Ilmiy-amaliy konferensiyasi



Yüklə 20,21 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix27.12.2023
ölçüsü20,21 Kb.
#199155
  1   2
Ilm-fan va innovatsiya 0421



ILM-FAN VA INNOVATSIYA 
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
 
in-academy.uz/index.php/si 
87 
FUQAROLIK HUQUQI TUSHUNCHASI 
Abdug’afforova Mohinur Abdusamat qizi
Termiz davlat universiteti, Yuridik fakulteti,
Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi yo’nalishi talabasi
Telefon: +998936383823
E- mail: 
mohinurabdugafforova7@gmil.com
  
https://doi.org/10.5281/zenodo.7883409
  
Annotatsiya:
Ushbu tezis fuqarolik huquqi tushunchasi va uning mazmun mohiyatiga 
bag’ishlanadi 
Kalit so’zlar:
fuqarolik huquqi, fuqarolik huquqi munosabatlari, ovoz berish, adolatli sudlov, 
davlat xizmatlari, fuqaro erkinliklari va xalq ta’limi huquqlari. 
Fuqarolik huquqi O’zbekiston Respublikasi huquq tizimining asosiy sohalaridan biri bo’lib, 
mamlakatimizda iqtisodiy munosabatlarni takomillashtirish, bosqichma-bosqich bozor 
iqtisodiyoti munosabatlariga o’tish davrida fuqarolar va boshqa subyektlarning moddiy va 
ma’naviy ehtiyojlarini tobora to’laroq qondirish maqsadida mulkiy munosabatlarni tartibga 
solish va mustahkamlashga qaratilgan huquqiy normalar yig’indisidan iboratdir. Fuqarolik 
huquqi bilan tartibga solinadigan munosabatlar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolik 
kodeksining 2-moddasida belgilab qo‘yilgan. Bunga asosan fuqarolik muomalasi 
ishtirokchilarining huquqiy holatini, mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlarning, 
intellektual faoliyat natijalariga bo‘lgan huquqlarning vujudga kelish asoslarini hamda ularni 
amalga oshirish tartibini belgilaydi, shartnoma majburiyatlari va o’zga majburiyatlarni
shuningdek, boshqa mulkiy hamda u bilan bog’liq shaxsiy nomulkiy munosabatlarni tartibga 
soladi. Fuqarolik huquqi asosan muayyan ekvivalent barobariga belgilanadigan qiymat baho 
bilan ifodalanadigan va ishtirokchilari teng darajada ko‘riladigan mulkiy munosabatlarni 
tartibga soladi.
Fuqarolik huquqi iqtisodiy munosabatlarni maxsus yuridik shaklda mulkiy-huquqiy 
munosabatlar shaklida rasmiylashtiradi va mustahkamlaydi. Fuqarolik huquqida mulkiy 
munosabatlar ishlab chiqarish munosabatlarining huquqiy shakli, yuridik ifodasi sifatida 
ko‘riladi. Shu nuqtayi nazardan mulkiy munosabatlar shaxslar o’rtasidagi, ularning erklari 
bilan bog’liq bo’lgan ijtimoiy munosabatlarni bildiradi. Fuqarolik huquqi tomonidan tartibga 
solinadigan mulkiy m unosabatlar doirasi nihoyatda keng. Bular jumlasiga oldi-sotdi, har xil 
buyurtmalar qabul qilish, turar joylarni ijaraga olish va berish, korxonalar, tashkilotlaming 
bir-biriga mahsulotlar yetkazib berish, qurilish ishlarini amalga oshirish, transport 
korxonalari orqali yuk va yo’lovchi tashish, yetkazilgan zararni to’latish, qonun va vasiyat 
bo‘yicha meros olish, umuman, har qanday shakldagi mulkni egallash, undan foydalanish va 
uni tasarruf etish bilan bog’liq bo’lgan munosabatlardan iboratdir. 
Fuqarolik huquqi tomonidan tartibga solinadigan mulkiy xarakterda bo’lmagan shaxsiy 
huquqiy munosabatlar ikki turga: 
• mulkiy munosabatlar bilan bog’liq bo’lgan shaxsiy munosabatlar;
• mulkiy munosabatlar bilan bog’liq bo’lmagan shaxsiy munosabatlarga bo’linadi. Fuqarolik 
huquqi huquqning boshqa sohalari kabi o’zi tartibga solinadigan, huquqiy munosabatlarga, 
ularning ishtirokchilari xatti-harakatlariga ta’sir ko’rsatishda maxsus vositalar va usullar 
yig’indisidan foydalanadi. Qo’riqlash vazifasini bajaruvchi huquq sohalari (jinoyat huquqi, 



Yüklə 20,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin