Urganch davlat universiteti "pedagogika" fakulteti


Mavzuning o‘rganilganlik darajasi



Yüklə 0,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/22
tarix02.05.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#105794
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Mavzuning o‘rganilganlik darajasi. V. V. Bartold "Devoni lug‘otit 
turk."dan oʻz ilmiy ishlarida keng foydalanganini sharqshunos S. Volin koʻrsatib 
oʻtgan. Tilshunos olim V. I. Belyayev "Devoni lug‘otit turk" haqida shunday 
yozadi: "Biz bu asarga nihoyatda yuksak baho berishimiz kerak, chunki u 
kitoblardan olib yozilmagan, balki jonli materialni shaxsan kuzatishga 
asoslangan... Muallif bergan maʼlumotlar... arxeologik kashfiyotlar bu 
maʼlumotlarning aksariyatini isbot etmoqda". Nemis sharqshunosi K. Brokkelman 
"Devoni lug‘otit turk" asarini 1928 yil nemis tiliga tarjima qildi. "Devoni lug‘otit 
turk" qoʻlyozmasining fotonusxasi Istanbulda Kilisli Rifat (3 jildli; 1915—17) 
keyinchalik Besim Atalay tomonidan (3 jildli; 1939—41) turk tiliga tarjima qilinib, 
chop etilgan. "Devoni lug‘otit turk" ning turk tilidagi keyingi qayta nashri 1957 y. 
amalga oshirildi. "Devoni lug‘otit turk" ikkinchi boʻlib oʻzbek tiliga tarjima 
qilinib, muhim izoh va tafsirlari bilan 1960—63 y.lari Toshkentda "Fan" 
nashriyotida 3 jildda chop etilgan. Bu tilshunos olim, filol. fanlari dri, prof. Solih 



Mutallibovning 35 yillik mehnati natijasi edi. Ushbu nashr faqat tarjima boʻlmay, 
turkcha tarjimaga munosabat, baho, atamalar, shaxs nomlari, shahar va joy 
nomlariga izoh, va tafsir hamdir. Oʻzbekcha nashrining muqaddima qismida 11-asr 
filologlari, "Qutadgʻu bilig" asari, Maxmud Koshgʻariyning lingvistik qarashlari, 
turkiy qabilalar, ularning shakllanishi, bu urugʻ va qabilalar, tillarning hozirgi 
turkiy xalqlar va ularning tiliga munosabati, tarjima transkripsiyasi toʻgʻrisida 
maʼlumotlar berilgan. "Devoni lug‘otit turk" oʻzbekcha nashrining oxirida turkiy 
urugʻ, qabila, shaharlar va boshqalar toʻgʻrisida batafsil maʼlumotlar bor, asarning 
har bir jildida havolalar berilib, unda uchragan soʻz va iboralar keng taʼriflanadi, 
izohlanadi. Oʻzbekcha nashrining muhim tomonlaridan biri, uning har bir jildi 
asosida tuzilgan koʻrsat-kichdir
1
. Unda "Devoni lug‘otit turk"da uchragan soʻzlar 
alifbo tarzida keltirilib, soʻzning oʻzbek va rus tilida tarjimasi beriladi. Mazkur 
soʻzning "Devoni lug‘otit turk" ning qaysi betlarida uchrashi koʻrsatib oʻtiladi. 

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin