Urganch davlat universiteti "pedagogika" fakulteti



Yüklə 0,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/22
tarix02.05.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#105794
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   22
Tang tangri keldi, 
Tang tangri o‘zi keldi, 
Tang tangri keldi, 
Tang tangri o‘zi keldi. 
3
 
www.hozir.org sayti
4
O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi. 1-jild. – Тoshkent: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi, 
2000. – 678 b



 
Turunglar qamug‘ baglar, qadashlar, 
Tang tangrig ogalim. 
 
Korugma kun tangri, 
Siz bizni kuzating, 
Korunugma ay tangri, 
Siz bizni qurtgaring. 
Tang tangri, 
Yidlig‘, yiparlig‘, 
Yarug‘lug‘, yashuqlug‘ 
Tang tangri 
Tang tangri. 
 
Tang tangri, 
Yidlig‘, yiparlig‘, 
Yarug‘lug‘, yashuqlug‘ 
Tang tangri 
Tang tangri. 
Misralar boshidagi t, y, k, s undoshlarining takrori alliteratsiyali she’ri 
yuzaga chiqargan. Bu she’rda “Devonu lug‘atit-turk”dagi singari qofiya 
qo‘llanmagani uchun hijolar tengligi yo‘q. Alliteratsiyali she’rda hijolar tengligi 
bo‘lishi shart emas. Ritm va ohang alliteratsiya bilan birga takror orqali ham 
yuzaga kelaveradi.
5
Moniylik she’rlarini kuzatsak, alliteratsiya usuli she’riyatning muhim 
xususiyati bo‘lganini ko‘ramiz. “Bizing Tangrimiz adgusi radni tiyur”, Aprinchur 
5
.
“Maʼnaviyat yulduzlari” ,Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, 
Toshkent, 1999-y,45-b 


10 
tiginning boshlanishi o‘chib ketgan she’ri, “O‘lim tasviri”, “Moniyga atalgan 
madhiya” alliteratsiyali she’r qadimgi turkiy she’riyatning tuzilishida asosiy omil 
ekanini ko‘rsatadi. 
“Devon”dagi she’rlar haqida quyidagi xulosalarga kelish mumkin: 
1. Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu lug‘atit-turk” asaridagi she’rlar ham 
xalq og‘zaki ijodiga, ham individual she’riyatga mansub. 
2. Matnlar islomdan oldingi davrga mansub, ammo musulmonlikning ta’siri 
ham seziladi. 
Bunday talqindan so‘ng yana quyidagicha savol kelib chiqadi: agar 
“Devon”dagi she’rlar ham xalq og‘zaki ijodiga, ham individual she’riyatga mansub 
bo‘lsa, qaysi tamoyillarga ko‘ra ularni farqlash mumkin? “Devon”dagi hamma 
she’rlar sillabik she’r deb qabul qilingan, ya’ni folklor va adabiy parchalar 
metrikasi bir xil. Hamma she’rlar qofiyalangan. Demak, she’rning tovush tuzilishi 
folklor va individual she’riyatni farqlash uchun zaruriy edement bo‘lib xizmat 
qilmaydi. Nihoyat, matnlar mazmunida ham (Turkon malikaga bag‘ishlangan 
to‘rtlikdan tashqari) folklorga oid she’rlar bilan individual she’riyatni farqlashga 
yordam beradigan hech narsa yo‘q. Agar “Devon” dagi she’rlar islomgacha 
bo‘lgan davrga mansub bo‘lsa va bora-bora musulmonlik ta’sirida qolgan bo‘lsa, 
bu she’riy parchalarning tuzilishidagi qaysi elementlar islomgacha bo‘lgan davr 
elementlariyu qaysi elementlar islom ta’sirida deb qaraladi? Musulmonlik ta’siri 
nimada o‘z ifodasini topgan? Bombachining fikricha, islomgacha bo‘lgan she’r turi 
izosillabizm (teng hijolilik) tamoyili buzilgan o‘rinlardagi baytlarda o‘z aksini 
topgan. Bombachi, qadimgi turkiy she’riyat uchun misralardagi bo‘g‘inlar miqdori 
turlichaligi xarakterlidir, deb asoslashga harakat qiladi. Masnaviy shaklidagi 
qofiyalanishga ega bo‘lgan ikkiliklar arab-fors poetikasning ta’siri sinab ko‘rilgan 
usuldir deb qarash mumkin, deydi.
6
Bombachining bu fikrini haqiqatdan uzoq deb bo‘lmaydi. Zotan, Koshg‘ariy 
o‘z asarida (1 jild, 151-betda Ash’a degan shoirning arabcha bir baytini keltiradi) 
6
www.Xurshid
 Davron.uz sayti 


11 
arabcha baytlarni ham keltiradiki, bundan Mahmud Koshg‘ariy arab-fors she’riyati 
poetikasidan foydalangani haqiqatga yaqin, deb aytish mumkin.
Shuni ta’kidlash kerakki, Koshg‘ariy «shoir aytadi» iborasi ostida keltirgan 
to‘rtliklar shaklan xalq og‘zaki ijodiga tegishli. Ammo adabiy jarayonning qadimgi 
va ilk klassik davrdagi holati folklor va yozma adabiyot tamoyillarining bir-biriga 
uyg‘unligi bilan belgilanadi. Ayniqsa, urxun yodnomalari bilan «Devonu lug‘atit - 
turk» qiyoslanganda, badiiy fikrlashning eng umumiy tamoyillari urxun 
yodnomalarida ham, «Devon»da bir ekanligi ayonlashadi. 
Bombachining bu fikri uchta manba – urxun- enisey yodnomalari, «Devonu 
lug‘atit-turk» va «Qutadg‘u bilig»ga tegishli. Rus va Evropa turkologiyasida 
«qadimgi turkiy adabiyot» va «qadimgi turkiy til» nomi ostida X11 asrgacha 
bo‘lgan turkiy tildagi yodgorliklar nazarda tutiladi va bu o‘zini oqlaydi. 
Gap «Devonu lug‘atit-turk» va O‘rxun- Yenisey yodnomalarining tili 
umumiyligi va bu manbalardagi tasvirning uyg‘unligi haqida ketar ekan, yana 
Fitratga murojaat etamiz. U yuqoridagi asarida «Devon»dagi bir necha epik 
asarlarni tiklaydi, ular tasvir xarakteri, ruhi, poetik jihatlari, voqealar mazmuni 
jihatidan xalq eposlariga taalluqli ekanligi sezilib turadi. Fitrat «Devon»dagi 
to‘rtliklarni mazmuniga ko‘ra, o‘n besh bo‘limga guruhlaydi. Biz bu o‘rinda VII 
(Tangut begining urushi, 53-58- betlar), VIII (Uyg‘urlar bilan urush, 58-60-betlar), 
XII (Bir urush, 74-78-betlar), XIII (Uch urush, 72-74-betlar) bo‘limlaridagi 
to‘rtliklarning yodnomalardagi parchalarga nafaqat g‘oya va mazmun tomondan, 
balki tarixiylik nuqtai nazaridan ham ta’kidlamoqchimiz.
«Devon»dagi to‘rtliklar xalqning ijodi sifatida paydo bo‘lgan, ya’ni xalq 
qo‘shiqlaridir.  
«Devon»dagi to‘rtliklar qadimgi turk davrida shakllangan va ularga qadimgi 
turk davridagi tarixiy voqealar zamin bo‘lgan ekan, bizningcha, yuqoridagi 
parchalarni tarixiy qo‘shiq janriga mansub deb qarash kerak.
Mahmud Koshg‘ariy nozik didli adabiyotshunos sifatida maqol va she’rni 
yaxshi farqlaydi va har bir baytni berishda aniqlik kiritadi. Qaysi o‘rinda maqol, 
qaysi o‘rinda she’r kelayotganini o‘quvchiga uqtirish uchun “maqolda shunday 


12 
kelgan”, “she’rda shunday kelgan” iboralarini keltiradi (maqollardan sharhlash 
kerak).
7
“Devon”da she’rlardan tashqari, Mahmud Koshg‘ariy ikki afsonani ham 
keltirgan. SHu afsonalardan biri - “Oltin qon” afsonasi, ikkinchisi - yil hisobi 
to‘g‘risidagi afsonadir. Afsona turkcha o‘n ikki muchal yillarining paydo bo‘lish 
tarixiga oiddir (1, 331-332). Koshg‘ariy afsonani hikoya qilib bo‘lgach, qadimgi 
turkiylarda yil hisobi quyidagi tartib bilan yuritilishini ko‘rsatadi: sichqon yili, 

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin