………………………………………………….……28
Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………………………...33

Kirish
Ma’lumki, konstitutsiyaviy normalarning ekologik siyosatni amalga oshirishdagi o‘rni va ahamiyati beqiyos. Aynan Asosiy qonunda davlat organlari va jamoat birlashmalarining ekologik faoliyatini shakllantirish bo‘yicha asosiy prinsiplari mustahkamlanadi, fuqarolarning ekologik burchlari belgilanadi, jamiyatning ekologik barqaror rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlari o‘rnatiladi va h.k.
Konstitutsiyaviy normalar tizimi jamiyat va tabiatning o‘zaro aloqasi chog‘ida yuzaga keladigan va tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlar tavsifidan kelib chiqib, shartli ravishda ikki qismga – umumiy va maxsus ekologik normalarga bo‘linishi mumkin.
Umumiy konstitutsiyaviy normalar demokratik-huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etishda, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyatini tashkil etishning asosiy prinsiplarini belgilashda, fuqarolarning asosiy huquq va erkinliklarini kafolatlashda, ekologik huquq-tartibotni mustahkamlashda dolzarb ahamiyat kasb etadi.
Xususan, Konstitutsiyamizning 10-bobi inson va fuqarolarning huquq va erkinliklari kafolatlariga bag‘ishlangan bo‘lib, unda davlatning fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlangan (shu jumladan ekologik) huquqlarini kafolatlashi belgilangan.
Shuningdek, Asosiy Qomusimizning beshinchi bo‘limida davlat hokimiyatini tashkil etishning asosiy qoidalari belgilangan bo‘lib, ushbu normalar ekologik qonunchilikning shakllanishi va shu sohadagi davlat organlarining tashkil etilishida muhim huquqiy negiz bo‘lib xizmat qiladi.
Yuqoridagilardan tashqari Konstitutsiyamizda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining vakolatlari ham belgilangan bo‘lib, ushbu normalar mazkur organlarning ekologiya sohasidagi vakolatlarining huquqiy maqomini belgilovchi milliy qonun hujjatlarining rivojlanishi uchun asos bo‘ladi.
Umumiy konstitutsiyaviy normalarning ahamiyati yana shu bilan belgilanadiki, birinchidan, ularda ekologik munosabatlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri tartibga solinmagan; ikkinchidan, ushbu normalar ekologik qonunchilikning shakllanishi va rivojlanishida muhim ahamiyatga bo‘lgan asosiy qoidalarni belgilab beradi.
Shu o‘rinda amerikalik huquqshunoslar mamlakat Konstitutsiyasini ekologiya huquqi normalari shakllanadigan huquqiy tizim uchun asos bo‘lib xizmat qiluvchi “bilvosita manba” sifatida ta’riflaydilar. AQShning ekologik qonunchilikni ishlab chiqishda inobatga olinishi lozim bo‘lgan barcha umumiy konstitutsiyaviy normalarini uch yirik guruhga ajratishimiz mumkin: 1) atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish sohasida huquqiy tartibga solishni amalga oshirish bo‘yicha Kongress vakolatlarini belgilovchi normalar; 2) ushbu vakolatni chegaralovchi normalar; 3) atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish sohasini huquqiy tartibga solishga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan fuqarolarning huquqlariga oid normalar. AQSh ekologik qonunchiligida asosiy o‘rinni konstitutsiyaviy qoidalarni sud sharhi egallaydi hamda u ekologik munosabatlarni har qanday sohada qo‘llashni nazarda tutadi.



Yüklə 139,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin