1. bob. Ekologik ekspertizaning huquqiy asoslarining tizimlari


Ekologiya huquqining boshqa huquq sohalaridan farqi



Yüklə 139,38 Kb.
səhifə8/9
tarix25.12.2023
ölçüsü139,38 Kb.
#196683
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Ekologik ekspertiza munosabatlar

2.3. Ekologiya huquqining boshqa huquq sohalaridan farqi
muayyan davlatlarning ichki ekologik-huquqiy munosabatlarni tartibga solishda xalqaro huquq normalarini keng qo'llanishidadir. Chunki ekologik xavf-xatar, inqirozli vaziyat yoki tabiiy-antropogen ofat hech qanday ma'muriy chegaraga bo'ysunmaydi. Ularga xalqaro hamjamiyat va tashkilotlar, davlatlararo qabul qilingan huquqiy hujjatlar kiradi. Masalan: 1963 yilda qabul qilingan «Atom qurolini sinovdan o'tkazishni taqiqlash to'g'risida»gi shartnoma, «Tabiiy muhitga harbiy va boshqa har qanday adovatli ta'sir qiluvchi maqsadlarda foydalanishni taqiqlash» 1985 yilgi «Vena konvensiyasi», 1997 yil 28 fevralda qabul qilingan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining «Almati deklaratsiyasi» kabi xartiya, rezolyutsiya, bitim, kelishuvlar kiradi.Yuqorida ko'rsatilgan xalqaro normativ hujjatlar O'zbekiston Respublikasida amal qilishi uchun vakolatlangan shaxslar tomonidan imzo chekilgan bo'lishi va albatta, Oliy Majlis tasdig'idan o'tishi (ratifikatsiya qilinishi) lozim. Aynan shunday holatdagina O'zbekistonda xalqaro huquq me'yorlari milliy qonun me'yorlariga nisbatan ustivorlik prinsipiga ega bo'ladi, ya'ni tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanishda birinchi galda qo'llaniladi.
Atrof-muhitni huquqiy muhofaza qilish uchun tegishli davlat organlari tomonidan qabul qilingan huquqiy me'yorlarning qo'llaniladigan joylari, ya'ni huquqiy doirasi mavjud va ular uch qismga ajratiladi: mahalliy, davlat, xalqaro miqyosda.
Mahalliy miqyosda tatbiq qilinadigan ekologik me'yoriy hujjatlar O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 68 va 69-moddalarida aks ettirilgan ma'muriy-hududiy birliklar - Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumardar, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar va ovullar bo'yicha qabul qilinadi va qo'llaniladi.
Davlat miqyosida tatbiq qilinadigan ekologik me'yoriy hujjatlar butun davlat, ya'ni O'zbekiston Respublikasi bo'yicha qabul qilinadi va qo'llaniladi hamda milliy ekologik xavfsizlikni ta'minlashga yo'naltirilgan bo'ladi. Ularni qabul qilish va ijrosini nazorat etish faqatgina davlatning markaziy organlari zimmasidadir.
Xalqaro miqyosdagi ekologik me'yoriy hujjatlar ikki va undan ortiq davlatlar hududidagi mintaqa, qit'a yoki kurraviy ekologik xavfsizlikni ta'minlashga yo'naltirilgan bo'ladi. UJarning ijrosini ta'minlash ishtirokchi(tegishli) davlatlar yoki vakolatlangan xalqaro tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi.
Jamoat ekologik ekspertizasi
Jamoat ekologik ekspertizasi jamoat tashkilotlari (uyushmalari), fuqarolar, shuningdek maxalliy boshqaruv organlari (maxallalar) tashabbusi bilan tashkil etiladi va o’tkaziladi. U ekologik asoslanish talab qilinadigan har qanday faoliyat sohasida nodavlat, notijorat tashkilotlarining va fuqarolarning ishtirokida o’tkaziladi. Qonunga binoan ekologik ekspertizani amalga oshirishga to’sqinlik qilish taqiqlanadi.
Jamoat ekologik ekspertizasi qonun bilan muhofaza qilinadigan davlat, kommersiya (tijorat) sirlari bo’lmagan ma’lumotlarga ega bo’lgan ob’ektlar uchun o’tkazilishi mumkin. Bu ekspertiza davlat ekologik ekspertizasi o’tkazilishidan qathiy nazar, ungacha, u bilan bir vaqtda yoki undan keyin amalga oshirilishi mumkin.
Jamoat tashkilotlari(uyushmalari) qonun xujjatlariga muvofiq quyidagi xuquqlarga ega: ekologik ekspertiza uchun zarur bo’lgan xujjatlarni buyurtmachidan olishga; jamoat ekologik ekspertizasi xulosalari davlat ekologik ekspertizasi komissiyalarining majlislarida muhokama qilinayotganda o’z vakillari bilan kuzatuvchi sifatida qatnashishga.
Jamoat ekologik ekspertizasi uni o’tkazish to’g’risida jamoat tashkilotlarining (uyushmalarining) arizasi davlat ro’yhatidan o’tkazilgan taqdirda amalga oshiriladi. Jamoat ekologik ekspertizasining xulosasi tavsiya xususiyatiga ega bo’ladi. Bu xulosalar ommaviy axborat vositalaridan ehlon qilinishi va manfaatdor tomonlar va shaxslarga berilishi mumkin.

Ekologik audit


Ekologik audit konkret ob’ektda atrof tabiiy muhitning holatini baholash faoliyatidir. Ekologik audit atrof muhitning qulay shart-sharoitini ta’minlashning muhim ekologik iqtisodiy vositasidir. U atrof tabiiy muhit xolatiga salbiy ta’sir ko’rsatayotgan, ishlab turgan korxonalar va boshqa ob’ektlarni mustaqil ekologik ekspertiza qilish faoliyati hisoblanadi.
Dunyoning ko’plab mamlakatlarida ekologik audit protsedurasi korxonalar yoki boshqa xo’jalik ob’ektlari to’g’risida ekologik axborot olish va uni baholashning muhim vositasi hisoblanadi va ekoaudit axborotlari boshqarishning turli bug’inlarida turli tadbirlarni ishlab chiqib, amaliyotga joriy etishda keng qo’llaniladi. O’zbekistonda ekologik audit protsedurasining rivojlanishi va qo’llanilishi faqat so’nggi yillarda amalga oshirilmoqda.
Ekologik ekspertiza uchun muhim ahamiyatga ega bo’lgan va xorijiy davlatlarda rivojlangan ekoauditning quyidagi asosiy yo’nalishlarini ko’rsatish mumkin:

  1. Standartlarga rioya qilish auditi. U atrof muhit sifat ko’rsatkichlarini milliy va xalqaro standartlar bilan taqqoslab, korxonalar uchun zarur chora tadbirlarni tavsiya etadi.

  2. Javobgarlik auditi. Unga muvofiq atrof muhitga yetkaziladigan zararning xavf xatari bo’yicha javobgarlik aniqlanadi.

  3. Ekologik sug’urtalashdagi audit. U sug’urtalash shartnomalarini tuzish, ekologik xavf xatarni kamaytirish bo’yicha preventiv (oldini oluvchi) tadbirlar rejasini ishlab chiqishda, ekologik sug’urta xodisalari sodir bo’lgandagi zararni hisoblashda, atrof muhitning ifloslanishiga bog’liq xolda korxonalarga dahvo qo’zg’atishda amalga oshiriladi.

  4. Ekologik sertifikatsiya tizimidagi audit. U sertifikatsiya ob’ektlarining belgilangan ekologik talablarga (standart, normativlarga) mos kelishini baholaydi.

  5. Hududlar auditi. U hududlar ekologik xolatini aniqlash maqsadlarida amalga oshiriladi.

  6. Mahsulotni bo’lish to’g’risidagi bitimlarni tayyorlashdagi audit. Bu ekoaudit turi mo’ljallanayotgan investitsiyalash ob’ektlarini ekologik nuqtai nazardan to’liqroq o’rganish maqsadida o’tkaziladi. Bunda audit vazifasiga to’proq, o’simlik va xayvonot olami resurslarini tadqiq etish, ilgari yetkazilgan ekologik zararni, atrof muhitning buzilgan ob’ektlarini tiklash qiymati, atrof muhitga salbiy ta’sirning normativdan ortiq xarajatlarini bartaraf etish va boshqalarni baholash kiradi.

Xozirgi vaqtda qabul qilingan protseduraga muvofiq ekologik auditni bajarilishi shart bo’lgan va tashabbusli kabi turlarga bo’lish mumkin.
Bajarilishi shart bo’lgan ekoauditga quyidagilar kiradi:

  • atrof tabiiy muhit soxasida xalqaro majburiyatlarni amalga oshirishda foydalaniladigan ekoaudit;

  • davlat organlarining topshirig’iga muvofiq, shu jumladan korxonalarning ekologik sanatsiyasini asoslash uchun o’tkaziladigan ekoaudit.

  • davlat korxonalarini xususiylashtirishda ekologik omilni xisobga olish uchun o’tkaziladigan ekoaudit;

  • iqtisodiy sub’ektlarning bankrotligi protsedurasini amalga oshirishda o’tkaziladigan ekoaudit;

  • majburiy ekologik sug’urtalashni amalga oshirishda o’tkaziladigan ekoaudit;

  • investitsiyalash sharoitlarida ko’zda tutilgan investitsiya loyixalari va dasturlari tayyorlash va asoslashda o’tkaziladigan ekoaudit.

Bu turdagi ekoaudit davlat ekologik ekspertizasi qiroriga binoan, shuningdek, atrof muhitga ta’sirni baholash protsedurasi jarayonida amalga oshirilishi mumkin. O’z navbatida, tashabbusli ekoaudit iqtisodiy sub’ekt rahbarlari yoki boshqa qaror qabul qiluvchi shaxslar qaroriga muvofiq o’tkaziladi.
Boshqa tomondan ekologik auditni ichki va tashqi turlarga bo’lish mumkin. Ichki ekoaudit ixtiyoriy xarakterda bo’ladi va korxonaning o’z tashabbusiga ko’ra o’tkaziladi. Tashqi audit esa, qoida tariqasida, majburiy asosda o’tkaziladi.
Ekologik auditni o’tkazishning asosiy printsiplari quyidagilar: auditning xolisligi va ob’ektligi; professionallik va kompetentlik; auditni o’tkazishda olingan axborotlarning konfidentsialligi (maxfiyligi); auditning auditor hisobati va auditor xulosasi uchun javobgarligi; ekologik audit dasturini rahbariyat yoki auditlashtirilayotgan ob’ekt egasining qo’llab quvvatlanishi; aniqlangan kamchiliklarni albatta bartaraf etish choralarini ko’rish.
Ekologik auditning asosiy vazifalariga xalqaro amaliyotni hisobga olgan holda quyidagilarni kiritish mumkin:

  • tabiatdan foydalanish va atrof muhitni muhofaza qilish sohasida xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyati to’g’risida ishonchli axborotlarni olish, ekologik toza texnologiya va mahsulotning ekologik markirovkasini joriy etish hisobiga jahon bozoridan ularning raqobatbardoshligini oshirish;

  • xo’jalik faoliyati sub’ektlari, sug’urta va moliya-kredit tashkilotlarining moliyaviy xavf xatarini kamaytirish;

  • tabiatdan foydalanishni tartibga solishning asosiy yo’nalishlari instrumentini barpo etish;

  • atrof muhit sohasidagi faoliyatni boshqa faoliyat tirnoqlari bilan integratsiyalash «ekologik» xisobchilikni yuritish;

  • xamma tan olgan xalqaro printsiplar, metod va protseduralarni amaliyotda hisobga olish va qo’llash;

  • ekologik buxgalteriya xisobi va audit bo’yicha bilimdon mutaxassislarni tayyorlash va tajribali mutaxassislarni jalb etish.

O’zbekistonda ekologik auditga talab oshib borayotganligi sababli uni keng miqyosda rivojlantirish tadbirlarini kompleks amalga oshirish lozim.


Xulosa
Ma’lumki, o‘tgan asrning so‘nggiga kelib ekologik xavfsizlik masalasi milliy va mintaqaviy chegaralardan chiqib, global muammo tusini oldi. Aholi soning oshib borishi barobarida tabiiy resurslarga bo‘lgan ehtiyojning ortishi, fan va texnika, sanoat korxonalarining jadal rivojlanishi, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining kimyolashtirilishi atrof-muhitga, inson salomatligiga, o‘simlik va hayvonot olamiga, atmosfera havosiga, suv havzalariga, yer osti suvlarining tabiiy aylanishi va tuproq holatiga salbiy ta’sirini ko‘rsatmasdan qolmadi.
Sanoat korxonalaridagi filtrlash tizimlari, ya’ni tozalash qurilmalarining talab darajada ishlamasligi ham ulardan chiqadigan zararli moddalar miqdori ko‘payishiga imkon bermoqda. Atmosfera havosiga chiqarilayotgan minglab tonna tashlanmalar yillar davomida yomg‘ir, qor, shamol va boshqa omillar ta’sirida tuproq qoplamiga tushib, kimyoviy ifloslanish darajasi ko‘tarilishiga olib keldi.
Ekologik ekspertiza esa mana shunday hayotiy zaruriyatdan kelib chiqib tashkil qilingan muhim faoliyat hisoblanadi.
Davlat ekologik ekspertizasini o‘tkazishni tashkil etish bo‘yicha vakolatli organ O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi hisoblanib, davlat ekologik ekspertizasi qo‘mita tarkibidagi ixtisoslashtirilgan ekspert bo‘linmalari tomonidan amalga oshiriladi.
Bu xizmat hozirgi globallashuv davrida dolzarb ahamiyatga ega. Binobarin, ekologik ekspertiza deganda rejalashtirilayotgan yoki amalga oshirilayotgan xo‘jalik va boshqa xil faoliyatning ekologik talablarga muvofiqligini belgilash hamda ekologik ekspertiza ob’ektini ro‘yobga chiqarish mumkinligini aniqlash tushuniladi.
Sanoat korxonalarining davlat ekologik ekspertizasini o‘tkazish majburiy talab hisoblanadi.
Atrof-muhitni baholash jarayonida, birinchi navbatda, insoniyat sog‘lig‘iga, shuningdek, atrof-muhitning tarkibiy qismlari bo‘lgan yer, yer qa’ri, tuproqlar, yer usti va yer osti suvlari, atmosfera havosi, azon qatlami, flora va fauna hamda shu kabi boshqa tabiat omillariga salbiy ta’sirini o‘rganish va uni amalga oshirilishini mumkinligi to‘g‘risida qaror qabul qilishni tushunishimiz kerak.
Ma’lumot uchun aytadigan bo‘lsak, O‘zbekistonda davlat ekologik ekspertizasini o‘tkazish bundan 24 yil avval, ya’ni 1997 yili joriy etilgan. Dastlab O‘zbekiston Respublikasining «Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi Qonuni huquqiy asos bo‘lgan bo‘lsa, 2000 yil 25 mayda «Ekologik ekspertiza to‘g‘risida»gi Qonun qabul qilindi.
Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 31 dekabrdagi qaroriatrof-muhitga ta’sirni baholash va davlat ekologik ekspertizani yanada takomillashtirishdagi muhim qadam bo‘ldi. Bejiz bu hujjatga to‘xtalayotganimiz yo‘q, chunki ushbu qaror bilan ilk bor mamlaktimizda davlat ekologik ekspertizasi to‘g‘risidagi Nizom bilan birgalikda ekspertizadan o‘tkaziladigan korxonalar ro‘yxati tasdiqlandi.
Bunda, atrof-muhitga ta’sir ko‘rsatishi bo‘yicha faoliyat turlari yuqori darajadagi xavfli bo‘lgan I toifa, o‘rta darajadagi xavfli bo‘lgan II toifa, past darajadagi xavfli bo‘lgan III toifa hamda mahalliy ta’sir ko‘rsatuvchi IV toifaga mansub ob’ektlar sifatida tasniflandi.
Ekologik ekspertizani o‘tkazish jarayonida mo‘ljallanayotgan faoliyatning atrof-muhitning tarkibiy qismlariga, shu jumladan, inson sog‘ligiga ta’siri kabi qator me’yorlarga amal qilinishiga ham e’tibor qaratish zarur bo‘lgan jihat sanaladi. Masalan, «Davlat ekologik ekspertizasi markazi» tomonidan 2006 yildan 2020 yilga qadar atrof-muhitga ta’sir ko‘rsatishning I, II, III, IV toifalariga mansub bo‘lgan korxona va tashkilotlarning 18 043 tasiga ijobiy xulosalar taqdim etilgan, 4 269 tasiga esa xulosalar qayta ishlash uchun qaytarilgan.
Ko‘p narsa solishtirganda, taqqoslaganda bilinadi. Tahlillarga ko‘ra, 2000 yillarning boshida ekologik ekspertizaga yiliga jalb qilingan korxonalar soni o‘rtacha 4-5 mingtani tashkil qilgan bo‘lsa, bugungi kunga kelib ushbu ko‘rsatkich 20-25 mingni tashkil qilmoqda.
Raqamlarga e’tibor beradigan bo‘lsak, bugungi kunda respublika hududida atmosfera havosini ifloslantiruvchi 171 ta modda, yer va suv ob’ektlariga 84 turdagi oqova hamda faoliyat natijasida hosil bo‘ladigan 146 turdagi chiqindilarning doimiy nazorati yuritiladi.
Yildan yilga ekologik ekspertizani o‘tkazish bo‘yicha o‘sishni ko‘rishimiz mumkin. Masalan, 2021 yilning 1 choragi davomida 603 ta loyiha xujjatlari kelib tushgan.Bu loyihalarning atrof-muhitga ta’siri o‘rganib chiqilganda, 102 ta loyihaningatrof-muhitga salbiy ta’siri yuqori bo‘lganligi sababli ularni bartaraf etish uchun qaytarilgan, 6 ta loyihani ro‘yobga chiqarish uchun rad javobilari berildi.
Shu o‘rinda, bu turdagi faoliyatlarni aholi yashash hududlaridan uzoqroq va ekologik talablarga muvofiq bo‘lgan hududlarda joylashtirilishini ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
Albatta, yildan yilga ekologik ekspertizadan o‘tishi kerak bo‘lgan sanoat korxonalari ko‘rsatkichining oshib borishi bejiz emas. Chunki keyingi yillarda mamlakatimizda yangi konlarning o‘zlashtirilishi bilan bog‘liq holda sanoat korxonalarining soni ham ortib bormoqda. Ayniqsa, kichik ishlab chiqarish faoliyati ham keyingi yillarda juda tez rivojlanmoqda.
Sir emaski, sanoat korxonalari, xo‘jalik maishiy xizmat korxonalari o‘zlarining ish jarayonida atrof-muhitga ma’lum darajada ta’sir o‘tkazadilar, ya’ni gaz, suyuq va qattiq holdagi chiqindilarni chiqaradi. Bu chiqindilar yillar davomida tuproqda, suvda yoki atmosfera havosida harakatlanib turadi. Xususan, qo‘rg‘oshin, rux, mishyak, vannadiy, molibden, kadmiy, simob va boshqa bir qator kimyoviy elementlar vaqt o‘tishi bilan o‘ta zaharli birikmalar holida tuproqqa, suvda yoki havoga yig‘ilib boradi. Ayni shu jihat e’tiborga olingan holda keyingi vaqtlarda ekologik ekspertiza xulosasini berishda maishiy va qurilish chiqindilari uchun mo‘ljallangan holatlarga ham katta e’tibor berilmoqda.
Sanoat korxonalaridan chiqadigan chiqindilar tarkibidagi turli moddalar, asosan, oltingugurt oksidlari, azot oksidlari, uglerod oksidlari, og‘ir metallardan – temir, qo‘rg‘oshin, mis, kobalt, nikel, kadmiy, simob tuzlari va boshqalar atmosfera havosiga, umuman, tiriklik dunyosiga o‘z salbiy ta’sirini ko‘rsatishi mumkin. Shuning uchun sanoat korxonalariga yangi, zamonaviy, kam chiqindili texnologiyalarni olib kirish hamda atrof-muhitga chiqadigan chiqindilarning kamayishiga harakat qilib toza ekologik sharoitni yaratishimiz kerak.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» 2018 yil 3 oktyabrdagi qaroriga muvofiq, Davlat ekologiya qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahar ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmalari tarkibida davlat ekologik ekspertizasini o‘tkazish bo‘yicha «Davlat ekologik ekspertizasi markazi» davlat unitar korxonalari ta’sis etilgan.
Keyingi yillarda respublikada amalga oshirilayotgan islohotlar doirasida atrof-muhitni baholash tizimini yanada takomillashtirish borasida Vazirlar Mahkamasining «Atrof-muhitga ta’sirni baholash mexanizmini yanada takomillashtirish to‘g‘risida» 2020 yil 7 sentyabrdagi qarori qabul qilindi. Bu bilan, tashkil etilishi ko‘zlanayotgan faoliyatning atrof-muhitga ta’sirini baholash jarayoniga jamoatchlik ishtirokini ta’minlashning majburiy talabi va uning aniq mexanizmi belgilab berildi.
Davlat ekologik ekspertizasini o‘tkazish uchun taqdim etiladigan materiallarni davlat ekologik ekspertizasidan o‘tkazish tartib-taomillarini belgilashda bu asosiy hujjat bo‘lib xizmat qilmoqda. Kezi kelganda aytish o‘rinliki, ushbu qaror ijrosidan kelib chiqib 2020 yilning 1 oktyabridan Davlat ekologiya qo‘mitasining www.eco-service.uz veb-sayti orqali davlat ekologik ekspertizasidan o‘tkazishning elektron hujjat almashinuvining yagona tizimi ishga tushirildi hamda ariza va atrof-muhitga ta’sirni baholash materiallarining qog‘oz shaklda qabul qilinishi to‘liq to‘xtatildi.
Atrof-muhitga ta’sir ko‘rsatishning IV toifasiga mansub faoliyat turlarining Davlat ekologik ekspertizasi atrof-muhitga ta’sirni baholash to‘g‘risidagi elektron anketa ishlab chiqilib, www.eco-servisce.uz veb-sayti orqali amaliyotga joriy etildi.
Bugungi kunda materillarni ekologik ekspertizadan o‘tkazish xizmatlarini ko‘rsatish sohasidagi xorijiy kompaniyalarni tanlash uchun Tanlov (konkurs) komissiyasi tarkibini hamda uning faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida»gi buyruq loyihasi ishlab chiqilib tasdiqlash uchun tayyorlandi. Buyruq loyihasi bilan komissiya tarkibi, komissiya nizomi, Ekspertlar ishchi guruhi tarkibi hamda tanlov (konkurs) o‘tkazish to‘g‘risidagi nizom loyihalari tasdiqlanishi ko‘zda tutilgan.
Respublika hududida faoliyat yuritayotgan Davlat soliq inspektsiyaning tadbirkorlik sub’ektlarining (jami 352,0 mingdan ortiq) bazasi asosida davlat ekologik ekspertizasi bilan qamrab olinishi, ularning atrof-muhitga ta’sir ko‘rsatish toifasini aniqlash bo‘yicha xatlov ishlari yuzasidan taqdim etilayotgan ma’lumotlar umumlashtirilmoqda.


Yüklə 139,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin